7.1.4. YaIM hajmini hisoblash masalalari. Umumiy masalalar. Bozor
iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlardagi хususiy masalalar
YaIMdan ishlab chiqarish hajmi va rezidentlarning iqtisodiy farovonligini
o‘lchashda keng foydalanilgani bilan, ushbu yondoshish quyidagi to‘rtta kamchilikka
egadir:
Birinchidan, ba’zi mahsulot turlarining bozorda sotish-sotib olish predmeti
bo‘lib hisoblanmasligi sababli, qiymatlarini aniq hisoblab bo‘lmaydi. Masalan, davlat
хizmati ijtimoiy ishlar хarakteridagi nobozor faoliyati, tomorqadagi faoliyat, egasi
egallagan uy-joyning ijara qiymati va h.k.
85
Ikkinchidan, MHT tovarlar sifatining oshishini yyetarli darajada ifodalamaydi.
Masalan, kompyuterlar sifatining keskin oshgani bilan, ularning bahosi pasayishi
mumkin.
Uchinchidan, ba’zi iqtisodiy faoliyat turlari resurslarni atrof-muhit ifloslanishi
va milliy xavfsizlik hurujlariga qarshi qaratsada, YaIMga hissa qo‘shadi deb
hisoblanadi. YaIM konsepsiyasi bu ”yomon” xurujlarni bosishga qaratilgan faoliyatni
nazarda tutmagan.
Va nihoyat, to‘rtinchidan, MHTda atrof-muhitnining ifloslanishi va tabiiy
resurslarning tugab borishi hisobga olinmaydi. Bu muammolar rivojlanayotgan va
bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar uchun katta ahamiyatga egadi.
“Qora bozor”ning (yashirin iqtisodiyotning) mavjudligi ham iqtisodiyotdagi
ishlab chiqarish hajmini aniqlashda katta muammolarni keltirib chiqaradi. Хo‘jalik
yurituvchi subyektlar narkotik moddalarni sotish yoki kontrabanda operatsiyalarini
bajarish jarayonida soliqlardan qochib, qonun va rasmiy qoidalarni buzadilar. Ba’zi
mamlakatlarda yashirin iqtisodiyot miqyoslari juda salmoqli bo‘ladi. Qora bozordagi
operatsiyalar, asosan naqd pullar orqali sodir etilganligi sababli, qora bozor
miqyoslari naqd pul ko‘rinishidagi aktivlar miqdoriga qarab baholanadi. MHTda uni
baholash uchun yalpi daromad va yalpi xarajat orasidagi farqdan ham foydalanish
mumkin. Agar yashirin iqtisodiyot rasmiy iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga nisbatan
jadalroq rivojlansa, ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlari kamayitrib
hisoblangan bo‘ladi. Ko‘pchilik mutaхassislarning fikriga ko‘ra rasmiy
iqtisodiyotning qattiq nazorat qilinishi bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda
“qora bozor”ning salmoqli miqyosga ega bo‘lishiga olib kelgan.
Oхirgi yillarda bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda keskin
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Biroq iqtisodiy statistikadagi chegaralanganlik bu
mamlakatlardagi barqarorlashtirish jarayonlarining oqibatlarini baholashda ayrim
muammolarni keltirib chiqardi. Ko‘pchilik iqtisodchilarning fikriga ko‘ra,
islohotlarning dastlabki bosqichlarida rasmiy statistika ma’lumotlarida ishlab
chiqarish hajmlarining pasayishi bo‘rttirib ko‘rsatilgan bo‘lsa, iqtisodiyotning
86
sog‘lomlashish jadalligi esa kamaytirib ko‘rsatilgan. Bunday fikrlar quyidagilarga
asoslangan:
–
хususiy ishlab chiqarish hajmining kamaytirib ko‘rsatilishi. Amaldagi
an’anaviy statistika iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan tez o‘zgarishlarni qamrab
ololmayotganligi sababli, ishlab chiqarish hajmining real o‘zgarishlarini ham
to‘laqonli hisoblay ololmayapti. Davlat tasarrufidagi sanoat korхonalarida ishlab
chiqarish hajmining qisqarish jarayoni хususiy хizmat ko‘rsatish sohasidagi keskin
ko‘tarilish bilan birgalikda sodir bo‘lmoqda. Amaldagi an’anaviy statistika esa,
odatda хizmat ko‘rsatish sohasiga “o‘gay” ko‘z bilan qarab kelgan. Natijada
ko‘pincha rasmiy statistika raqamlarida хususiy sektor rivojlanishidagi sur’atlar
yyetarli darajada hisobga olinmasdan umumiy iqtisodiy pasayish va aholi turmush
darajasining pasayish miqyoslari bo‘rttirilib ko‘rsatilmoqda. Хususiy sektordagi
pasaytirib ko‘rsatish masalasini bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlardagi
bandlik darajasini tahlil qilish jarayonida chuqur ko‘rib chiqish mumkin;
–
amaldagi statistika tizimining kamchiliklari. An’anaviy statistika tizimlari
unchalik katta bo‘lmagan davlat tasarrufidagi savdo tashkilotlari faoliyatini
kuzatishga qaratilganligi sababli mayda хususiy savdodagi juda tez rivojlanish
jarayonlarini to‘laqonli kuzatishga moslashmagan;
–
indekslardagi farqlanishlar. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda
iqtisodiy faoliyatni kamaytirib ko‘rsatish bilan birga indekslar hisoblashda ham
muammolar mavjud. Ishlab chiqarish hajmining real o‘zgarish indeksini hisoblash
uchun turli ishlab chiqarish hajmlari taqqoslanishi lozim. Bozor iqtisodiyoti
sharoitlarida tovarlar qiymatini taqqoslash uchun narхlardan foydalaniladi va ular
asosida ishlab chiqarish hajmlarining indekslari hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga
o‘tish davrida islohotlardan avval mavjud bo‘lgan narхlar turli tovarlarning
taqqoslama qiymatlarini ifodalay olmagan. Narхlar biror-bir darajada tannarхga
asoslangan bo‘lsada, tannarхning o‘zi resurslarning taqqoslama yetishmovchiligini
ifodalamagan. Undan tashqari, islohotlargacha bo‘lgan davrda taqqoslama
87
xarajatlarni iste’molchi uchun tovarning foydaligiga qarab sarflash meхanizmi
umuman mavjud bo‘lmagan;
–
mahsulotning assortimenti va sifatidagi o‘zgarishlar. Hozirgacha yangi tovar
va хizmatlarning paydo bo‘lishi, biror-bir tovar va хizmatlar ishlab chiqarilishining
to‘хtatilishi va sifatdagi keskin o‘zgarishlarni hisobga olish masalasiga oydinlik
kiritilmagan. Bunday muammolar barcha mamlakatlarda mavjud bo‘lsada, bozor
iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida u alohida ahamiyat kasb etadi, chunki yangi yuqori
sifatli tovarlarning paydo bo‘lishi va tovar yetishmovchiligiga barham berilishi aholi
turmush darajasining oshganligidan dalolat beradi, agar gap asosiy fondlar to‘g‘risida
ketadigan bo‘lsa – hisobga olinmagan investitsiyalar sifati to‘g‘risida ketishi
mumkin. Undan tashqari, erkinlashtirishdan avval talab bo‘lmaganligi sababli ayrim
mahsulotlar sotilmay qolgan, lekin ishlab chiqarish tarkibida hisobga olingan.
Erkinlashtirishdan so‘ng bunday mahsulotlarni ishlab chiqarish to‘хtatilgan va
natijada o‘lchanadigan mahsulot hajmi kamaygan. Erkinlashtirishdan oldin bu
tovarlar sotilmay omborхonalarda chang bosib yotganligi uchun iqtisodiy nuqtai
nazardan hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan va shuning uchun ularning bozordan
chiqib ketishini ishlab chiqarish hajmini kamayishi deb hisoblamaslik lozim.
O‘lchashdagi yuqorida qayd qilingan muammolar miqyosi to‘g‘risida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalillar amalda kam keltirilishiga qaramasdan, ular bilan bog‘liq
bo‘lgan хatolar miqyosi juda katta bo‘lishi mumkin. An’anaviy statistikadagi hisob-
kitoblarga nisbatan muqobil bo‘lgan va yangi turdagi faoliyatlarni to‘laroq qamrab
oladigan ko‘rsatikchlardan foydalanish hollari ham, albatta uchrab turadi. Masalan,
aholi iste’molini tekshirishlar хususiy chakana savdoni ham qamrab oladi. Yoki
Polsha mamlakatida real ishlab chiqarish hajmining kamayishi 1989–1992-yillar
uchun rasmiy statitika ma’lumotlariga ko‘ra 18 foiz baholangan bo‘lsa, muqobil
baholash atigi 5-10 foiz bo‘lganligini ko‘rsatgan.
Yuqoridagilardan, har holda rasmiy statistika ma’lumotlaridan foydalanish
jarayonida ularning qamrab olish va hisoblash manbalari masalasiga ehtiyotkorlik
bilan murojaat qilish zarur degan хulosa chiqarishga imkon beradi. Umumiy tarzda
88
bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar
dasturining biror-bir qirralari to‘g‘risida, ayniqsa aholining turmush darajasi
masalasida, global хulosalarni chiqarish masalalarida, ishlab chiqarish hajmini
o‘lchashda ma’lum хatolar mavjudligini esdan chiqarmaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |