Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


  Turli xil korxonalarni moddiy boylik manbalari



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/177
Sana30.12.2021
Hajmi1,48 Mb.
#190866
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   177
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

 
8.3.  Turli xil korxonalarni moddiy boylik manbalari  
bilan ta’minlash  strategiyasi 
 
Turli  xil  korxonalarni  moddiy  boylik  manbalari  bilan  ta’minlash 
strategiyasi  moddiy  boylik  manbalarini  taqsimlash,  ushbu  jarayonni  texnik, 
texnologik,  tashkiliy  ta’minlash  va  mahsulotlar  muammolari  jarayonini  tashkil 
qiluvchi elementlar uch yo‘nalishga aniq taqsimlangan. 
1. Bozor tadqiqoti, iste’molchilar zahiralarini aniqlash, raqiblar takliflari va 
iste’molchilar talablarini o‘rganish va bozor iqtisodiyotini boshqarishning boshqa 
uslublaridan foydalanish asosida sotish bozori, ularni qo‘lga kiritish, kengaytirish, 
saqlab qolish asosida amalga oshiriladigan raqobat kursi.   
2.  Mahsulotlarni  sotish  bozorlarini  aniqlash  va  moddiy  boylik  manbalari 
muomalasi jarayonining barcha bosqichlarida ularning barcha jismoniy harakatlari 
bo‘yicha hamma operatsiyalar aniq va mukammal o‘ylab chiqilgan, rejalashtirilgan 


 
85 
va  tashkil  etilgan  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  amalga  oshirishga  mo‘ljallangan 
iste’molchilar buyurtmalari bo‘yicha tashkil qilingan. 
3.  Mahsulotlar  muammosi  va  ishlab  chiqarishning  barcha  bosqichlarida 
tovar harakatini tartibga solish. 
Turli  xil  korxonalarni  moddiy  boylik  manbalari  bilan  ta’minlash 
strategiyasi  moddiy  -  texnika  ta’minotini  tashkil  qilish  jarayonida  logistika 
ta’minotlarini  tanlash,  xomashyo  va  materiallarni  yetkazib  berish  masalalarini 
ko‘rib chiqadi. 
Moddiy  boylik  manbalarini  yetkazib  berish  uch  asosiy  variantda  bo‘lishi 
mumkin: 
- shaxsiy ishlab chiqarish hisobiga; 
- mavjud ta’minotchilar hisobiga; 
- yangi ta’minotchilarni jalb qilish hisobiga. 
Bozor  iqtisodiyoti  rivojlanishi  sharoitida  rivojlanish  va  asosan  kichiklari 
hisobiga yangi ta’minotlarni jalb qilish an’anasi kuzatiladi, bu materiallarning katta 
bo‘lmagan 
bir 
to‘pini 
olish 
imkonini 
beradi. 
Ishlab 
chiqarishning 
moslashuvchanligini  ta’minlaydi  va  kerak  bo‘lganda  bozor  talablariga  muvofiq 
yangi  mahsulotlar  ishlab  chiqarishga  o‘tishni  tezlatishga  imkon  beradi.  Shuning 
bilan  bu  bosqichda  logistikaning  maqsadi  asosiy  ishlab  chiqarishni  belgilangan 
vaqt  tartibida,  eng  kam  harajatlar  bilan  kerakli  moddiy  boylik  manbalari  bilan 
ta’minlashni rejalashtirish, tartibga solish va nazorat qilishdan iborat. 
Ayniqsa,  zahiralarni  boshqarishda  logistikaning  ahamiyati  katta.  Zahiralar 
transport,  ishlab  chiqarish  va  sotish  o‘rtasidagi bufer vazifasini bajaradi. Hozirgi 
sharoitda  zahiralar  miqdori  tez  o‘zgarayotgan  talab  va  korxona  ishining  bir 
maromdaligini ta’minlash uchun muvofiq bo‘lishi kerak. 
Logistika  tizimlarida  zahiralarni  saqlash  bilan  bog‘liq  muomala  vaqti  va 
harajatlarini  qisqartirishga  alohida  e’tibor  beriladi,  bular  logistik  harajatlarning 
asosiy  qismini  tashkil  qiladi.  Shu  sababli  omborxona  xo‘jaligini  tashkil  qilish, 
ortish - tushirish vositalarini qoplarga joylashtirish vositalarini qo‘llash va saqlash 
logistika  tizimining  muhim  sohasi  hisoblanadi.  Xorijda  Kanban,  OPT,  MRP, 
MRP-2  nomini  olgan,  logistikaga  asoslangan  «aniq  muddatda»  yetkazib  berish 
tizimi  ta’minotini  tashkil  qilishning  keng  yoyilgan  tizimidir.  Kanban  tizimi 
Yaponiya korxonalarida keng qo‘llaniladi. 
Kanban  tizimidan  foydalanuvchi  yapon  firmalari  moddiy  boylik 
manbalarini  faqat  ishonchli  ta’minotchilardan  xarid  qilishga  harakat  qiladilar  va 
ularni o‘z talablariga qaram qilib qo‘yadilar. 
AQSHda 
rivojlangan 
OPT 
(ishlab 
chiqarish 
texnologiyasini 
muvofiqlashtirish)  tizimi  foydalaniladi.  Tizimning  asosiy  tamoyili  ishlab 
chiqarishda  «tor»  joylar  yoki  kamyob  resurslarni  aniqlash.  Misol  uchun 
xomashyo  va  materiallar,  mashinalar,  uskunalar,  texnologik  jarayonlar  va 
xodimlarning  ayrim  turlari  kamyob  boylik  manbalaridan  bo‘lishi  mumkin.  Ishlab 
chiqarish 
tizimining 
rivojlanish 
sur’ati  kamyob  resurslardan  samarali 


 
86 
foydalanishga  bog‘liq.  OPT  tizimida  ishlab  chiqarishning  bir  kunga,  haftaga  va 
hokazo  jadvalini  shakllantirish  amalga  oshiriladi,  iste’molchilar  tomonidan 
buyurilgan  mahsulotlarni  ortib  jo‘natishning  nazorati  muqobil  resurslarni  qidirib 
topish, kerakli materiallar yo‘q bo‘lganda ularni to‘liq holda almashtirish bo‘yicha 
tavsiyalar berish masalalari hal qilinadi. 
Eng ma’qul jadvalni shakllantirishda quyidagilar hisobga olinadi: 
-  ishlab  chiqarishning  boylik  manbalariga  bo‘lgan  ehtiyojini  qondirish  
darajasi;   
- boylik manbalaridan foydalanish samaradorligi; 
- tugallanmagan ishlab chiqarishga jalb qilingan vositalar; 
-  jadvalning  epchilligi,  ya’ni  uskunalarni  avariya  tufayli  to‘xtab  qolganda 
va  moddiy  boylik  manbalari  to‘liq  yetkazib  berilmaganda  uni  amalga  oshirish 
imkoniyati. 

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish