Tadqiqot obyekti va predmeti. “Ma’naviyat” tushunchasi yoritilgan
mumtoz adabiyot, lug’atlar, ma’naviyatning tushuncha sifatidagi mazmun-
mohiyati, ijtimoiy vazifalari va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati to’grisidagi
ko’plab tadqiqotlar, ilmiy-ommabop va publisistik asarlar, kitob va risolalar
hamda uzluksiz ta’lim tizimida o’rganilayotgan ma’naviyatga doir fanlarning
o’quv dasturlari hamda darsliklari tadqiqotning obyektini tashkil qiladi.
“Ma’naviyat” tushunchasining tadqiqotchilar tomonidan talqin qilinishi va
metodologik jihatdan anglanishi tadqiqotning predmeti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |