Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
257
bermagani uchun biror vazifa olmagan. Madina yaqinidagi Aqiq degan joyda vafot etgan.
S. ibn 3. Rasuli Akramdan to‘rt hadis rivoyat qilgan.
SAID ibn al-OS (625-679) - sahoba. Islom amirlaridan. Umar (ra) huzurida tarbiya
topgan. Usmon (ra) uni Kufaga amir qilib tayinlagan. Hazrat Usmon (ra)ga qarshi
uyushtirilgan fitnada uni himoya qilgan. Usmon (ra) shahid bo‘lganidan so‘ng (658)
Makkaga ketgan. Muoviya xalifalik zamonigacha (661) u yerda qolgan, so‘ng to umrining
oxirigacha Madinaga voliy bo‘lgan. Tabariston (Eronning shimolida) fathida qatnashgan.
Usmon (ra) huzurida bo‘lib, Qur’oni karimni jamlash va kitob holiga keltirishda faoliyat
ko‘rsatgan. Uning Madinada qurgan qasri hozirgacha saqlanib qolgan.
SAYID OTA, Sayid Ahmad ibn Sayid Abu Bakr (? - 1292 yoxud 1311) - yassaviya
tariqatining yirik vakili. Toshkentda tavallud topib, ta’lim olgan. Zangi otaning 2-xalfasi
(shogirdi). S.o. nafaqat solih amallari, tariqat yo‘lida chekkan zaqmatlari, balki jihodda
ishtirok etganligi bilan ham mashxur. Umrining oxirida Toshkentdan Orolga ko‘chib
borib, o‘sha yerda vafot etgan.
SAYYID - qabila boshlig‘i, janob, rahbar. Arabistonda johiliyat davrida qabila
zodagonlari vakili, boshlig‘i. Qur’on va hadisda bir necha ma’nolarda kelgan. Ba’zi
hadislarda insonga nisbatan rabb ("janob") istilohini S. istilohi bilan almashtirish lozimligi
aytilsa, boshqa bir hadislarda keltirilishicha, Rasuli Akram (sav) o‘zlarini S. deb
atashlarini man etganlari, chunki S. - faqat Allohdir deganlari rivoyat qilinadi. Asta-sekin
shialar tashviqoti ta’sirida S. istilohi Payg‘ambar (as) avlodlariga, Xusayn avlodlariga
nisbatan qo‘llaniladigan bo‘lgan. Ular musulmon jamiyatida imtiyozli ijtimoiy tabaqani
tashkil qilib, dindorlar orasida katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lishgan. Xalq S.larni ko‘pincha
avliyolar qatoriga qo‘ygan. Avliyo ayollarni Sayyida deb atashgan. S. istilohi musulmon
hukmdorlarining rutbalarida keng qo‘llanilgan. Bu bir tomondan Payg‘ambar (as) bilan
qarindoshlikka da’vogarlik qilish bilan bog‘liq bo‘lsa (Dehli Slari, Buxoro amirlari, Xiva
xonlari va b.), ikkinchi tomondan S.ni johiliyat davridagi ma’nosini saqlab qolishda va
uni qo‘llashda ko‘rinadi, xususan S. istilohi musulmonlar hukmronlik qilgan Ispaniyada
10-11-a. boshlarida hukmdor devoniga qurilgan (S.; as-Sayyida al-Kubro, as-Sayyida
al-Valida - "hokim onasi"), Bahrayndagi Qarmatlar davlatida oqsoqollar kengashining 6
a’zosini anglatgan, Masqatn sultonliga hukmdorlari S. deb atalgan (18-a.). Ba’zi
musulmon mamlakatlarda (mas., Yaman) S. tabaqasi o‘z mavqeini saqlab qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: