AHLI BAYT (sinonimlari: Ol al-bayt, Ol an-nabi) - "Xonadon ahli", "Payg‘ambar oilasi".
Qur’onda zikr etilgan. U musulmon mualliflari tomonidan har xil sharxlanadi. Sunniylar
bu tushunchani keng ma’noda qo‘llab, unga Muhammad (sav)ga yaqin bo‘lgan odamlarni
ham kiritadilar. Shialar A.b.ni Fotima, Ali, Hasan, Husayn va ularning avlodlari bilangina
chegaralaydilar. "Payg‘ambar oilasi"ga sig‘inishni samoviy ahamiyatga ega deb bilib,
uning oila a’zolarini "ilohiy nur" sohiblari va maxsus bilimlar egasi, deb hisoblaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |