M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

 
III b
оb UCHUN NAZORAT SAVOLLARI
 
 
1. 
Oil
аviy pоliklinikа tuzilishini ayting.
 
2. 
Oil
аviy  pоliklinikаda  tibbiyot  hamshirasining  fаоliyati 
nimalardan iborat?
 
3. 
Bolalarni dispanserizatsiya qilishd
а hamshiraning rоli.
 
4. 
Bolalar shifoxonasining tuzilishini ayting.
 
5. 
Bolalar  shifoxonasida  hamshiraning  roli  va  v
аzifаlаri 
nim
аlаrdаn ibоrаt?
 
 
 


 
68 
 
IV b
оb. GO‘DAKLIK VA KICHIK YOSHDAGI 
BOLALARGA HАMSHIRАLIK PARVАRISHI
 
 
4.1. Oy-kuni yetib tug‘ilgan chaqaloqlarning xususiyatlari va 
hamshiralik parvarishlash
 
 
Oy-kuni yetib tug‘ilgan sog‘lom chaqaloq deb, ona qornida 
to‘qqiz  kalendar,  10  akusherlik  oyi  yoki  38-40  hafta  (280 
kun)lik to‘liq rivojlanish siklini o‘tgan, 2500 grammdan yuqori 
vazn  va  48  sm  dan  ortiq  bo‘y  uzunligi  bilan,  baland  ovozda 
chinqirib tug‘ilgan chaqaloqqa aytiladi.
 
Oy-kuni yetib tug‘ilgan chaqaloqda quyidagi tashqi belgilar 
ham ifodalangan bo‘ladi:
 
1.  Bosh  aylanasi  32-33  sm  ni  tashkil  qilib,  ko‘krak  qafasi 
aylanasidan 2-4 sm katta, qo‘llari va oyoqlarining uzunligi bir 
xil, ko‘krak aylanasi tananing yarim bo‘yidan 3-5 sm ko‘p, son 
aylanasi esa yelka aylanasidan 2-3 sm kichikroq bo‘ladi.
 
2. Kindik halqasi qov bilan xanjarsimon o‘simta oralig‘ining 
o‘rtasida joylashadi.
 
3.  Chaqaloq  kallasining  yuz  qismi  miya  qismiga  nisbatan 
biroz  kichikroq  bo‘lib,  aksariyat  bolalarning  boshida  yaxshi 
rivojlangan sochlari bo‘ladi.
 
4. Chaqaloq terisi och-pushti rangda va baxmalday muloyim, 
teriosti yog‘ qatlami yaxshi rivojlangan bo‘ladi.
 
5. Chaqaloqning terisi maxsus sirsimon modda — tug‘uruq 
moyi bilan, yelka va orqasining terisi nozik tuk bilan qoplangan.
 
6.  Chaqaloqning  qo‘l  va  oyoqlari  tartibsiz  harakatlar  qilib 
turadi.
 
7.  Shartsiz  reflekslari  (emish,  yutish,  aksirish,  yo‘talish  va 
boshqalar) yaxshi ifodalangan bo‘ladi.
 
8. O‘g‘il bolalarning moyaklari yorg‘og‘iga tushib ulgurgan, 
qiz  bolalarda  kichik  uyatli  lablar  katta  uyatli  lablar  yopilib 
turgan bo‘ladi.
 
Bola  tug‘ilgandan  so‘ng  birinchi  va  beshinchi  daqiqalarda 
uning ahvoliga baho beriladi, bunda hozirgi vaqtda ko‘pchilik 
tug‘uruqxonalarda Apgar shkalasidan foydalanilmoqda:
 
 
 


 
69 
Belgilari
 
Bahosi
 
 
0
 
1
 
2
 
Yurak 
urishlari soni
 
Aniqlan-
maydi
 
Sekinlashgan, (1 
daq. 100 dan 
kam)
 
1 daq. 100 
dan ortiq
 
Nafas 
harakati
 
Yo‘q
 
Siyrak, tartibsiz
 
Yaxshi, bola 
yig‘laydi
 
Muskullar 
tonusi
 
Bo‘shashgan
 
Qo‘1-oyoqlari 
biroz bukilgan
 
Harakatlari 
faol
 
Burun 
kateteriga 
javob 
reaksiyasi yoki 
oyoq ostini 
qitiqlash 
refleksi
 
Yo‘q
 
Aftini 
burishtiradi
 
Aksiradi va 
yo‘taladi
 
Terisining 
rangi
 
Oq
 
Tana terisi och-
pushti rangda, 
qo‘l-oyoqlari 
ko‘kimtir
 
Boshdan-
oyog‘igacha 
och-pushti 
rangda
 
 
Baholash  ana  shu  5  ta  belgini  ifodalaydigan  raqamlarning 
yig‘indisi asosida olib boriladi.
 
Agar  yig‘indi  8-10  ballni  tashkil  qilsa,  chaqaloq  ahvoli 
yaxshiligini,  6-7  ball  bo‘lsa  –  qoniqarli,  6  balldan  past 
baholansa og‘irligini bildiradi.
 
Masalan,  chaqaloq  yurak  urishlari  soni  92  (1  ball),  nafas 
harakatlari tartibsiz (1 ball), muskul tonusi bo‘sh (0 ball), burun 
kateteri bilan qitiqlashga reaksiya – aftini bujmaytirish (1 ball), 
terisining rangi – tanasi pushti rangda, qo‘1-oyoqlari ko‘kimtir 
(1  ball),  umumiy  bahosi  4  ballga  teng,  demak,  chaqaloqning 
ahvolini o‘ta og‘ir, deb baholash mumkin.
 
Tug‘uruqxonada  chaqaloqning  dastlabki  parvarishi  (yuvib-
tarashi)ni  doya-hamshira  (akusherka)  amalga  oshiradi.  Lekin 
bu  ishlarni  hamshiralar  ham  amalga  oshira  olishlari  kerak. 
Quyida  ana  shu  tadbirlar  haqida  ma’lumotlar keltiriladi  (SSV 
ning 500-sonli buyrug‘i asosida).
 


 
70 
 
 
 
 
Chaqaloqni qabul qilish uchun bir martalik steril akusherlik 
komplektidan foydalaniladi.
 
Chaqaloqning  boshi  tug‘ilishi  bilan  uning  yuqori  nafas 
yo‘llaridan shilimshiqlarni rezina balloncha yoki elektr so‘rg‘ich 
bilan tozalanadi. Tug‘ilgan bolani darhol issiqlik yo‘qotilishini 
oldini  olib  va  issiqlik  zanjiri  tamoyillariga  amal  qilgan  holda 
tezda artib quritiladi va ona qorniga qo‘yiladi. Onasi bilan birga 
issiq  ko‘rpa  (adyol)  yopiladi,  boshiga  qalpoqcha  kiydiriladi. 
Bolaning  sovuq  qotishiga,  sababsiz  onasidan  ajratilishiga  yo‘l 
qo‘ymaslik kerak.
 
Shundan  so‘ng  akusherka  (taxminan  1  daqiqa  o‘tgach  yoki 
kindik  tomirlarida  pulsatsiya  to‘xtagach)  kindik  halqasidan  10 
sm  qoldirib  birinchi  Koxer  qisqichini  qo‘yadi,  ikkinchi  Koxer 
qisqichini kindik halqasidan 8 sm qoldirib qo‘yiladi, uchinchisi 
esa,  iloji  boricha  onaning  jinsiy  a’zolariga  yaqin  masofaga 
qo‘yiladi.  Birinchi  va  ikkinchi  qisqichlar  oralig‘ini  akusherka 
96% li spirt bilan tozalaydi va steril qaychi bilan kesadi. Onasiga 
ko‘rsatish. Shundan keyin bolani onasiga, uning jinsini e’tiborga 
olgan holda ko‘rsatiladi va boladagi tug‘ma nuqsonlar ham (agar 
mavjud bo‘lsa) ma’lum qilinadi.
 
Apgar  shkalasi  bo‘yicha  7-8  balldan  yuqori  baholangan 
chaqaloqlarni  birlamchi  qayta  tozalovdan  so‘ng  onasining 
ko‘kragiga tutiladi (Kenguru usuli) 1-rasm. Ko‘krakka tutishga 
yo‘l  qo‘yilmaydigan  holatdagi  bolalarni  esa  onasining  yoniga 
10-15 daqiqaga yotqizib qo‘yish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Shundan  so‘ng,  chaqaloqni ikkilamchi  tozalov  stolga  yotqizib 
qo‘yil
аdi.
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish