2.4.2. Modemlarni turkumlanishi va protokollari
Modemning bajaradigan asosiy ishi, raqamli signallar ko’rinishidagi
ma`lumotlarni keraklicha tezlik va aniqlik bilan uzatishdan iboratdir. Bu
masalaning yechimi, uzatish va modulyatsiyaning har xil usulardan foydalangan
holda topish mumkin. Usullardan kerakli bir qator omillar bilan aniqlanadiki,
ulardan eng muhimi – aloqa kanalining turi, shovqinlar tavsilotlari va uzatish
tezligidir. Modemlar axborot manbasidan, aloqa kanalining parametrlariga ega
bo’lgan va berilgan tuzilishga ega bo’lgan signallarni muvofiqlashtirish uchun
xizmat qiladi.
Muvofiqlashtirishning quyidagi masalalari mavjud:
ma`lumotga ega signal spektrini kanalning o’tkazish polosasi
bilan muvofiklashtirish;
ma`lumotga ega signal darajasini aloqa kanali bilan
muvofiklashtirish;
ma`lumotni kiritish-chiqarish tezligini muvofiklashtirish.
Modemlarni shartli ravishda turkumlash imkoniyatini beruvchi bir qator
belgilar mavjud:
qo’llanish soxasiga qarab;
funktsional tayinlanishiga qarab;
DCE
2
3
2
3
7
7
ТхD
RхD
GND
6-rasm. DTEni DCEga ulash
foydalaniladigan kanal turi qarab;
tuzilishi bo’yicha bajarilishiga qarab;
modulyatsiya protokollarini, xatolarni tuzatish va ma`lumotlarni
sikish imkoniyatini kullab quvvatlashga qarab turkumlanadi.
Qo’llanish va tadbiq etish soxasi bo’yicha modemlar bir qator guruhlarga
bo’linadi:
kommutatsiyalanuvchi telefon kanallari uchun;
ajratilgan (arendaga berilgan) telefon kanallari uchun;
jismonan ulovchi liniyalar uchun;
quyi darajadagi modemlar (chiziqli drayverlar) yoki qisqa
masofalar uchun modemlar (Short Range mode);
asosiy polosa modemlari;
uzatishning raqamli tizimlari uchun (CSU/DSU);
uyali aloqa tizimlari uchun;
paketli radiotarmoqlar uchun;
lokal radiotarmoqlar uchun.
Uzatish usuli bo’yicha sinxron va asinxronlikka bo’linadi.
Modem kompyuter bilan asinxron xolatda va masofadagi modem bilan sinxron
xolatda ishlashi mumkin va aksincha. Bu xolatda, odatda modem sinxron-asinxron
deyiladi, yoki sinxron-asinxron xolatda ishlaydi deyiladi.
Modemlar tuzilishi bo’yicha quyidagicha ajratiladi:
Tashqi modem.
Ichki modem.
Portativ modem.
Guruhli modem.
Tashqi modemlar – kompyuter yoki boshqa terminlarga ulanadigan avtonom
qurilmadan iboratdir. Tashqi modem esa ham faks ham modem rolini o’ynaydi va
alohida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi.
Ichki modem - kompyuterning tegishli joyiga ulanadigan kengaytirish
platasidan iborat. Ichki modem plata ko’rinishida kompyuter ichiga maxsus joyga
o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: