Toshkent uchun kurashda Alimqulining ko’rsatgan jasorati



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
Sana30.12.2021
Hajmi1,81 Mb.
#191000
Bog'liq
alimquli rustam



Mavzu:

Toshkent uchun kurashda

Alimqulining ko’rsatgan jasorati

Reja:


1.Kirish

2.Alimquli jasorati

3.G'azovot- dinu millat uchun

kurash




Muhammad Yunus ibn Muhammad Amin «Tarixi

Aliquli amirlashkar» asarida bu tarixiy shaxs

hayotiga oid qimmatli ma'lumotlarni keltirib o‘tadi.

Manbalarda «Aliquli», «Alimquli», «Alimqul» nomlari

bilan tilga olinadigan Mulla Alimqul Hasanbiy o‘g‘li

(1831 — 1865) Qo‘qon yaqinida Hasanbiy va

Shaharbonu bibi xonadonida tavallud topgan.

Hasanbiy chorvador bo‘lib, qo‘yu mol, yilqi boqib

ro‘zg‘orini but tutib turardi. Alimqul ikki yoshga

etganda otasi vafot etadi. Tog‘asi Mulla Do‘st oxund

qo‘lida o‘zi yashaydigan Bo‘jun Butkan mavzesida

savod chiqaradi. 6-7 yoshlarida Qo‘rg‘ontepaga

ko‘chib keladilar. Keyinchalik Andijondagi Oqmasjid

madrasasida tahsil oladi. Bir-ikki yillik madrasa

tahsilidan so‘ng, Qo‘qonga kelib Ayoz mahdum

xonadonida xat ilmidan saboq oladi. 18 yoshida

ustozining vafotidan keyin harbiy sohada ham o‘zini

sinab ko‘radi. Qo‘qonning amaldagi hukmdori




Xudoyorxonning akasi Mallabek bilan Andijon

hokimi So‘fibek vositasida tanishib qoladi va uning

xizmatiga kiradi.

Xudoyorxon o‘z qaynotasi qipchoqlar etakchisi

Musulmonqulning xonlikdagi ta'sirini kamaytirish

uchun 1853 yilda o‘tkazgan «qipchoqlar qirg‘ini»

natijasida mamlakat boshqaruvini to‘la o‘z qo‘liga

oladi. Yonidagi kaltabin amaldorlar maslahatiga

kirib jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ya boshlashi

yaqinlarining noroziliklarini oshiradi. Akasi Mallabek

unga qarshi bosh ko‘taradi. Muhammad Yunus ibn

Muhammad Amin bu haqida shunday yozadi: «Bir

kuni namozi bomdoddan so‘ng tamomi umaro va

sardorlar salom uchun o‘rda eshigiga jam

bo‘lg‘onda Mallabek Mirzo Ahmad qushbegi va

Do‘stmuhammad dasturxonchilarga qahru g‘azab

bilan boqib: «Xonni sizlar yo‘ldan urub, it

urushtirmoq va xo‘rus urushtirmoq yo‘lig‘a boshlab,




yurt va fuqarolar holidan g‘ofil va bexabar

qildinglar», deb ularning qasdig‘a qilichini g‘ilofidan

chiqordi... Mallabekning qo‘lidan ushlab, iltijo va

zorilar bilan ularni xalos qildilar. Mallabek bu erdan

chiqib hoziru tayyor no‘karlari bilan Andijon tarafga

azimat qildi...» Shu bilan aka-uka o‘rtasida taxt

uchun kurash boshlanadi.

Mallabek(keyinchalik Mallaxon)ning taxtga kelishiga

Alimqul munosib hissa qo‘shadi (1858). Evaziga

Chimyonga hokim etib tayinlanadi. Mallaxon tadbirli,

biroq jahli tez va qahri qattiq hukmdor edi.

Manbalarda aytilishicha, shuncha xizmatlariga

qaramay Alimqul bilan bir kosa qimiz sabab

tortishib qoladi va uni barcha lavozimlaridan ozod

qilib, Turkiston shahriga xizmatchi sifatida yuboradi.

Biroq bir necha oydan keyin yana o‘z o‘rniga

qaytaradi. Shunday bo‘lsa-da, Alimqul xonlikni idora

etishda faol qatnashib, eshikog‘aboshi va vazir

darajasiga ko‘tarildi. Mallaxonning eng ishonchli va



yaqin kishilaridan biri bo‘lib qoldi.




Bu davrda asli qipchoqlardan bo‘lgan Alimqul

ularning xonlikdagi siyosiy mavqeini tiklashga va

mustahkamlashga harakat qildi. 1860 yil Mallaxon

qo‘shin to‘plab Pishpak (hozirgi Bishkek)ka, u erdan

esa Chu daryosi bo‘yiga kelgan. To‘plar bilan

qurollangan 2 ming kishilik rus qo‘shini bilan bo‘lgan

jangda Mallaxon qo‘shini g‘olib chiqqan, lekin

G.A.Kolpakovskiy otryadi tomonidan Uzunog‘och

mavzesida tor-mor keltirilgan. Shu yili Qo‘qon xoni

Mallaxon Qanoatshoh ismli kishini Turkiston

shahrini himoya qilish uchun yuborgan, u

boshchiligidagi qo‘shin Turkiston shahri atrofidagi




dasht aholisini talab ortga qaytgan. Bu kabi

o‘zboshimchaliklar, og‘ir soliq va majburiyatlar,

muxolifatga qarshi jazo choralari Mallaxonga qarshi

fitna uyushtirilishiga olib kelgan. Mallaxon 1862 yil

mart oyida o‘ldirilib, o‘rniga 17 yoshli Shohmurod

xon deb e'lon qilingan. Biroz vaqt o‘tib taxtga yana

Xudoyorxon keladi. Bir qancha kurashlardan so‘ng,

1863 yil 9 iyulda Alimqul Mallaxonning o‘g‘li Sulton

Sayyidxonni Qo‘qon xoni deb e'lon qiladi. Natijada

Xudoyorxon Buxoroga ketishga majbur bo‘ladi.

Buning evaziga Alimqul «amiri lashkar» unvoniga

sazovor bo‘ldi.

Podsho Rossiyasi qo‘shinlari Qo‘qon xonligi

tasarrufidagi Toshkent va boshqa shaharlarga

tahdid qila boshlagach, Alimqul va Sulton Sayyidxon

qo‘shin bilan Toshkentga kelishdi. Alimqul 10 ming

kishilik qo‘shin bilan Aris daryosi bo‘ylariga chiqib,

Turkiston va Chimkent oralig‘idagi rus qo‘shinlari

egallagan qo‘rg‘onlarni qaytarib olishga harakat



qildi. Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlog‘ida

ruslarning qo‘shinini engib Toshkentga qaytdi. Bu

tarixga «Iqon jangi» nomi bilan kirgan. 1864 yil

dekabr oyi oxirida Alimqul va Sulton Sayyidxon

Toshkentni tark etib, Qo‘qonga kelishdi, biroq

Chernyaev boshliq rus qo‘shinlari Toshkentga

yaqinlashgani haqida xabar topgach, 1865 yil 7

mayda qo‘shin bilan yana Toshkentga etib kelishdi.

Alimqul va xon qarorgohi Afrosiyob tepaligida

joylashdi. Shu kuni Mingo‘rik mavzesida shahar

himoyachilari ishtirokida katta mashvarat o‘tkazilib,

«g‘azavot» (din va millat uchun muqaddas kurash)

e'lon qilindi. Alimqul Qashqar hokimi Valixon

to‘raning qashqarliklar ham bu ulug‘ urushga

qo‘shilajaklari haqidagi maktubini shahar

himoyachilariga shaxsan o‘zi o‘qib eshittirdi. So‘ng

Salor kanali bilan Darxon arig‘i oralig‘ida Alimqul

qo‘shinlari va shahar himoyachilari bilan rus

qo‘shinlari o‘rtasida qattiq jang bo‘ldi. Rus



qo‘shinlari yana Alimqul lashkaridan engilib,

Sho‘rtepaga chekindi.

O‘rta Osiyo jangsiz taslim bo‘lmagan

Abdulla Qodiriy ta'biricha, «tariximizning eng kirlik,

qora kunlari bo‘lg‘an keyingi «xon zamonlari» haqida

gap ketganda, siyosiy tarqoqlik va qoloq harbiy

salohiyat sabab mustamlakaga aylanganimiz ko‘p

ta'kidlanadi. Ammo har qancha murakkab sharoit

bo‘lmasin, ajdodlarimiz Vatan erki uchun qattiq

kurashganlar. Podsho qo‘shinlari biror shaharni

shunchaki egallab olmagan, quvvati etgan har kim

«g‘azarot»ga — millat uchun, din uchun kurashga bel

bog‘lagan. Chunki ular e'tiqodi but, iymoni sobit

zotlar edi. Mansab va toju taxt talashib yurtni

xonavayron qilgan xonlar, ulusni ayovsiz talagan

beklar o‘sha sobit xalq sabab davron surganlar.




Millat va Vatan taqdiri o‘rtaga chiqqanda

amirlashkar Alimqul kabi yo‘lboshchilar Turon

erlarini bosqinchilar qarshisida saf torttirgan.

Ammo tarixning yozmishi boshqacha edi. Kuchlar

notengligi va xoinlarning ojizligi sabab minglab

yovqurlar halokatga mahkum etildi.

Chernyaev ustomon general edi. Alimquldan yana

bir marta engilgani uchun rus podshosi unga

rahmat aytmasdi. O‘z obro‘yini saqlab qolish uchun

ham keyingi jangda g‘olib bo‘lishga tirishgan. Ammo

shoshish bilan ish bitmasdi. U kutdi. U

turkistonliklar qo‘shini rus qo‘shinini kuchsizlangan

sanab yana hujumga o‘tishini bilardi... 1865 yil 9

mayda Alimqul qo‘mondonligidagi qo‘qonlik

askarlar va shahar himoyachilari Sho‘rtepadagi rus

qo‘shinlariga qarshi hujumga o‘tdi. Ayovsiz kechgan

jangda Alimqul og‘ir yaralandi va o‘sha kuniyoq

vafot etdi. 1865 yil 10 mayda u Toshkentdagi




Shayxontohur qabristoniga dafn etildi. Yurt erki

uchun kurashgan shahid bobolarimizning ruhi shod

bo‘lmog‘i uchun ham Vatanimizni ko‘z qarog‘idek

asramog‘imiz kerak.




Foydalanilgan adabiyotlar

1.Муҳаммад Юнус Толиб

ТАРИХИ АЛИҚУЛИ (АЛИМҚУЛИ) АМИРЛАШКАР

2.Internet ma'lumotlari



3-kurs 18-70 guruh Ro'zaliyev Rustam

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish