7.2. Sutkalik diurezni aniqlash
Sutkalik siydik miqdorini aniqlash uchun tekshiruv ertalab
boshlanadi. Bola ertalab soat 6. 00 da qovug‘ini bo‘shatadi va
shu vaqtdan boshlab har safar ajralgan siydigini alohida idishga
yig‘ib boradi. Shifokorning ko‘rsatmasiga binoan siydikning
faqat miqdorini aniqlash tayinlangan bo‘lsa, har safargi siydik
miqdori o‘lchab yozib olingach, to‘kib tashlanadi. Bordi-yu,
siydik to‘plansin deyilsa, uni qorong‘i va salqin joyda saqlab
o‘lchab boriladi. Ertasiga ertalab bola soat 6:00 da uyg‘otiladi
va qovug‘ini o‘lchanayotgan idishga bo‘shatib berishi so‘raladi.
Chunki qovuqdagi siydik tekshirilayotgan sutkaga taalluqli
hisoblanadi. Olingan ma’lumot shifokorga yetkaziladi va
kasallik tarixiga qayd qilib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |