Semasiologiya – so‘z ma’nolari haqidagi ta’limot.
San’at –yuksak mahorat, ustalik.
Sinegor – Qadimgi g‘arb sud notiqligida nutq tayyorlab beruvchi shaxs.
Sinekdoxa – butunni qism bilan yoki qismni butun bilan ifodalash: kalla, chinoq
(odam ma’nosida).
Sinonimiya – so‘z va gaplarning ma’nodosh bo‘lishiga xos grammatik o‘zgarish.
Sinonimlar – shaklan turli xil, mazmuni bir-biriga yaqin so‘zlar: odam, inson,
kishi, shaxs.
Sifatlash(epitet) – narsa yoki tabiat hodisalarining xususiyatlarini tasvirlash uchun
ularning nomiga qo‘shib ishlatiladigan so‘z: oltin kuz, kumush qish
So‘z – ma’no anglatuvchi nutqning bir bo‘lagi.
So‘zning leksik ma‘nosi – so‘zning lug‘aviy ma’nosini o‘rganishdir.
So‘zning asl ma’nosi – so‘zning o‘z, lug‘aviy ma’nosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |