Yetishtirish texnologiyasi va ekologiya


Oddiy dastarboshni o‘stirish texnologiyasi



Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/235
Sana30.12.2021
Hajmi7,28 Mb.
#191515
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   235
Bog'liq
Dorivor o'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya. Ahmedov O'. Ergashev A

Oddiy dastarboshni o‘stirish texnologiyasi
Oddiy  dastarbosh  ko‘p  yillik  o ‘simlik  bo‘lgani  uchun  uni 
kuzda va erta bahorda ekib ko‘paytirish mumkin.  0 ‘zbekistonda 
tarqalgan  barcha  tuproqlarda  yaxshi  o‘sadi.  Uning  ildiz  tizimi 
yaxshi  taraqqiy  etganligini  e ’tiborga  olib  uni  yeroziyaga 
uchraydigan  tuproqlarda  ekish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi. 
Tuproqni emirilishdan himoya qiladi.
Oddiy  dastarbosh  ekiladigan  yerSarni  kuzda  haydashdan 
oldin  mahalliy  o‘g ‘it  va  superfosfat  bilan  oziqlantirib,  25-28 
sm  chuqurlikda  haydab  qo‘yi!adi.  Erta  bahorda  yerlar  borona 
qilinib mola bilan tekislanadi va begona o ‘tlaming qoldiqlaridan 
tozalanadi. Urug‘ erta bahorda tuproq harorati  15-3 7°S boUganda 
bir  chiziq  bo‘ylab,  qator  oralari  60  sm  dan  qiJib  ekiladi.  Uning 
urug‘lari  mayda  bo‘lganligi  sababli  bir  tekis  ekilishi  uchun  uni 
chirigan go‘ng yoki  qumga  aralashtirib  ekiladi.  Urug‘lar  0,5  sm 
chuqurlikda  ekiladi.  Gektar  hisobiga  7-8  kg  urug‘  sarflanadi. 
Mart oyining oxirida ekilgan urug‘lar  10-12  kunda unib  chiqadi. 
Maysalar  3-4  ta  chin  barg  chiqarishi  bilan  kultivatsiya  bilan 
egatlar olinadi.
Har  bir  uyada  1-2  ta  o‘simlik  ko‘chati  qoldirilib  yagana 
qilinadi.  Uyalar  oralig‘i  10-12  sm  dan  kam  bo‘lmasligi  kerak. 
Oddiy  dastarbosh  begona o‘tlar bilan bemalol raqobatlashadi  va 
ikkinchi yili ulami to‘liq siqib chiqaradi.
0 ‘simlikning  yaxshi  o‘sishi,  rivojlanishi  va  undan  yuqori 
hosil  yetishtirish  uchun  agrotexnik  tadbirlarni  yuqori  saviyada 
o ‘tkazish kerak bo‘ladi.
Dastarboshni birinchi  oziqlantirish o‘sirnlik unib  chiqqandan 
keyin oralariga ishlov berilib, gektar hisobiga 30 kg azot va 20 kg 
kaliy o ‘g ‘itiberishdan boshlanadi. Dastarbosh ozuqa elementlarga 
ko‘proq talabchan hisoblanadi.
96


Ikkinchi  oziqlantirish  shonalash  daviiga  to‘g‘ri  keladi  va 
fosforli va kaliyli o ‘g ‘itlarni ko‘proq talab qiladi.  Uning o‘sishini 
va  rivojlanishini  tezlashtirish  maqsadida  gektar  hisobiga  30  kg 
azot, 20 kg fosfor va 30 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi.
0 ‘simliknmg bo‘yi birinchi yili avgust oylariga borib 1 metrga 
etadi va  gulga kiradi.  Uning  gullash  fazasida  gektar hisobiga 40 
kg dan azot berib oziqlantirishni tugatiladi.
Dastarboshni o ‘g ‘itlash  sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi.
Havoning  harorati  va  tuproq  namligining  holatiga  qarab 
vegetatsiya  davomida  8-9  marta  sug‘oriladi  va  oralariga  ishlov 
beriladi, Havo harorati yuqori bo‘lgan yili sug‘orishni ko‘paytirish 
kerak.  Dastarbosh to‘pgullarini  birinchi  yilidayoq yig‘ib  olinadi. 
0 ‘simlik noyabr  oyigacha  gul lay di  va uni  tez-tez yig‘ib  olishga 
to‘g‘ri keladi.

Download 7,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish