57-58-59-60-61 mavzu: Hid bilish va ta’m. Ko’payish
organlari. Urug’lanish va homila. Bolaning o’sishi.
Odamning biologik o’zgarishi.
1. ……. tufayli organizm o‘z tuzilish belgilari va hayotiy
xususiyatlarini saqlab qolib, naslga o'tkazadi.
A) Ko‘payish B) o`sish C) rivojlanish D) retseptorlar
2. Urug‘lanish natijasida ikkita jinsiy hujayradan bitta
uruglangan hujayra …… hosil bo‘ladi.
A) spermatozoid B) zigota C) tuxum hujayra D) sistola
3. …… da ota va ona organizm belgilari
mujassamlashgan bo‘ladi.
A) spermatozoid B) zigota C) tuxum hujayra D) sistola
4. …… ning ketma-ket bo'linishi natijasida ko‘p hujayrali
organizm shakllanadi.
A) spermatozoid B) zigota C) tuxum hujayra D) sistola
5. ……. - bu organizmning miqdoriy jihatdan, ya’ni bo‘yi
va og‘irligining ortishi
A) rivojlanish B) o`sish C) xigota D) embrion
6. …….. organizmning zigota davridan boshlab hayoti
davomida yangi belgi va xususiyatlarni hosil qilishidan
iborat.
A) rivojlanish B) o`sish C) xigota D) embrion
7. Erkaklik jinsiy organlari…….
1. bir juft urug‘donlar, 2. urug'donlar yo‘li, 3.
qo‘shimcha bezlar 4. urug‘ pufaklari, 5. prostata bezi
6.jinsiy olatdan
A) barchasi B) 5.6.1 C) 1.5.3.2 D) 3.5
8. …… teri xaltacha - moyak ichida joylashgan.
A) bachadon C) tuxumdon C) urug`don D) qin
9. Ayollarning jinsiy organlari……
1. Tuxumdonlar, 2.bachadon nayi (tuxum yo‘li), 3.
bachadon 4. jinsiy qin 5. urug'donlar yo‘li
A) barchasi B) 2.3.4.5 B) 1.2.3.4.5 C) 1.2.3.4
10. Bir juft …….. kichik chanoqning yon devori va
bachadon devoriga yopishgan.
A) Tuxumdonlar, B) bachadon nayi (tuxum yo‘li), C)
bachadon D) jinsiy qin
11. …… juda ko‘p follikulalar - pufakchalardan iborat.
A) Tuxumdonlar, B) bachadon nayi (tuxum yo‘li), C)
bachadon D) jinsiy qin
12. Follikula ichida bittadan …… yetiladi.
A)urug` B) tuxum C) sperma D) chang
13. Yangi tug'ilgan qiz bolada (a) ga yaqin yetilmagan
tuxum hujayralar bo‘ladi, ulardan faqat (b) tasi qiz bola
hayoti davomida yetilishga ulguradi.
A) a- 400000 b- 350-500
B) a- 40000 b- 350-500
C) a-350-500 b-40000
D) a-4000 b-4000000
14. Nima bachadon naylariga, ya’ni tuxum yo'llariga,
ikkala bachadon naylari esa yagona keng bachadonga
ochiladi.
A) Folekula B) Naycha C) voronka D) fistula
15. ….. devori shilimshiq parda bilan qoplangan ichi
bo‘sh muskulli xaltadan iborat.
A) Tuxumdonlar, B) bachadon nayi (tuxum yo‘li), C)
bachadon D) jinsiy qin
16. Urug‘ hujayralar jinsiy qinga tushgandan so‘ng nima
tomonga harakat qiladi.
A) Tuxumdonlar, B) bachadon nayi (tuxum yo‘li), C)
bachadon D) jinsiy qin
17. Urug‘langan tuxum bachadon nayi bo‘ylab nima
tomonga siljiy boshlaydi.
A) Tuxumdonlar, B) bachadon nayi (tuxum yo‘li), C)
bachadon D) jinsiy qin
18. Murtak (a) kun o'tgach bachadonga tushadi, (b) kun
davomida bachadonda erkin turadi, so'ngra
bachadonning shilliq qavatiga botib kirib, unga yopishib
oladi.
A) a- 5-6 b- 2 B) a-5 b-3 C) a-3-4 b-4 D) a-6.7 b-3
19. Murtak parda sirtida qon tomirlari bilan
ta’minlangan ………. paydo bo'ladi
A) Tuxumdonlar, B) bachadon nayi (tuxum yo‘li),
C) vorsinkalar D) jinsiy qin
20. Nima orqali murtak ona organizmidan kislorod va
oziq moddalar olib turadi.
A) Tuxumdonlar, B) bachadon nayi (tuxum yo‘li), C)
vorsinkalar D) jinsiy qin
21. Nima murtakni shikastlanishdan himoya qiladi.
A) Tuxumdonlar, B) bachadon nayi (tuxum yo‘li), C)
vorsinkalar D) jinsiy qin
22. Nima orqali ona organizmi bilan homila o`tasida gaz
va oziq moddalar almashinib turadi.
A) Yo`ldosh kapilarlari B) vorsinka C) tuxum yo`li D)
bachadon nayi
23.(a) oylik homilaning barmoqlari bo'ladi.(b) oylik
homila (c) sm ga yetadi, uning ko‘rinishi odamga
o'xshaydi. (d) oylik homilaning deyarli barcha organlari
rivojlangan bo‘ladi. (e) oylik homilaning yuragi ura
boshlaydi.
A) a-1 b-2 c-3 d-3 e-3-4 C) a-2 b-2 c-3 d-3 e-4-5
B) a-1 b-2 c-2 d-3 e-4-5 D) a-1 b-2 c-3 d-3 e-4-5
24. Homilaning og‘irligi 5 oylik davrida (a) g,
tug‘ilishidan oldin (b) kg ga yetadi
A) a- 500 b- 3-3.5 B) a-450 b-3.3.6 C) a- 600 b-1.5-2 D)
a-700 b-5.5
25. Tug
`
lish …… bezi ishlab chiqaradigan gormon bilan
bog‘liq
A) epifiz B) qalqonsimon C) ayrisimon D) gipofiz
26. Nima ta’sirida bachadon devori kuchli qisqarib,
to‘lg‘oq boshlanadi.
A) garmon B) qon C) limfa D) nerv
27. Tug‘ilgan chaqaloqning yig'isi uning …….
A) o‘pka bilan nafas ola boshlaganligini bildiradi
B) jinsini bildiradi
C) nutqini bildiradi
D) holatini bildiradi
28. Homiladorlik - bo‘lg‘usi farzandning bachadonda
rivojlanish davri bo‘lib, ……… kun davom etadi.
A) 270-280 B) 260-270 C) 250-300 D) 250-260
29. Quyidagilardan xomiladorlikning belgilarini aniqlang
1. Menstruatsiya siklining to‘xtashi, 2.uyqu bosishi,
3.ko‘ngil ay nab turishi, 4.sut bezlarining yiriklashuvi
A) barchasi B) 2.4 C) 3.2 D) 1.2.3
30. Chaqaloq tug‘ilgandan so'ng (a) yoshgacha bolalik,
(b) yoshgacha yigitlik yoki navqironlik, (c) yosh yetuklik,
(d) yosh keksalik va (e) yoshdan yuqorisi qarilik davri
deb ataladi.
a- 16-18 b-15-21 c-22-60 d-60-75 e-75
A) a- 16-18 b-16-21 c-22-65 d-60-75 e-75
B) a- 16-18 b-16-21 c-21-60 d-60-75 e-75
C) a- 16-18 b-15-21 c-22-60 d-60-75 e-75
D) a- 16-18 b-16-21 c-20-60 d-60-75 e-75
31. Bolalik davirlarini to`gri joylashtiring
4. chaqaloqlik, 2.go‘daklik, 5.maktabgacha tarbiya
yoshi, 1.kichik maktab yoshi, 3.o'smirlik davrlariga
ajratiladi.
A) 4-2-5-1-3 B)4-2-1-5-3 C) 4-2-1-5 D) 2-5-1-4-3
32. Bu davr bola tug‘ilganidan boshlab bir oylik
muddatni o‘z ichiga oladi
A) Go‘daklik davri. B) Chaqaloqlik davri..
C) Maktabgacha tarbiya davri.
D) chilla davri
33. Bu davr bir oydan boshlanib, bir yoshgacha davom
etadi.
A) Go‘daklik davri. B) Chaqaloqlik davri..
C) Maktabgacha tarbiya davri.
D) chilla davri
34. …. oylik bola chiroqqa, qimirlayotgan narsalarga
qaraydi.
A) 1 B)6 C)3 D)5
35. oylikda tovush chiqqati tomonga boshini buradi va
kuladi, onasi va o'yinchoq tomonga talpinadi, boshini tik
tutadigan bo'ladi.
A) 1 B)6 C)3 D)5
36.Bu oylik bo‘lganida o‘z yaqinlarini taniy boshlaydi,
ulami ko‘rganda kuladi va qiyqiradi, o‘yinchoqlari bilan
o'ynaydi.
A) 1 B)6 C)3 D)5
37. Bu oylikda bolaning sut tishlari chiqa boshlaydi.
A) 1 B)6 C)7 D)B.C
38…… oylik bola emaklaydi va bemalol o'tiradi.
A) 1 B)6 C)7 D)8
39…. oyligida narsalarga tayanib o‘rnidan turadigan
bo'ladi.
A) 1 B)6 C)7 D)8
40…. oylik bola bir necha oddiy so‘zlarni gapira oladi,
yetaklaganda yuradi.
A) 11 B)6 C)7 D)8
41.Bu oydagi bola yuradi va 12 ta so‘zlarni gapira oladi.
A) 12 B)6 C)11 D)8
42. Qaysi davrida bola juda tez o‘sadi, tanasining vazni
ham tez ortadi va organlari takomillashib boradi.
A) Go‘daklik davri. B) Chaqaloqlik davri..
C) Maktabgacha tarbiya davri.
D) chilla davri
43. Umurtqa pog‘onasi bo‘yin qismidagi egiklik ……
A)tik turganga B) o`tira boshlaganda
C) o`tira boshlaganda D) emaklay boshlaganda
44. ko'krak egriligi ……,
A)tik turganga B) o`tira boshlaganda
C) o`tira boshlaganda D) emaklay boshlaganda
45. bel egikligi ……..
A)tik turganga B) o`tira boshlaganda
C) o`tira boshlaganda D) emaklay boshlaganda
46. Bu davr 1 yoshdan 6-7 yoshgacha davom etadi.
A) Go‘daklik davri. B) Chaqaloqlik davri..
C) Maktabgacha tarbiya davri. D) chilla davri
47. Bu davrda bola jismoniy va ruhiy tez o‘sadi, nutqi
rivojlanadi.
A) Go‘daklik davri. B) Chaqaloqlik davri..
C) Maktabgacha tarbiya davri. D) chilla davri
48……. yoshli bola juda serharakat va tinchimas bo‘ladi.
A) 1-2 B) 2-3 C) 3-4 D) 5-6
49………… yoshida suyagining ko‘p qismi yumshoq va
egiluvchan tog‘ay dan iborat. Shuning uchun bu davrda
bola bir jqyda uzoq tik turib qolmasligi, og‘ir yuk
ko‘tarmasligi, to‘g‘ri o‘tirishni bilishi kerak. Aks holda
uning umurtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi, chanoq va
oyoq suyaklari to‘g‘ri o‘smasdan, qiyshayib qolib, qad-
qomati buziladi.
A) Go‘daklik davri. B) Chaqaloqlik davri..
C) Maktabgacha tarbiya davri. D) chilla davri
50. Bolaning nutqi, tafakkuri va harakat faolligi …………
yoshlarda jadal rivojlana boshlaydi.
A) 2-4 B)4-6 C) 2-3 D) 1-4
51. Bu davrda biron sababga ko‘ra bola e’tibordan
chetda qolib, tik yurishni va gapirishni o‘rganolmasdan
qolsa, u jismoniy va ruhiy rivojlanishdan orqada qoladi.
A) Go‘daklik davri. B) Chaqaloqlik davri..
C) Maktabgacha tarbiya davri. D) chilla davri
52. Bolalikning bu davri 6-7 yoshdan 17-18 yoshgacha
davom etadi.
A) Go‘daklik davri. B) Maktab yoshi davri
C) Maktabgacha tarbiya davri. D) chilla davri
53. Bu davrda bolaning hayotida va aqliy rivojlanishida
keskin o'zgarishlar yuz beradi.
A) Maktab yoshi davri B) Chaqaloqlik davri..
C) Maktabgacha tarbiya davri. D) chilla davri
54. Bu davrida bola kelgusida va jamiyatda yashash
uchun zarur bo'lgan bilim va kasb-hunarni egallay
boshlaydi.
A) Go‘daklik davri. B) Maktab yoshi davri
C) Maktabgacha tarbiya davri. D) chilla davri
55. Bu davrda uning ichki sekretsiya bezlari faoliyati
kuchayadi, o'sishi tezlashib, ikkilamchi jinsiy belgilari
rivojlanadi va balog‘atga yetadi.
A) Go‘daklik davri. B) Chaqaloqlik davri..
C) Maktabgacha tarbiya davri. D) Maktab yoshi davri
56. Qizlarning bo‘yi (a) yoshlarda, o‘g‘il bolalarniki (b)
yoshlarda, ayniqsa, tez o‘sadi.
A) a-10-12 b-12-16 B) a-12-16 b-10-12
C) a-10-15 b-11-13 D) a-10-13 b-11-12
57. Yangi tug‘ilgan chaqaloq boshining tana uzunligiga
nisbati …….
A) 1:5 B) 1:4 C) 2:4 D) 1:1
58. 25 yoshga yetganida esa ……..nisbatda bo‘ladi.
A) 1:5 B) 1:4 C) 2:4 D) 1:8
59. Jinsiy ko'payishda ...
1)bitta organizm qatnashadi 2)bir xil hujayralar
qatnashadi 3)ota-ona organizmi qatnashadi 4)bitta
hujayra bo'linadi
A)1 B)2 C)3 D)4
60. Erkaklarning jinsiy organlariga ... kiradi. 1)moyak
2)tuxumdon 3)tuxum yo'li (bachadon nayi) 4)moyak
ortig'i 5)urug' yo'li 6)bachadon 7)urug' pufakchasi
8)prostata bezi 9)qin
A)1,4,5,7,8 B)2,3,6,9 C)1,3,5,7,8 D)2,4,5,8,9
61. Ayollarning jinsiy organlariga ... kiradi. 1)moyak
2)tuxumdon 3)tuxum yo'li (bachadon nayi) 4)moyak
ortig'i 5)urug' yo'li 6)bachadon 7)urug' pufakchasi
8)prostata bezi 9)qin
A)1,4,5,7,8 B)2,3,6,9 C)2,4,6,9 D)1,3,5,6,8,9
62. Uch oylik bola ... 1)o'ziga yaqinlarini taniy boshlaydi
2)tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi 3)o'yinchoq
qimirlagan tomonga ko'z soqqasini harakatlantiradi
4)bemalol o'tiradi
A)1 B)2 C)3 D)4
63.Bir oylik bola ... 1)o'ziga yaqinlarini taniy boshlaydi
2)tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi 3)o'yinchoq
qimirlagan tomonga ko'z soqqasini harakatlantiradi
4)bemalol o'tiradi
A)1 B)2 C)3 D)4
64.Besh oylik bola ... 1)o'ziga yaqinlarini taniy
boshlaydi, kuladi, qiyqiradi 2)tovush chiqqan tomonga
qaray boshlaydi 3)o'yinchoq qimirlagan tomonga ko'z
soqqasini harakatlantiradi 4)bemalol o'tiradi
A)1 B)2 C)3 D)4
65.Yetti oylik bola ... 1)o'yinchoq qimirlagan tomonga
ko'z soqqasini harakatlantiradi 2)bemalol o'tiradi,
emaklaydi 3)buyumlarni ushlab o'rnidan tura boshlaydi
4)oddiy so'zlarni ayta boshlaydi va qo'lidan yetaklasa
yura boshlaydi
A)1 B)2 C)3 D)4
66.8 oylik bola ... 1)bemalol o'tiradi, emaklaydi
2)buyumlarni ushlab o'rnidan tura boshlaydi 3)oddiy
so'zlarni ayta boshlaydi va qo'lidan yetaklasa yura
boshlaydi 4)o'zi yura boshlaydi va 10-12 ta so'zni ayta
oladi
A)1 B)2 C)3 D)4
67.11 oylik bola ... 1)bemalol o'tiradi, emaklaydi
2)buyumlarni ushlab o'rnidan tura boshlaydi 3)oddiy
so'zlarni ayta boshlaydi va qo'lidan yetaklasa yura
boshlaydi 4)o'zi yura boshlaydi va 10-12 ta so'zni ayta
oladi
A)1 B)2 C)3 D)4
68.12 oylik bola ... 1)bemalol o'tiradi, emaklaydi
2)buyumlarni ushlab o'rnidan tura boshlaydi 3)oddiy
so'zlarni ayta boshlaydi va qo'lidan yetaklasa yura
boshlaydi 4)o'zi yura boshlaydi va 10-12 ta so'zni ayta
oladi
A)1 B)2 C)3 D)4
69. .Akseleratsiya nima? 1)odamlar yashash sharoitining
yaxshilanishi hisobiga jismoniy va fiziologik
rivojlanishning sekinlashuvi 2)odamlar yashash
sharoitining yaxshilanishi hisobiga jismoniy va fiziologik
rivojlanishning tezlashuvi 3)odamlar yashash
sharoitining og'irlashuvi hisobiga jismoniy va fiziologik
rivojlanishning tezlashuvi 4)atrof muhitning ifloslanishi
hisobiga kasalliklarning ko'payishi va o'rtacha umrning
qisqarishi
A)1 B)2 C)3 D)4
70.Akseleratsiyaga misol ko'rsating. 1)bo'yning o'rtacha
uzunligi so'nggi 100 yil davomida chaqaloqlarda 5 sm,
o'smirlarda 10-15 sm, o'rtacha yoshdagi erkaklarda 6-8
sm ga ortgan 2)bo'yning o'rtacha uzunligi so'nggi 100 yil
davomida chaqaloqlarda 5 sm, o'smirlarda 10-15 sm,
o'rtacha yoshdagi erkaklarda 6-8 sm ga kamaygan
3)bolalarning psixik rivojlanishi sekinlashgan
4)bolalarning psixik rivojlanishi tezlashgan 5)balog'at
yoshiga yetish tezlashgan 6)balog'at yoshiga yetish
sekinlashgan
A)2,3,6 B)1,4,5 C)1,3,5 D)2,4,6
Do'stlaringiz bilan baham: |