KALIMAI SHAHODAT (arab. - guvohlik kalimasi) - islom dinidagi 5 asosiy arkonning
birinchisi. Unga ko‘ra "Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Muhammad Uning rasulidir" -degan
kalimani til bilan aytib, dil bilan tasdiq etish shart qilingan. Bu kalimani inson til bilan
aytsa-yu, dili bilan tasdiqdamasa, ya’ni o‘zi ishonmasa, unday kishi islomda munofik,
hisoblanadi. Lekin, dilida ishonsa-yu, tili bilan aytishdan bosh tortsa, u ham shar’an
musulmon hisoblanmaydi. Demak, mo‘minlikning 2 sharti bo‘lib, ularning birinchisi -
Muhammad (sav)ning Alloh tomonidan keltirgan barcha xabarlarga til bilan iqror etish,
ikkinchisi - shu xabarlarni dil bilan tasdiq etishdir. Sunniy-hanafiy ta’limoti shundan
iborat. Lekin ba’zi islomiy aqida va oqimlar bunga xilof ravishda imonning sharti 2 ta
emas, 3 ta deb, ibodat va amallarni to‘la bajarishni -imonning uchinchi sharti sanashadi.
Bu bilan ular ko‘pchilik musulmonlarni kofirlar safiga qo‘shib qo‘yishadi. Vaholanki, imon
bilan kufr e’tiqodiy masalalar turiga, amaliy ibodatlar yoki gunoh va jinoyatlar alohida
boshqa masalalar turiga oiddir. Imon bilan birga amal ham bo‘lsa, nur ustiga nur. Amal
qilmasa yoki gunoh ishlarni qilsa, (moturidiylik aqidasiga ko‘ra) kofir bo‘lmaydi, balki
gunoxdor bo‘ladi.
KALOBODIY (yoxud al-Kaloboziy), Abu Bakr Muhammad ibn Ishoq al-Buxoriy (? - 990/
995 y.) - hanafiy mazhabining mashhur faqihi, tasavvufga doir arab tilida yozilgan eng
dastlabki tartibli asarlardan birining muallifi. Buxorodaga Kalobod mahallasida tug‘ilib,
shu yerda yashagan va vafot etgan. Muhammad ibn Fadldan huquqdan ta’lim olgan va
so’fiy shayx Qosim Forisning shogirdi bo‘lgan. K. yozgan besh yoki olti asardan bizgacha
ikkitasi yetib kelgan: Payg‘ambar (as)ning axloqqa doir ba’zi hadislariga yozilgan
qisqacha sharh - "Ma’oniy al-axbor" va "at-Ta’arruf li-mazhab ahl at-tasavvuf" -
islomning dastlabki uch asri davrida islom tasavvufini o‘rganishda asosiy hisoblangan
asarlardan biri. Kitob keyingi davr so’fiylari tomonidan yuqori baholangan, xususan,
shayx Yahyo as-Suxravardiy al-Maqtul (1191 y. v.e.) bu hakda "Agar at-Ta’arruf
bo‘lmaganda edi, biz so’fiylikni (tasavvufni) bilmagan bo‘lardik", degan. Bu bizgacha
yetib kelgan so’fiylar qarashlari tizimi va tajribasi bayon etilgan birinchi asar bo‘lib, unda
tasavvufdagi g‘oyalarni islomdaga u bilan tutashmagan qoidalar bilan kelishtirishga
harakat qilinmagan, sufizm to‘lig‘icha musulmonchilik doirasidaligi va tizim sifatida u
o‘zining dindorligi bilan shubha tug‘dirmasligini tushuntirishga harakat qilingan.
Asar 75 bobdan iborat bo‘lib, ularni uch qismga ajratish mumkin: 1-(1-4, 64-75-boblar)
tarixiy: so’fiy va tasavvuf tushunchalarini belgilash, eng muhim shaxslar, ularning
so’fiylikdagi jasoratlari haqidagi hikoyalar va afsonalar; 2-(5-30-boblar) apologetik
(madh etuvchi): sufizm qarashlari tizimi, uning "chinislomiy"ligini isbotlash; 3-(31-63-
boblar): sufizm amaliyoti, zohidlik yo‘lining asosiy bosqichlari, darvishlar orasida qabul
qilingan texnik atamalar. K. asariga ko‘plab sharxdar yozilgan. Ayniqsa, uning
zamondoshi va ehtimol shogirdi Abu Ibrohim Ismoil ibn Muhammad al-Mustammiy
(1042 y. v.e.) tomonidan fors tilida yozilgan "Nur al-muridin" kitobi mashhur bo‘lgan. Bu
sharh sufizm tarixi bo‘yicha manba sifatida original asardan deyarli qolishmaydi. Uning
nusxalaridan biri 1081 y. ko‘chirilgan bo‘lib, u bizgacha yetib kelgan fors qo‘lyozmalari
ichida ikkinchi eng qad. qo‘lyozma hisoblanadi.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |