"YASHIRINGAN IMOM" - shialik ta’limotida zamon oxir bo‘lganda yerga qaytib kelib
adolat o‘rnatadi, deb talqin qilinadigan imom (imomi Mahdiy, imomi oxir zamon). Shialik
tarqalgan mamlakatlarda "Ya. i." haqidaga tasavvur hozir ham saqlanib qolgan.
YA’JUJ VA MA’JUJ - Qur’onda zikr etilgan buzg‘unchi qavmning nomi. Ya. va M. haqida
Kahf surasida quyidagilar aytiladi: "Ular: "Ey Zulqarnayn, albatta, Ya’juj va Ma’juj yer
yuzida buzg‘unchilik qiluvchilar-tsir. Biz senga xaroj bersak, biz bilan ularning orasida
to‘siq qilib berurmisan?" dedilar. 2 tog‘ orasvdaga biron gapni anglamaydigan qavm
Zulqarnaynga Ya. va M.dan shikoyat etdilar. Ularning yer yuzasidagi buzg‘unchiliklaridan
arz qildilar. Mazkur qavm Zulqarnayndan, agar xaroj to‘plab bersak, o‘sha Ya. va M.lar
bilan bizning oramizga to‘siq qurib berasanmi, deb so‘radilar. Shu bilan ularning
hujumlaridan, buzg‘unchiliklardan qutulmoqchi bo‘ldilar. Zulqarnayn ularning bu savoliga
odob bilan javob berdi: "U: "Robbim menga bergan imkoniyat yaxshidir. Bas, siz menga
kuch ila yordam bering. Siz bilan ularning orasida bir devor qilajakman. Menga temir
parchalarini keltiring", dedi. Nihoyat, 2 tog‘ tomonlari ila barobarlashganda: "Dam
uringlar", dedi. Nihoyat, u (to‘p temir)ni o‘tga aylantirgach: "Olib kelinglar, ustidan mis
quyaman", dedi. Zulqarnayn mazkur qavm bilan Ya. va M. orasida ulkan va mustahkam
to‘siq - radm qura boshladi U odamlarni temir topib kelishga buyurdi Ular olib kelgan
temir parchalarini o‘sha 2 tog‘ orasiga to‘plata boshladi. Nihoyat, temir parchalarini
to‘plab-to‘plab, 2 tog‘ orasini to‘ldirdilar. Undan keyin Zulqarnayn bosqonlar bilan dam
urib, temirlarni qizitib eritishga kirishdi. U 2 tog‘ orasiga to‘plangan temirni bosqonlar
bilan dam urib alangalatib eritib olov holiga keltirdilar. Ana shunda Zulqarnayn
odamlariga, endi eritilgan mis olib kelinglar, olov bo‘lib turgan temir ustidan quyaman,
dedi.
Ya. va M.lar Zulqarnayn qurgan radm-devor to‘siq ustiga chiqa olmadilar va ular uni
teshib ham o‘ta olmadilar. Zulqarnaynga Ya.va M.dan shikoyat qilib yordam so‘ragan
qavmlar omonlikka erishdilar.
Ya. va M. haqida Anbiyo surasida quyidagilar aytiladi:
"Nihoyat, Ya’juj va Ma’juj ochilib, ular har bir tepapikpardan oqib kelganlarida. Va haq
va’da yaqinlashgandagi holni ko‘rsang, kufr keltirganlarning ko‘zlari chaqchayib
"Holimizga voy! Bizlar bundan g‘aflatda edik Yo‘q! Bizlar zulm qilguvchilar edik", derlar"
Kahf surasida aytib o‘tilganidek, qiyomatning alomatlaridan biri - Zulqarnayn kurgan
sadd-to‘gon ochilib, Ya. va Mlar chiqib ketishidir Demak, ular juda ko‘p bo‘lib,
ko‘pliklaridan yurganlarida xuddi sel oqqandek oqib kelar ekanlar.
Saddi Zulqarnayn bilan yo‘li to‘silgan Ya. vaM.lar haqida turli gaplar juda ham ko‘p
Ba’zilar ular mo‘g‘ul-tatarlar, deganlar. Shuningdek, Ya. va M. haqida bir qancha
hadislar ham kelgan.
Imom Ahmad ibn Hanbal Sufyoni Savriydan qilgan rivoyatda Payg‘ambar (sav)ning
zavjai mutahharalari ummul mo‘minin Zaynab bint Jahsh onamiz quyidagilarni aytadilar
"Rasululloh (sav) uyqularidan yuzlari qizargan hollarida: "Arablarning holiga
yaqinlashgan yomonlikdan voy bo‘lsin, bugun Ya’juj Va Ma’juj radmi-saddidan mana
shuncha ochildi" deb turdilar, bosh va ko‘rsatkich barmoqlarini xalqa qilib ko‘rsatdilar.
Men: "Ey Allohning Rasuli, ichimizda ahdi solihlar bo‘la turib halok bo‘lamizmi? Dedim. U
kishi "Ha, agar yomonlik ko‘paysa", dedilar".
Shuningdek, Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Ibn Moja, Imom Ahmad, Imom Abu
Dovudlarning rivoyatlarida ham Ya. va M. haqida xabarlar kelgan.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |