6- mavzu: Sekretsiya bezlari , qalqonsimon bez.
1……….. ko‘ra sekretsiya bezlari tashqi, ichki va aralash
bezlarga ajratiladi.
A)hajmi va shakliga B)tuzulishi va funksiyasiga
C)nima ish bajarishiga D)hajmi va tuzilishiga
2. Tashqi sekretsiya bezlarini belgilang.
A) so‘lak,tiroksin B)ko’z yosh,adrenalin
C)amilaza fermenti,so’lak D)tiroksin,adrenalin
3. Chiqarish yo‘li bolmaydigan bez mahsuloti nima deb
ataladi.
A) so’lak B)vitamin C)ferment D)pigment
4. Ular ajratgan gormonlar qonga chiqariladi.
A)aralash B)ichki sekretsiya
C) tashqi sekretsiya D)ichki va aralash bezlar
5. Bir vaqtning o‘zida ichki va tashqi sekretorlik
funksiyasini bajaradigan bezlarni aniqlang
A)aralash B)ichki sekretsiya
C) tashqi sekretsiya D)ichki va aralash bezlar
6. Oshqozonosti bezi ichki sekretsiya bezi sifatida
qonga…..ishlab chiqaradi.
A)tiroksin B)adrenalin C)amilaza D)insulin
7. Jigar ichak bo‘shlig‘iga ………., qonga qon tarkibiga
kiradigan ….. va boshqa oqsillar ishlab chiqaradi.
A)tiroksin,gem B)adrenalin,o’t suyuqligi
C)o’t suyuqligi,gem D)insulin,gem
8. Jinsiy bezlar esa qonga ………, jinsiy yo‘llarga ……….
hujayralari ishlab chiqaradi
A)jinsiy gormon,gem B)adrenalin,o’t suyuqligi
C) jinsiy gormon ,o’t suyuqligi D) jinsiy gormon,tuxum
va urug’
9. Ichki sekretsiya bezlari ichida eng yirik bez.
A) jigar B)ayrisimon C) qalqonoldi D)qalqonsimon
10. Bez chap va o‘ng bo‘laklardan iborat bo'lib, juda
ko‘p qon va limfa tomirlari hamda nervlar bilan
ta’minlangan.
A) jigar B)ayrisimon C) qalqonoldi D)qalqonsimon
11.Qalqonsimon bez nimani o’rab turadi
A)halqum B)qizilo’ngach C)hiqildoq D)kekirdak
12. Qalqonsimon bezning massasi 5-10 yoshli bolalarda
necha grammni tashkil etadi
A)20-25 B)10-15 C)10 D)15
13. Qalqonsimon bezning massasi katta yoshli
odamlarda necha grammni tashkil etadi
A)25-30 B)20-25 C)10 D)15
14. Tiroksin organizmda qanday xususiyatiga ega.
A)moddalar almashinuvini tezlashtirish va nerv
qo‘zg‘alishlarini pasaytirish xususiyatiga
B) ovqat xazm bo’lishini tezlashtirish va nerv
qo‘zg‘alishlarini kuchaytirish xususiyatiga
C) moddalar almashinuvini tezlashtirish va nerv
qo‘zg‘alishlarini kuchaytirish xususiyatiga
D) tana muvozanatini saqlash va moddalar
almashinuvini tezlashtirish
15. Tiroksin yetishmaganida yosh bolalarning qaysi
holatlari juda sekinlashib qoladi
A) aqliy va ruhiy rivojlanishi
B) o‘sishi, ruhiy va jismoniy rivojlanishi
C) o‘sishi, aqliy va jismoniy rivojlanishi
D) ruhiy, aqliy va jismoniy rivojlanishi
16. Tiroksin yetishmaganida yosh bolalarda qaysi
kasallik vujudga keladi
A)miksedema B)kretinizm C)endemic buqoq
D)tiretoksikoz
17. . Katta yoshdagi odamlarda bez faoliyati pasayib,
tiroksin kam ishlab chiqarilishining kamayishi qaysi
kasallikni paydo qiladi.
A)miksedema B)kretinizm C)endemic buqoq
D)tiretoksikoz
18. Bu kasallikda moddalar almashinuvi sekin- lashib,
nerv sistemasi qo‘zg‘alishi pasayadi, qovoqlar shishib
ketadi.
A) endemik buqoq B)kretinizm C) miksedema
D)tiretoksikoz
19. Ayrim hududlarda nima yetishmasligi tufayli
qalqonsimon bez yiriklashib, bo‘yinda shish paydo
bo‘ladi
A)suv B)tiroksin C)yod D)osh tuzi
20.Bu kasallikning oldini olish uchun osh tuziga yod
qo‘shib, ishlov beriladi.
A) endemik buqoq B) kretinizm C) miksedema D)
tiretoksikoz
21. Bu xastalikda ko‘pincha kasal odammng ko‘zlari
notabiiy chaqchaygan bo‘ladi
A) endemik buqoq B) kretinizm C) bazedov D)
tiretoksikoz
22.Bu hastalikda tez jahl chiqishi, uyqusizlik, ishtahaning
pasayishi, terlash paydo bolishi mumkin.
A) endemik buqoq B) kretinizm C) bazedov D)
tiretoksikoz
23.Bu kasallikni davolashda qalqonsimon bez
funksiyasini pasaytiradigan preparatlardan
foydalaniladi.
A) endemik buqoq B) kretinizm C) bazedov D)
tiretoksikoz
24. Qizlar balog‘atga yetishi davrida qalqonsimon bez
funksiyasi birmuncha kuchayib bu xastalikni keltirib
chiqaradi.
A) endemik buqoq B) kretinizm C) bazedov D)
tiretoksikoz
25. Qachon organizmda moddalar almashinuvi
kuchayib, nerv sistemasi qo‘zg‘aluvchanligi ortadi va
kishi ozib ketadi.
A) qalqonsimon bez funksiyasi susayganda
B) qalqonoldi bez funksiyasi kuchayganda
C)tiroksin gormoni ortiqcha ishlab chiqarilganda
D) tiretoksikoz kasalligida
26. Ba’zan bezning bir qismi olib tashlanadi.
A) endemik buqoq B) kretinizm C) bazedov D)
tiretoksikoz
Do'stlaringiz bilan baham: |