Microsoft Word Dialekt Majmua



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/87
Sana30.12.2021
Hajmi0,69 Mb.
#190880
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   87
Bog'liq
ozbek dialektologiyasi

Tayanch tushuncha:  

1.Sheva,  

2. Dialekt ,  

3. Tasnif 

 

 

 



 

15-ma’ruza 

Mavzu: O‘g‘uz lahjasining muhim xususiyatlari 

1. O‘g‘uz lahjasiga birlashuvchi dialektlar 

2. O‘g‘uz lahjasining fonetik va leksik xususiyatlari 

3. O‘g‘uz lahjasining grammatik xususiyatlari 



Mavzuning qisqacha bayoni: 

O‘zbek  tilining  o‘g‘uz  lahjasi  Xorazm  viloyatida  keng  tarqalgandir.  Bundan 

tashqari  Xorazm  vohasida  boshqa  sheva  vakillari  ham  yashaydialr.  Jumladan,  qozoq, 

qoraqalpoq,  turkman,  tatarlar  ham  istiqomat  qiladi.  Xorazm  viloyatining  Yangibozor, 

Gurlan  avvalgi  Mang‘it  tumanlari  tili  qipchoq  lahjasiga  qolgan  tumanlari  aholisi  tili 

o‘g‘uz  lahjasiga  mansubdir.  Bundan tashqari o‘g‘uz  lahjasi  vakillari  Toshhovuz shahri 

va r-nida Ko‘hna Urganch tumani  markazida Qoraqalpog‘istonning Beruniy, To‘rtko‘l, 

Qozog‘istonning  Chimkent,  Turkiston  hududida  yashovchi  o‘zbeklarning  barchasi 

o‘g‘uz  lahjasida  gaplashadilar.  Bundan  tashqari  Buxoro  vil.ining  Olot,  Qorako‘l 

tumanlarida  ham  o‘g‘uzlar  yashaydilar;  Samarqand  vil.ining  Forish  r-niga  tarqalgan 

o‘zbek  shevalarida  ham  o‘g‘uz  shevasida  gapiruvchi  aholi  yashashini  Sh. 

Egamberdiyeva qayd qilib o‘tgan. 

Yuqorida  qayd  qilingan  tumanlardan  tashqari  Vobkent,  Romitan  va  Buxoro 

tumanlarining  ayrim  qishloqlarida  ham  o‘g‘uzlar  yashashini  prof.  M.  Mirzayev  o‘z 

ishida  qayd  qilib  o‘tgan.  Bu  tipdagi  o‘g‘uz  shevalari  ko‘p  jihatdan  Xorazm  o‘g‘uz 

shevalariga yaqin turadi. Vil.ga tarqalgan o‘g‘uz shevalari Buxoro dialektining ta’sirida 

o‘g‘uz  shevalariga  xos  bo‘lmagan  anchagina  fonetik-morfologik  xususiyatlarini 

o‘zlashtirganlar.  Tarixiy  etnografik  adabiyotlarda  va  lingvistik  tekshirishlarda  genetic 

jihatdan  o‘zbek  xalqi  tarkibiga  kirgan  qarluq,  o‘g‘uz,  qipchoq  etnik  guruhlarining 

hozirgi  O‘zbekiston  hududiga  tarqalish  tarixi  ularning  o‘zaro  munosabatlari  nihoyat 

darajada murakkab bo‘lganligini bildiradi.  

Lingvistik  jihatdan  qaraganda  o‘g‘uz  etnik  guruhiga  aloqador  bo‘lgan  aholi 

asosan Xorazm  vohasida  va  mayday  guruhchalarga bo‘lingan  holda Sirdaryoning  o‘ng 

qirg‘oqlarida  hozirgi  Chimkent  vil.ining  hududida  yashaydi.  Bu  aholining  tili  o‘g‘uz 




17 

 

tillariga  xos  bo‘lgan  juda  qadimgi  xususiyatlarini  hamon  saqlab  kelmoqda.  Tarixan 



qipchoq  shevasiga  aloqador  Bog‘ot  tumanining  Xitoy  qishloq  aholisi  Orol  bo‘ylaridan 

ko‘chib  kelganlariga  400  yil  bo‘lishiga  qaramasdan  o‘z  til  xususiyatlarini  saqlab 

qolganlar.  M.  Qoshg‘ariyning  ma’lumotiga  ko‘ra,  Qarnoq  o‘g‘uz  shaharlaridan  biri 

bo‘lgan.  Hozir  ham  bu  qishloq  o‘g‘uzcha  gapiradi.  Xorazm  o‘zbeklarining  tili  haqida 

ayniqsa o‘g‘uz shevasi haqida Venger olimi G. Vamberi “Chig‘atoy tili xrestomatiyasi” 

asarida to‘la ma’lumot beradi. Xrestomatiyada hikmatli so‘zlar, maqollar ko‘p uchraydi. 

Lekin ular adabiy tilda berilganligi uchun ilmiyligi pasaygan. Akad. A. N. Samoylovich 

“Turk  tillarining  tasnifiga  ba’zi  bir  qo‘shimchalar”  nomli  asarida  Xorazm  shevalarini 

turkey  tillarning  5-guruhiga  kiritgan.  1936  yilda  prof.  G‘.  Olim  o‘zbek  shevalarini  3 

guruhga ajratgan.  

4. 

O‘zbek-qipchoq shevalari 



5. 

Turk-barlos shevalari 

6. 

Urganch-Xiva shevalari 



Prof. F. Abdullayev o‘g‘uz lahjasini 2 guruhga ajratgan. 

5. 


Urganch-Xiva shevalari 

6. 


Xazorasp-Yangiariq shevalari 

O‘g‘uz  shevalari  haqida  Vamberi  Ozarbayjonliklarning  ta’siri  deb  tushuntiradi. 

Ba’zi  o‘rinlarda  o‘z  tasnifida  Ye.  D.  Polivanov  o‘g‘uz  shevalarini  turkmanlashgan, 

qipchoq  shevalarini  qozoqlashgan  deb  tushuntiradi.Prof.  M.  Melioranskiy  jonli 

shevalarni  o‘rganish  eng  qadimgi  yodnomalarni  ham  to‘g‘ri  o‘qishga  va  uqishga  juda 

katta  yordam  beradi  va  bu  borada  bebaho  material  yetkazib  beruvchi  nodir  manbadir 

deb yozadi.  


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish