va o‘tioqi tuproqiarda ekib o‘stirish maqsadga muvofiq boUadi,
Bangidevonani pomidor, kartoshka, tamaki (ituzumdoshlar
oilasiga man sub) kabi
o‘simliklar ekilgan maydoniarga
joylashtirish tavsiya etilmaydi.
Chunki bu o'simliklami
zararlovchi
hasharotlar
bangidevonani
kasallantimvchi
hasharotlar hisoblanadi. Bangidevona ekiladigan tuproqiarda
qanaqangi o‘tmishdosh ekin ekilganligidan qat’iy nazar, kuz
oylarida yerlami haydash oididan gektariga 20-25 tonna chirigan
go'ng, 70 kg dan sof fosfor o‘g ‘iti bilan oziqlantirilib, 25-27
sm chuqurlikkacha traktor bilan haydab qo‘yish lozim bo‘ladi,
Bangidevonani erta bahorda ekilsa hosildorlik yuqori boUadi.
0 ‘simlik urugUni erta bahorda ekishdan oldin yerlami borona va
molalar bilan tekislab tuproq harorati 15-17°S bo Uganda qator
oralarini 60 sm dan qilib sabzavot ekadigan seyalkalar
bilan
gektariga 10 kg urug‘ sarflab, uning chuqurligi o ‘rtacha qumloq
tuproqiarda 4-5 sm, mexanik tarkibli og‘ir boUgan yerlarda esa
3-4 sm chuqurlikda ekiladi. 0 ‘simlik urugUari ekilgandan keyin
15- 22 kunda o‘sib chiqadi. Uning vegetatsion davrining uzunligi
(maysalar unib chiqib to gullaguncha) 100 kungacha boradi.
Bangidevonani o ‘sib chiqqan yosh nihollari begona o ‘tlarga
unchalik bardosh berolmasligi sababli teziik bilan qator oralariga
ishlov berilishni kuchaytirish lozim, bu ayniqsa bangidevonani
shonalash davrigacha davom ettiriladi. 0 ‘simlikni qator oralarini
ishlashda ko‘chatlami tuproq va kesakchalar ko‘mib yubormasligi
uchun mexanizmlardan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak
bo‘ladi. 0 ‘simlik 3-4 ta chin barg chiqargandan keyin yaganalab,
har bir uyaga orasini 60 sm dan qilib 2 tadan sog‘lom ко‘chat
qoldiriladi. Bangidevonani oralariga keyingi ishlov berishda va
begona o‘tlarniyo‘qotishdatuproqningzichlanishiga qarab davom
ettirish lozim bo‘ladi. Keyinchalik o‘simlikning bo‘yi 1 metrga
etganda serbarg bo Uganda bangidevona o‘tlami siqib ko‘yadi.
Bangidevona o‘simligini o‘sishi, rivojlanishi, xom-ashyosi
tarkibidagi biologik faol moddalarning ko‘proq to‘planishiga,
119
unga beriladigan organik va mineral o ‘g‘itlar miqdoriga,
vegetatsiya davomida amalga oshiriladigan argotexnik tadbirlarga
bog‘iiqdir. Birinchi oziqlantirishni bangidevona 5-7 ta chin barg
chiqarganda boshlash kerak bo‘ladi. 0 ‘simlik azotli va fosforli
o‘g‘itlami ko‘proq talab qiladi. Bu davrda gektar hisobiga 30 kg
azot 20 kg fosfor beriladi. 0 ‘g ‘it berish natijasida maysalar tez
rivojlana boshlaydi. ()‘simlik o‘g ‘itlarga talabchan bo‘lganligini
hisobga olib, ikkinchi o‘g‘itlashni shonalash davrida gektariga 30
kg azot va 20 kg kaliy o‘g‘itlarmi berish bilan amalga oshirish
kerak bo‘!adi. Har bir o‘g‘itlash o‘simlikni sug‘orishdan oldin
amalga oshiriladi. 0 ‘g‘itlash natijasida o‘simlikning bo‘yi 30-40
sm ga ko‘tariladi va barglar soni ham ko‘payadi. Bangidevona
yoppasiga gullaganda gektariga 40 kg dan azot, 20 kg dan fosfor
va kaliy o 'g ‘iti berish bilan tugailanadi. 0 ‘tkazilgari tadbirlar
natijasida uning asosiy xom ashyosi hisoblangan barglari
juda yaxshi rivojlanadi. Vegetatsiya davomida bangidevona
o‘s\mligiga 100 kg azot, 70 kg fosfor va 50 kg kaliy o‘g‘iti bilan
oziqlantirish tavsiya etiladi. Mavsum davomida bangidevona
ekinzorlari havo harorati va tuproq tarkibidagi namlikni hisobga
olgan holda 8-9 marta sug‘orish tavsiya qilinadi. Bangidevona
meva hosil qilgandan keyin uning barglarini terish mumkin
bo‘ladi. Birinchi navbatda to‘liq etilgan va ko‘k barglami dumsiz
teriladi. Undan keyin etilgan va ochilganlari teriladi. Namgarchilik
yomg‘ir yoqqanda va sovuq tushganda barglami terishni tavsiya
qilinmaydi.
Agar oziqlantirish, sug‘orish va qator oralariga o‘z vaqtida
ishlov o ‘tkazilsa zararkunanda kasalliklarga yo‘l qo‘yilmasa
bangidevona o‘simligidan 10-12 sentnergacha quruq barg yig‘ib
olish mumkin. Bangidevona barglarini 3 marotaba (qoUda) yig‘ib
olingandan keyin, silos yig‘adigan kambayn bilan o‘simlikni
о‘rib olib daladan tashqariga chiqarib yoqib yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: