8.3. Suhbat uchun qulay va ishonchli sharoitni yaratish
Suhbatning
muvaffaqiyatli
borishida
va
tugashida
uning
tashkilotchilari tomonidan suhbatdoshlar uchun qulay va ishonchli
sharoitlarning yaratilishi o’ta katta ahamiyatga ega. Bunday sharoitni
yaratishda suhbat ishtirokchilari psixikasiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan
omillar bartaraf qilinishi va ijobiy ta’sir qiladigan sharoit yaratilishi lozim.
Suhbat qatnashchilari psixikasiga suhbat o’tkaziladigan xonaning estetik
bezatilishi katta ta’sir ko’rsatadi. Shu sababdan ham suhbat va yig’ilishlar
nafis bezatilgan va bugungi kun dizayni talablariga to’liq javob beradigan
xonalarda tashkil qilinishi kerak. Bundan tashqari xona keng va shipi
baland bo’lishi lozim. Past shipli korxonada odam o’zini xona shipi ustiga
tushib ketayotgandek his qiladi.
Ishlash uchun qulay va bir–birlariga ishonchli sharoitni yaratishda,
bundan oldin ta’kidlanganidek, suhbatdoshlar chehrasidagi tabassumning
ahamiyati ham o’ta katta. Chehradagi tabassum odam qalbining ishonchli
ko’zgusi bo’lib, suhbatdosh ko’nglining ochiqligini, beg’arazligini va
uning sohibining xursandligini bildiradi. Suhbatning ijobiy o’tishiga
tabassumdan tashqari boshqa hyech qanday omil ijobiy ta’sir
ko’rsataolmaydi. Lekin hyech qachon esdan chiqarmaslik kerakki,
tabassum miyig’idan ko’lishga almashtirilmasligi kerak, chunki butun
dunyo xalqlari tasavvurida u qalbda yomon iz qoldiradigan omil
hisoblanadi va shu sababli ham amaldagi etiket qoidalariga ko’ra
65
miyig’ida kulish boshqalarga nisbatan behurmatlik va ularning ustidan
kulish belgisi deb qaraladi.
Amaldagi
xalqaro
tajriba
shuni
ko’rsatadiki,
suhbat
ishtirokchilarining kayfiyatini yaxshilash va suhbatning ijobiy o’tishiga
suhbat yoki tanaffus vaqtida mehmonlarga kofe, choy, meva sharbatlari
yoki mineral suvlarni taklif qilish ham katta ta’sir ko’rsatadi. Bundan
tashqari bu mehmondorchilik elmenti ham hisoblanadi.
Ishonchli va suhbat uchun qo’lay sharoitni yuzaga chiqarishda
munosabatga tushish vositalaridan to’g’ri foydalanishning ham ahamiyati
o’ta katta. Suhbatdoshga o’z fikrlarini yetkazishda adabiy o’zbek tilining
suhbatdoshlar qulog’iga yoqadigan ma’noli va chiroyli so’zlaridan
foydalanish kerak. Umuman, suhbat davridagi muloqot xushmuomalalik
etiket talablari asosida borishi shart. Suhbat davrida hyech qanday
qo’pollikka o’rin bo’lmasligi kerak. Etiket talablariga ko’ra suhbat davrida
sodir bo’lish mumkin bo’lgan negativ ta’sirning oldini olish maqsadida
faqat yengil darajadagi kayfiyatni ko’taradigan neytral hazillarga ruxsat
beriladi.
Suhbat davrida yaxshi atmosferaning shakllanishida hozirgi xalqaro
etiket qoidalariga ko’ra tengqurlarning muloqot qilishida murojaat
qilishning “sen” shaklidan foydalanish tavsiya qilinadi, chunki murojaat
qilishning ushbu shaklidan foydalanish tengqurlarni bir–birlariga yanada
yaqinlashtiradi va suhbatning ijobiy borishiga imkon tug’diradi.
Qulay va ishonchli sharoitlarni yaratishda amalda shakllangan imo–
ishoralardan to’g’ri foydalanish ham katta ahamiyatga ega. Masalan,
suhbatning boshlanishida yoki kechish jarayonida suhbatdoshlar
tomonidan galstuklarni bo’shatib, kostyum tugmalarining yechib yoki
kostyumni umuman yechib qo’yilishi suhbatning erkin borishidan,
kostyum tugmalarining o’tkazilgan holda turishi esa suhbatning
rasmiyligidan darak beradi.
Nafaqat suhbat sharoiti ishonchli, suhbat mavzusi predmeti ham
ishonchli bo’lishi shart. Uning uchun suhbat davrida o’z fikrlarini
tasdiqlaydigan ma’lumot va dalillardan hamda ularni namoyish qilish
texnik vositalaridan ham foydalanish katta ahamiyatga ega.
Suhbat davrida suhbatdoshlarning asabiga tegadigan omillar
bo’lmasligi uchun mobil telefonlar o’chirilib qo’yilishi lozim.
66
Do'stlaringiz bilan baham: |