4. “Diffuzion potensial” tushunchasi.
4)
Diffuzion potensiallar bir xil erituvchida erigan tuzlar, kislotalar va asoslarning har xil
konsentratsiyali ikki eritmalararo kontakti mavjud bo’lib, eritmalardagi ionlaning
harakatchanliklari o’zaro farqlangan sharoitda kelib chiqadi. Ikki elektrolit eritmalarining chegara
sirtida ionlarning turli harakatchanligi tufayli diffuzion potensial hosil bo’ladi. Bu ikki elektrolit
bitta moddaning ikki xil konsentratsiali eritmalari hisoblanadi. Natijada diffuziya hodisasi
kuzatilib kationlar kam konsentratsiyali eritmaga qarab harakatlanadi va turli konsentratsiyali
eritmalarning chegarasida manfiy va musbat zaryadlangan sohalar paydo bo’ladi. Ushbu elektr
qavatining hosil bo’lishi eritmalarning chegarasida potensiallar farqini vujudga keltiradi. Mana
shu potensiallar farqi diffuzion potensial deb ataladi. Diffuzion potensial faqat turli
konsentratsiyali eritmalar chegarasidagina emas, balki har qanday ikki elektrolit eritmasi
chegarasida ham hosil bo‘ladi. Diffuzion potensialning miqdori aktivliklarning yoki eritmalar
konsentratsiyasining o’zaro nisbatiga va ionlarning tashish sonlari ayirmasiga proporsionaldir.
Ikki elektrolit eritmalarining chegara sirtida ionlarning turli harakatchanligi tufayli diffuzion
potensial hosil bo‘ladi. Masalan, AgNO
3
ning bir–biri bilan tutashtirilgan 0,1 n va 1 n eritmasini
ko‘zdan kechiramiz. Diffuziya qonuniga binoan Ag
+
va ionlari yuqori konsentratsiyali eritmadan
kam konsentratsiyali eritma tomon harakatlanadi. anionlarning harakatchanligi Ag
+
kationiga
nisbatan yuqori bo‘lganligi sababli ionlarining konsentratsiyasi kam konsentratsiyali eritmada
ortib ketadi. Natijada turli konsentratsiyali eritmalarning chegarasida manfiy va musbat
zaryadlangan sohalar paydo bo‘ladi. Ushbu elektr qavatining hosil bo‘lishi eritmalarning
chegarasida potensiallar farqini vujudga keltiradi. Mana shu potensiallar farqi diffuzion potensial
deb ataladi. Diffuzion potensial faqat turli konsentratsiyali eritmalar chegarasidagina emas, balki
har qanday ikki elektrolit eritmasi chegarasida ham hosil bo‘ladi. Diffuzion potensialning miqdori
aktivliklarning yoki eritmalar konsentratsiyasining o‘zaro nisbatiga va ionlarning tashish sonlari
ayirmasiga proporsionaldir. Diffuzion potensialning ishorasi tashish sonlarining miqdoriga bog‘liq
bo‘ladi. Amaliyotda diffuzion potensial aniq natijalar olishga xalaqit beradi. Shuning uchun
diffuzion potensialni yo‘qotishga harakat qilinadi va diffuzion potensiallar ayirmasini hosil
qiluvchi eritmalar tuz ko‘prigi orqali tutashtiriladi. Tuz ko‘prigi sifatida ionlarning harakatchanligi
bir xil bo‘lgan tuzlardan foydalaniladi. Odatda KCl, KNO
3
, NH
4
NO
3
eritmalari ishlatiladi. Ikki
eritma tuz ko‘prigi orqali tutashtirilganda elektr tokini asosan shu tuz ko‘prigining ionlari
o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |