4.Pidayev Sh.Sirli kushonlar saltanati.-T.; O’qituvchi.1995
5.Tokarev. S. Religiya narodov mira.-M.; Nauka.1989
6-Mavzu: Inson jamiyatining kelib chiqishi
REJA:
1. Jamoa an’analarining vujudga kelishi.
2. Ovchilikning ahamiyati.
3. Ibtidoiy jamoada mehnatning rivojlanishi.
4. Ibtidoiy jamoada jinsiy munosabatlar.
Odamzodning dastlabki vatani masalasi uzoq vaqtlardan beri turli xil olim va xar
xil kasb egalarini qiziqtirib keladi.
Odamning xayvonot olamidan kelib chiqish, vatani va ilk bor tarqalgan joylari
xaqidagi masala G.F.Nesturx, M.I.Ukro’son, I.K.Ivanov, F.Bord, G.Kenigsvaled, U.
Xaueles va boshqa ko’pgina antropolog va arxeologlarning asarlarida mufassal yoritilgan.
P.P.Sushkinning odamzod vatani Markaziy Osiyoning ochiq o’lkalari degan farazi
ko’pchilik olimlar tomonidan maqullanmadi. CHunki Markaziy Osiyodan topilgan ko’p
sonli tosh asri yodgoliklarining madaniy qatlamlaridan qazilma odamsimon maymunning
qoldiqlari mutlaqo uchramaydi.
Amerika va Avstraliyaning odam paydo bo’lgan joyiga kiritib bo’lmaydi. CHunki
mazkur materiklarda odamzodning eng qadimgi ajdodi odamsimon maymunlar yashagan
emas.
Amerika va Avstraliyaga odamlar bundan 35-30 ming yillar muqaddam Osiyodan
o’tgan. Bu dastlabki urug’chilik tuzumi davriga, xozirgi zamon tipidagi odamlar paydo
bo’lgan, darvga to’g’ri keladi.
Xozirgi odamzodning vatani Afrika va janubiy Osiyo deb qarovchi olimlar orasida
qizg’in tortishuv mavjud.
O’z vaqtida CH.Darvin odamzodning ilk vatani Afrika bo’lishi mumkin degan
farazni maydonga tashlagan edi. Afrikaning janubi, ayniqsa sharqidan arxeologik
ashyolar, ayniqsa eng qadimgi avstrolopitek Olduvay daryosidan esa eng qadimgi qazilma
odam suyaklari, Keniyadan esa dunyoda eng qadimga tosh qurollarining CH. Darvinning
fikri to’g’ri ekanligini ko’rsatmoqda.
Marokashning Atlantik okeani qirg’oqlaridan Olduvay davriga mansub eng qadimgi
tosh qurollar topilib, u Tanziyaning «ishbilarmon odamlari» qoldirgan tosh qurollarini
eslatadi.
Nixoyat Afrika odamzodining ilk beshigi ekanligini shu narsa ham ta’kidlaydiki,
Afrikada odamga juda yaqin bo’lgan shimpanze va gorilla-antropoidlar yashaydi.
SHu narsa diqqatga sazovorki, na Osiyoda va na Evropada SHarqiy Afrikadagi kabi
bir-biri bilan uzviy bog’langan primatlar topilgan emas.
Bu xol M. I. Uro’son, I. K. Ivanov, V. P. Alekseev va boshqa olimlarga
odamzodning dastlabki Vatani Afrika Janubiy va SHarqiy Afrika degan fikrni olg’a
surishga imkon berdi.
YAqin vaqtlargacha Janubiy va Janubi-SHarqiy Osiyodan SHarqiy Afrikadagi kabi
juda qadimiy qazilma odamlar va eng qadimiy mexnat qurollarining qoldiqlari ma’lum
emas edi.
Olimlardan G.Kenigsvald buni Xitoy va Sivalak (Hindsiton va Pokiston)
tepaliklarida kaliy-orgon usuli bilan davrini aniqlash imkoniyatini beradigan vulqon
jinslarining yo’qligi bilan bog’laydi.
Indoneziyadan ham vulqon jinslari topilib, bu hol yaqinda Mojokent
pitekantropining sanasi kaliy-agon usuli bilan 1,9-1,5 ming yil qadimiylikka ega ekanligi
aniqlandi. Bu sana SHarqiy Afrika sanasida u qadar katta farq qilmaydi.
SHu bilan birga YAvadan avstrolopitekka o’xshash kalaiy-agon sanasi 1,5 mln
yilga oid eoleystotsen megantropga va quyi pleyetotsen pitekantroplarining qoldiqlari
topildi.
Janabiy Xitoy va SHimoliy Hindistondan avstrolopiteklarga yaqin gigantopitek
Markaziy Xitoydan esa quyi pleystotsen davriga lontyan sinantropining qoldiqlari topildi.
Sivalak tepaligadan esa miotsen va pliotsen davriga mansub bo’lgan driopitek va
ramapiteklaning suyak qoldiqlari topilgan.
SHunday qilib Janubiy va Janubi-SHarqiy Osiyodan yuqori neogen va
eopleystotsen davriga oid qazilma odamsimon maymunlar odamlarga aylanishi
chegarasida turgan mavjudod, hamda eopleystotsen va quyi pleystotsen arxantronlarning
qoldiqlari topildi.
Bulardan arxantroplar 2 million yil qadimiylikka ega. Mazkur dalillar Janubiy va
Janubi-SHarqiy Osiyoning ham insoniyatning ilk vatani deb atashi imkonini beradi.
SHunday qilib Janubiy SHarqiy Osiyo ham SHimoliy-SHarqiy Afrika bilan birga
odamzodning vatani hisoblanadi.
Vengriyaning Veresheelyov, CHexoslavakiyaning Prjezlentitsa, Germaniya
Federativ Respublikasining Geydelngberg degan joydan mindelend muzligi va undan ham
qadimiyroq davrga mansub quyi pleystotsen qatlamidan arxantrop suyak qoldiqlari
topilishi odamning ilk vatani chegarasiga Evropani ham kiritish imkonini berdi. Zotan
Fransiyaning janubiy-sharqidagi Vallon g’oridan sanasi 700 ming yilga borib taqaluvchi
manzilgoxi va mehnat qurollarining topilishi mazkur fikrni tasdiqlaydi.
Bu jihatdan Vengriyaning SHimoliy-sharqidagi Rudabaniyadan quyi pliotsen
qatlamidan odamga aylanish arafasida. turgan ramapitek tarzidagi maymun qoldig’ining
topilishi katta ahamiyatga egadir.
SHunday qilib, maymunni odamga aylanish jarayoni faqatgina Afrikada sodir
bo’libgina qolmay Afrika-Evrosiyo xayvonot olami ichida ro’y bergan.
Hozirgi olimlar orasida odamzodning ilk vatani, uning beshigi qaerda degan
masalada qizg’in bahs borayotgan ekan, hali bu masala to’laligacha xal etilgani yo’q.
Ko’pgina osvet va progessiv chet el olimlari odamzodning vatani, faqat Afrika yoki
Osiyoning o’zigagina bo’lib qolmay bunga Afrikaning katta qismi Janubiy Evropa,
Janubiy va Janubi-SHarqiy Osiyoni kiritish mumkin demoqdalar.
Lekin bu so’nggi so’z emas. Qadimgi tosh asriga oid yangi kashfiyotlar insoniyat kelib
chiqqan va uning vatani hisoblangan chegaralarni yanada kengaytirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: