Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
353
SHOH VALIULLOH Axmad Abdurahim (1703-62)
- islom mafkurasining yirik
namoyandasi, 18-a.da Hindiston musulmonlari o‘rtasida boshlangan diniy islohotchilik
harakatining asoschisi. Yirik ruhoniyning o‘g‘li.
Diniy maktabni tamomlab, otasi asos
solgan ;'Madrasai Rahimiya"da falsafa, ilohiyot va mantiqdan dars bergan.
Hindistonda
boburiylar saltanati inqirozga uchragan davrda uning ta’limoti saltanat shuhratini
tiklashga qaratildi. Sh.V. zodagonlar va
ulamolar doirasidan tashqari, keng musulmonlar
o‘rtasida ham ilm va ma’rifatni,
axloqiy garbiyani kuchaytirish, ilmsizlik va jaholatga
qarshi kurash tarafdori bo‘lib maydonga chiqqan. Sh.V.ning falsafa va ilohiyotga doir 50
dan ortiq asari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: