12.5. Restoran va ziyofatlarda sigaret chekish etiketi
Chekish – bugungi kunda dunyo xalqalari boshiga kelgan balo (ofat)
hisoblanadi. U millat ham, jins ham, yosh ham, kasb ham tanlamaydi.
Sigaretni, ayniqsa O’zbekistonda, yoshlar ham, qariyalar ham, erkaklar
ham, ayollar ham chekishadi. Buning ustiga u ish joylarida ham, ko’chada
ham,
jammoat
joylarida
ham,
ovqatlanish
korxonalarida
ham
chekilaveradi. Shunday ekan, ushbu bandda biznesmenlar uchun
restoranlarda va mehmondo’stlikda chekish bo’yicha xalqaro etiket
qoidalarini yana bir bor eslatib o’tish lozim deb topildi.
Chekish bo’yicha umumiy tavsiya shundan iboratki, restoranlarda va
boshqa kishilar uylarida, jamoat joylarida, ko’chada chekishdan vaqtincha
voz kechish kerak, chunki sigaret tutining chekmaydigan kishilar sog’lig’i
uchun zarari juda ham katta; agar chekmay turish iloji bo’lmasa, faqat shu
maqsadda ruxsat berilgan joylarda chekish mumkin.
Sigaretning odam organizmi uchun zararligini hisobga olgan holda
Yevropaning qator mamlakatlarida, masalan, Germaniya va Fransiyada,
restoranlarda chekish man qilinmoqda va sigaret chekuvchilar uchun
93
alohida zallar va joylar ajratilmoqda. Biznesmen vatandoshlar, esingizdan
chiqmasinki, chet mamlakatlarda boshqa kishidan, agar u taklif qilmasa,
so’rab, sigaret chekish qoidasi qabul qilinmagan.
Restoranga borgandan keyin bu yerda chekish mumkinmi yoki
mumkin emasligini bilish kerak. Agar ovqatlanish stoli ustida kuldon
bo’lmasa yoki chekish mumkin emaslik belgisi quyilgan, yoki “chekish
mumkin emas” deb yozib qo’yilgan bo’lsa, siz uchun qancha qiyin
bo’lmasin, chekishdan vaqtincha voz kechib turish kerak. Agar ovqatlanish
zalida chekishga ruxsat berilgan bo’lsa, stol ustiga kuldon qo’yilgan
bo’ladi. Ba’zi bir restoranlarda chekish uchun maxsus xonalar ajratib
qo’yilgan bo’lishi ham mumkin.
Ovqatlanish zalida sigaret chekishga ruxsat berilgan restoranlarda
ham sigaret chekish uchun erkak kishi avval ayol kishilardan, keyin
o’zidan yoshi ulug’lardan ruxsat olishi kerak. Agar ayol kishi sigaret
chekmoqchi bo’lsa, u uchun faqat yoshi ulug’larning ruxsati kifoya qiladi.
Maxsus ajratilgan xonaga sigaret chekish uchun chiqishda ham,
chekuvchining jinsidan qat’iy nazar, kechirim so’rab, stol atrofida
o’tirganlardan chiqish uchun ruxsat olishi kerak.
Agar siz ziyofat berishda ziyofat stoli atrofida mehmonlarning sigaret
chekishga roziligingizni bildirish uchun stol ustiga kuldonlar qo’yish
kifoya qiladi. Mehmonchilikda sigaret chekadigan erkak ham, ayol ham
avval uy bekasidan, keyin qolganlardan bundan oldin ko’rsatilgan tartibda
ruxsat so’rashlari lozim. Stol atrofida o’tirganlardan biron kishi sigaret
chekib boshlagandan keyin erkak kishilar chekish uchun faqat yonida
o’tirgan ayol kishilardan ruxsat so’rashi kifoya qiladi. Agar
mehmondorchilik ziyofati hovlida yoki dalada tashkil qilinsa, ovqatlanish
stolidan biroz nariroq joyda sigaret chekuvchilar uchun ustiga kuldon
o’rnatilgan stol qo’yilishi kerak.
Restoranlarda chekuvchilar uchun alohida ovqatlanish zali tashkil
qilingan Yevropa mamlakatlariga guruh bo’lib safarga borganda barcha
guruh a’zolari oldida katta muommo paydo bo’lishi mumkin, chunki
chekuvchilar va chekmaydiganlar bir joyda ovqatlanishlari uchun sigaret
chekmaydiganlar chekuvchilar bilan birga chekish ruxsat berilgan zalga
yoki sigaret chekuvchilar chekmaydiganlar bilan birga chekish ruxsat
berilmagan zalga kirishlari kerak. Birinchi vaziyatda chekuvchilar sigaret
chekishdan
vaqtincha
voz
kechishga,
ikkinchi
vaziyatda
esa
chekmaydiganlar sigaret tutiniga chidab turishga majbur.
Ba’zi bir Yevropa mamlakatlarida joylar faqat sigaret yoki faqat
trubka, yoki sigaret va trubka chekish uchun ajratilgan bo’lishi mumkin.
94
Bunday mamlakatlarning sigaret chekish joyida trubka chekish yoki trubka
chekish joylarida sigaret chekishda katta jarima to’lash xavfi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |