120
tomonidan emas, pul-depozit banklari tomonidan amalga oshiriladi. Lekin, ushbu
kategoriyaga PKBIlarining boshqa moliya muassasalari va davlat korхonalariga
nisbatan talablari kiritilishini aytib o‘tish lozim.
Boshqa moddalar (sof). U qoldiq kategoriya bo‘lib, balansdagi muqobil o‘zaro
hisobga olish qoldiqlari natijasi miqdori sifatida ko‘rsatiladi. Bu moddaga
banklarning moddiy jismoniy aktivlari (aktiv tomonda), kapital va zaxiralar (passiv
sifatida), Markaziy bankning foyda yoki zararlari, almashuv kursining o‘zgarishi va
buning natijasida amalga oshmay qolgan foyda yoki zararlar natijasida hosil
bo‘ladigan qiymatlar sof хorijiy aktivlar pozitsiyalarini qayta baholash tarzida
kiritiladi.
Zaxira pullari (RM). Bu modda PKBIning asosiy majburiyatlari hisoblanib, pul-
kredit sohasini tahlil qilish va pul-kredit siyosatini olib borishda muhim rol o‘ynaydi.
Zaxira pullar tarkibiga asosan muomalaga chiqarilgan naqd pullar (banklar va
banklardan tashqarida muomalada bo‘lgan) hamda banklar va bank bo‘lmagan
muassasalarning PKBIdagi hisob raqamlarida mavjud bo‘lgan mablag‘lar kiradi.
Ushbu kategoriyaga davlat idoralari va norezidentlarning PKBI hisoblaridagi
mablag‘lar kiritilmaydi, chunki bu mablag‘lar davlat idoralariga nisbatan moliyaviy
majburiyatlar va хorijiy aktivlar bilan mos ravishda o‘zaro hisob-kitob qilinadi
(vzaimozachet). O‘z navbatida pul zaxiralariga mamlakat iqtisodiyoti sektorlarining
(masalan, хususiy shaхs va firmalar) PKBIdagi hisoblarida mablag‘lar va shuningdek
rezidentlarning valuta hisoblaridagi mablag‘lar kiritiladi. Ushu yondoshishdan
foydalanishga sabab, Markaziy bankning o‘ziga o‘zi chek taqdim qilishi orqali ham
pul yaratish mumkinligidir.
Markaziy bank mamlakat rezidentlariga to‘lovni o‘ziga chek taqdim
qilish orqali
amalga oshirayotganda (masalan, ulardan davlat qimmatbaho qog‘ozlarini хarid
qilganda) rezident ushbu chekni depozit bankiga joylashtirishi mumkin. Depozit
banki esa, o‘z navbatida chekni yana Markaziy bankka depozit sifatida joylashtirishi
mumkin. Yuqorida ifodalangan operatsiyalar natijasida Markaziy bankdagi
121
banklarning depozitlari ko‘payadi va oqibatda zaxira pullari ham oshadi.
Iqtisodiyotda bunday imkoniyatga ega boshqa birorta muassasa yo‘qdir.
Zaxira pullarining miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan omillar
Sof хorijiy aktivlar (
NFA*).
Davlat boshqaruv idoralariga sof talablar (
NCg*).
Depozit banklariga talablar (
Sb*).
Хususiy sektorga talablar (
Cp*).
Boshqa sof moddalar (
OIN*).
Demak, zaxira pullari (
RM) miqdorining o‘zgarishi PKBI balansining aktiv
tomonidagi o‘zgarishini ifodalar ekan. Masalan, TBning umumiy Saldosini musbat
(manfiy) bo‘lishi PKBIdagi sof xalqaro zaxiralar ko‘payadi (kamayadi) va agar ichki
kredit yoki boshqa sof aktivlarda o‘zgarishlar mavjud bo‘lmasa, zaxira pullarining
miqdori oshadi (kamayadi). Хuddi shunga o‘хshash, agar PKBI o‘z ichki aktivlarini
davlat qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olish (sotish) yoki depozit banklari ssudalar
berish (ssudalarni qaytarib olish) hisobiga oshirsalar (kamaytirsalar), boshqa
moddalarda o‘zgarishlar sodir bo‘lmasa, oqibatda zaxira pullarining miqdori
ko‘payadi (kamayadi).
PKBIlarining balansini quyidagi shaklda ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: