www.ziyouz.com kutubxonasi
217
NAJMIDDIN KUBRO MAQBARASI -Ko‘hna Urganchdagi me’moriy yodgorlik (14-a. 20-
30-y.lari). So’fiylikdagi kubraviylik oqimining asoschisi, shoir, olim va shayx Najmiddin
Kubro nomi bilan bog‘liq. Maqbara 3 xona (Najmiddin Kubro sag‘anasi joylashgan katta
xona, bir necha qabrlari bo‘lgan kichik xona va ziyoratxona)dan iborat. Miyonsaroy va
xonalar gumbaz tomli, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan. Bosh tarzi chuqur ravoqli,
peshtoqgumbazli, koshinkori naqsh bilan hoshiyalangan, yozuvlarida qurilgan yili
saqlangan. Peshtoq yuqorisi muqarnasli sharafa bilan yakunlangan. Peshtoq devorlari va
sag‘ana oq, ko‘k, havo rang va jigarrang koshin bilan qoplangan. Yog‘och o‘ymakorligida
ishlangan eshigiga islimiy naqsh tushirilgan. Katta xonaning ichki gumbaz osti bag‘ali
qalqonsimon, 16 qirrali, 4 burchagi toquravoqli, ganchkori murqarnaslar bilan
bezatilgan. Xona o‘rtasidagi sag‘ana o‘ziga xos milliy uslubda ishlangan. Bu keyinchalik
Xorazm me’moriy yodgorliklarida namuna sifatida keng qo‘llanilgan. N.K.m.da Xorazm
me’morligida musavvir va koshinpazlar tomonidan erishilgan barcha yutukdar namoyon
bo‘lgan.
NAJJOR, al-Husayn ibn Muhammad (? -taxm. 845) - mashhur ilohiyotchi; uning
izdoshlari o‘zlarini najjoriylar yoki husayniylar deb atashgan. Qum sh.da tug‘ilgan,
duradgorchilik qilgan N. munozara qilishga o‘chligi bilan shuhrat qozongan, ayniqsa,
Basra mu’taziliylari rahbari an-Nazzom (835/836 yoki 845 y.v.e.) bilan QIZEIN
munozara olib borgan va shulardan biri chog‘ida vafot etgan. Shahristotyning fikriga
ko‘ra, Rey va uning atrofidagi ko‘pchilik mu’taziliylar N. ta’limotiga amal qilganlar. Ibn
an Nadim N.ning 20 ga yaqin asari nomini keltirib o‘tgan. Ba’zi masalalarda u sunniylar
bilan, ba’zilarida esa, mu’taziliylar bilan birga bo‘lgan. Xususan, barcha mu’taziliylar kabi
u "abadiy ilohiy sifatlar"ni inkor etgan, buning uchun uni sunniy-sifatiylar tanqid
qilganlar. Shu bilan birga u mu’taziliylarning inson irodasi erkinligi haqidagi aqidasini rad
etgan va sunniy-sifatiylarning Alloh -inson xatti-harakatlarining ijodkori va harakat qilish
imkoniyati harakat bilan bir paytda sodir bo‘ladi, degan fikriga qo‘shilgan. Uni jabariy
deb ham atashgan, chunki, u dunyoda faqat Alloh xohlagan narsagana bo‘ladi, deb
hisoblagan. Aqoidning xususiy masalalari bo‘yicha najjoriylar ichida o‘zaro ixtilof paydo
bo‘lgach, ular ayrim guruhdarga bo‘linib ketishgan, ularning orasida burgusiylar,
za’faroniylar va mustadrikiylar mashhur.
NAZAR - mushohadaga asoslangan mulohaza, nazariy qarash. Bu ma’noda fiqhda ra’y
va qiyos terminlari ishlatilgan. Kalomda N. deganda, asosan, ma’lumdan noma’lumga
eltuvchi muhokama tushunilgan va shu ma’noda unga bahs, fikr, tafakkur, istidlol
so‘zlari ma’nodosh bo‘lib xizmat qilgan. Shunga ko‘ra, ularning ilmi ko‘pincha "ilm an-
nazar va-l-istidlol" deb nomlangan. Falsafada nazariya va amaliyotning o‘zaro nisbatiga
asosan nazariy aql (al-akd an-nazariy) va amaliy aql (al-akl al-amaliy) farkdangan,
fanlarni esa, nazariy (ulum nazariya-fizika, matematika, metafizika) va amaliy (ulum
amaliya-etika, uy-ro‘zg‘or yuritish, siyosat)ga ajratganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |