T. Xudayshukurov



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/89
Sana30.12.2021
Hajmi1 Mb.
#191794
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89
Bog'liq
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar: 
korxona, biznes–korxona, foyda (daromad), biznes  korxona etikasi, o’tish 
davri, barqaror iqtisodiyot. 
 
 
Nazorat savollari: 
1.  Korxona deganda nimani tushunasiz? 
2.  Biznes–korxona deganda qanday korxona tushuniladi? 
3.  Biznes–korxonaning  etikasini  qaysi  ahloqiy  mezon  va  me’yorlar 
tashkil qiladi? 
4.  Biznes–korxona etik me’yorlariga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi? 
5.  Biznes–korxonaning sosial javobgarligi deganda nima tushuniladi? 
 


 
 
33 
5.2. Korxona faoliyatini boshqarishning etik me’yorlari 
 
 
Biznes  korxonaning  etikaviy  boshqarilishi  davlat  qonunlarida 
belgilanmagan  ahloqiy  munosabatlar  etik  me’yorlari  yordamida  amalga 
oshiriladi.  Etik  me’yorlar  deganda  etika  qadriyatlari  va  qoidalari 
tushuniladi. Korxona xodimlari o’z faoliyati davrida ularga rioya qilishlari 
lozim.  Etik  qoidalar  huquq  va  majburiyatlarni  hamda  majburiyatlarini 
bajarmaganligi  yoki  huquq  doirasidan  chetga  chiqqanligi  uchun 
javobgarlikni o’z ichiga oladi. 
 
Demokratiya  tamoyillariga  asoslanib  faoliyat  ko’rsatadigan  biznes– 
korxonalarda  turli  diniy  va  siyosiy  dunyoqarashlarga  ega  bo’lgan  har 
millat  va  elat  vakillari  faoliyat  ko’rsatishlari  mumkin.  Bunday 
korxonalarda  etik  me’yorlar  xodimlarni  irqi,  tili,  tanasining  rangi,  dini, 
jinsi,  yoshi,  millati,  nogironligi,  ish  staji,  dunyoqarashi,  bironta  partiyaga 
mansubligi,  ma’lumoti,  ijtimoiy  kelib  chiqishi  va  mol–mulki  bo’yicha 
diskriminasiya (kamsitish) ni man etadi. 
 
Yuqorida  ko’rsatilganlardan  tashqari  korxona  etik  me’yorlari 
quyidagi  nojuya  harakatlarni  ta’qiqlaydi:  xodimlar  ustidan  kulishni;  diniy 
va  irqiy  jirkanishlarni;  ish  joyida  tajovuzkorlik  vaziyatlarni  keltirib 
chiqaradigan  hazillar  va  tanbehlarni;  do’q–po’pisa  va  qo’polliq  qilishni; 
birovlarga  jabr–zulm  qilishni,  narkotik  moddalardan  foyydalanish  va 
sotishni; ishga mast va narkotik moddalarni chekib kelishni; korxona mol–
mulkini 
yo’qotish,  o’g’irlash,  ulardan  noto’g’ri  va  samarasiz 
foydalanishni;  xizmat  va  tijorat  bilan  bog’liq  bo’lgan  maxfiy 
ma’lumotlarni oshkora qilishni; ish joylarida shaxsiy buyumlarni saqlashni 
hamda  xarajat  materiallaridan  va  aloqa  vositalaridan  shaxsiy  manfaati 
uchun  foydalanishni;  rahbariyatga  noto’g’ri  va  noaniq  ma’lumotlar 
berishni;  o’z  xarajatlarini  bo’rttirib  ko’rsatishni;  davlat  va  boshqa 
idoralarni aldashni; korxona nomidan yolg’on bayonot berishni; kuchidan 
suiiste’mol  va  boshqalarga  nisbatan  tahdid  qilishni;  qonunlarga  zid 
keladigan  buyruq  va  farmoyishlarni  bajarishni;  kamsitib  (mensimay) 
gapirish, raqiblar va ularning tovar va xizmatlarini kamsitishni, ya’ni yerga 
urishni; korxona shartnomalari to’g’risida begona kishilarga axborot berish 
va  ularning  shartlarini  oshkora  qilishni;  korxonada  qo’llanilayotgan  ilmiy 
ixtirolar,  bozorlarni  o’rganish  to’g’risida  ma’lumotlarni  berishni; 
korxonada  ishlamaydigan  kishilar  bilan  korxona  to’g’risida  gaplashishni; 
nojo’ya uslub va xizmatlardan (boshqalar gaplarini yashirincha quloq solib 
eshitish,  xodim  va  raqiblar  to’g’risida  shaxsiy  ma’lumotlarni  olish  uchun 
xizmatkorlarni  yollash,  o’g’irlash  va  shunga  o’xshash)  foydalanish; 


 
 
34 
ta’magirlik  qilishni;  tovarlar  yetkazib  beruvchilar  va  kliyentlardan 
qimmatbaho sovg’a yoki pul olishni, yoki ular vakillariga pul yoki sovg’a 
berishni va shularga o’xshagan jamiyatda qoralanadigan hatti–harakatlar. 
 
Yuqorida  ko’rsatilgan  ahloqiy  (etik)  me’yorlar  nafaqat  biznes, 
boshqa turdagi korxonalarga va ularning xodimlariga ham taalluqli bo’lib, 
xodimlarning umumiy yig’ilishida qabul qilinishi va tasdiqlanishi lozim. 
 
 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish