T. Xudayshukurov


 Biznes korxonalarida yig’ilishlarni o’tkazish va amaliy



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/89
Sana30.12.2021
Hajmi1 Mb.
#191794
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89
Bog'liq
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

10. Biznes korxonalarida yig’ilishlarni o’tkazish va amaliy       
      tanqid 
10.1. Yig’ilishlarni o’tkazish qoidalari  
 
 
Biznes  korxonalari  jamoalari  uchun  muhim  bo’lgan  masalalar 
xodimlar  yig’ilishlarida  ko’rib  chiqiladi.  Majlis  kun  tartibiga  qo’yilgan 
masalalarning  yechilish  darajasi  va  yechimining  samaradorligi  majlisni 
tashkil  qilishga  va  o’tkazishga  bog’liq  bo’ladi.  Shuning  uchun  ham 
majlislar  biznes  va  boshqa  korxonalarning  eng  muhim  tadbirlaridan  biri 
hisoblanadi. 
 
Yuqori  darajada  tashkil  qilingan  va  o’tkazilgan  majlislar  ular 
qatnashchilarining 
kun 
tartibiga 
qiziqishini 
oshiradi, 
kayfiyatini 
yaxshilaydi,  ularda  muhim  bir  masalani  yechishda  qatnashganligi 
to’g’risida  ko’tarinki  ruh  hosil  qiladi  va  kelajakda  yaxshi  ishlash  uchun 
ham xohish paydo bo’ladi. 


 
 
72 
 
Rejalashtirilayotgan  majlislarning  samarali  o’tishini  ta’minlash 
uchun  rejalashtirish  va  tashkiliy  masalalar  bilan  bog’liq  qo’yidagi 
qoidalarga rioya qilinishi lozim: 
 
- kun tartibi ko’rsatilgan taklifnoma  majlis boshlanishidan bir necha 
kun oldin uning ishtirokchilariga tarqatilib chiqilishi lozim, ushbu muddat 
qatnashadigan  kishilarning  tayyorlanishiga  va  fikrlarini  jamlashga  imkon 
beradi.  Taklifnoma  matnini  yozishda  ham  har  bir  kishiga  individual 
yondashish  lozim,  ya’ni  taklifnomada  shu  kishining  majlisda  aynan 
ishtirok  etishi  kerakligi  ko’rsatilishi  kerak.  masalan,  “Hurmatli  Zokir 
Mamarasulovich,  siz  uzoq  yillar  davomida  xizmat  ko’rsatish  sohasida 
faoliyat qilib kelmoqdasiz. Shu sababli ham majlis kun tartibiga qo’yilgan 
masalalar  bo’yicha  katta  tajribaga  egasiz.  Agar  o’z  tajribangizni  bizlar 
bilan  baham  ko’rsangiz  juda  ham  xursand  bo’lgan  bo’lar  edik.  Sizning 
majlisda qatnashishingizni iltimos qilamiz!;  
 
-  majlisning o’tishi va ishtirokchilarning kayfiyati  majlis xonasining 
toza  va  shinam  bo’lishiga  bog’liq  bo’ladi.  Xonaning  tayyorligini  nazorat 
qilish,  agar  xona  tayyor  bo’lmasa,  uni  tayyorlash  hamda  kun  tartibini 
stollar  ustiga  qo’yib  chiqishga  ulgurish  uchun  majlisni  tashkil  qiluvchi 
shaxs uning boshlanishidan oldinroq kelishi lozim; 
 
-  majlisga  necha  kishi  kelganidan  qat’iy  nazar  uni  kun  tartibida 
ko’rsatilgan  soatda  aniq  boshlashi  kerak,  chunki  tadbirlarga  kechikib 
kelish 
yoki 
kechikib 
boshlash 
majlisga 
kelganlarga 
nisbatan 
behurmatsizlik hisoblanadi; 
 
-  majlisni  olib  boruvchi  shaxs  dokladchilarga  so’z  berishdan  oldin 
ishtirokchilarga nima maqsadda yig’ilganligini yana bir bor eslatib o’tishi 
va  barchalaridan  faol  ishtirok  etishini  iltimos  qilishi  maqsadga  muvofiq 
bo’ladi; 
 
-  majlisni  boshqarib  boruvchi  shaxs  uni  nazorat  qilib  borishi,  agar 
kimdir  kun  tartibida  qo’yilgan  masaladan  chetga  chiqganda  ham  odob 
saqlab uning o’z fikrini tamom qilishiga imkon berishi kerak; 
 
-  majlisning  oxirida  uni  olib  boruvchi  shaxs  qisqacha  xulosa  qilishi 
lozim.  Xulosada  qaysi  ishtirokchilarning  faol  qatnashganligi,  kun 
tartibining  hal  qilinganlik  darajasi  to’g’risida  ta’kidlab  o’tishi  va  majlisni 
uning  qatnashchilarini  zeriktirib  ulgirmaydigan  qisqa  vaqt  ichida  tamom 
qilishi shart. 
 
Odamlar  vaqtining  qadr-qiymatiga  yetadigan  va  qatnashchilarga 
hurmat–ehtirom  bilan  qaraydigan  majlislarga  xodimlar  jon–dillari  bilan 
qatnashishga harakat qilishadi. 
 


 
 
73 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish