Toshkent shahrida yashovchi maktab o‘quvchilarida
aniqlangan O‘TS (millilitrlarda) [G.I.Shayxova, 2005]
Bolaning
yoshi
O‘g‘il bolalar
Qiz bolalar
M
B
M
B
8
1676
301
1474
280
9
1802
374
1632
359
10
2000
360
1903
409
11
2230
410
2120
384
12
2480
380
2223
435
13
2620
550
2606
423
14
3250
677
2730
496
15
3670
729
3022
433
16
4170
630
3051
458
17
4153
614
3064
403
232
Qo‘lning mushak kuchi
Qo‘lning mushak kuchi mushaklar rivojlanish darajasini belgilaydi
va qo‘l dinamometri yordamida o‘lchanadi. Bunda tekshiriluvchi tik
turib qo‘lini yon tomonga keng yoyadi va kaftlarida dinamometrni bor
kuchi bilan siqadi. Tekshiriluv 2-3 marta o‘tkaziladi va eng katta
ko‘rsatkich kilogrammlarda yozib olinadi. 7.4.2-jadvalda maktab
o‘quvchilarining qo‘l mushak kuchining ko‘rsatkichlari keltirilgan.
7.4.2-jadval
Toshkent shahri maktab o‘quvchilarining qo‘l mushak kuchi (kg)
[G.I.Shayxova, 2005]
Bola
ning
yoshi
O‘g‘il bolalar
Qiz bolalar
O‘ng qo‘l
Chap qo‘l
O‘ng qo‘l
Chap qo‘l
M
B
M
B
M
b
M
b
8
16,4
3,6
15,5
3,1
13,8
2,5
12,9
2,4
9
19,6
3,3
18,0
3,4
15,3
2,7
14,6
2,6
10
21,3
3,4
19,5
3,3
16,3
3,4
15,1
3,1
11
26,2
3,9
21,5
3,4
19,0
3,6
17,7
3,4
12
27,0
5,8
24,1
4,2
21,1
4,7
21,1
4,7
13
27,3
5,3
24,8
5,3
25,1
5.0
22,9
4,1
14
32,8
6,6
29,0
6,2
25,4
4,8
3,3
4,2
15
39,0
9,0
34,2
7,5
27,2
4,8
23,8
4,1
16
43,6
7,4
38,9
6,9
27,8
4,9
24,9
4,9
17
47,1
7,0
40,6
5,9
29,2
4,8
26,1
4,6
Somatoskopiya
Somatoskopiya tadqiqotlari kunduzgi yorug‘ paytda, xona harorati
kamida 18-20
0
C darajada issiq bo‘lganda o‘tkaziladi. Somatoskopik
belgilar tavsiflash orqali ifodalanadi, jinsiy yetilish belgilari esa formula
yordamida ifodalanadi. O‘g‘il bolalar uchun bu formulaga ko‘pincha
qov va qo‘ltiq ostidagi tuklarning o‘sganlik darajasini (mas., R
o
, Ax
1
ko‘rinishida, bu demak tekshiriluvchi bolada qov sohasida tuklar hali
chiqmagan, qo‘ltiq ostida esa, 1 darajali ya’ni bitta-yarimta o‘sish bor
deganidir). Qiz bolalarning jinsiy rivojlanishini ifodalashda ko‘krak
bezining rivojlanganligi, mensiruatsiya siklining boshlanish vaqti-
menarxe qo‘shiladi (mas., R
2
, Ax
2
Ma
2
, Me
13
- bu degani, tekshiriluvchi
qiz bolada qov va qo‘ltiq osti sohasida 2 darajalik rivojlanish, sut bezi
233
ko‘krakdan ko‘tarilgan, menstruatsiya esa 13 yoshdan boshlangan
demakdir).
Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini ba-
holash jismoniy rivojlanish standartlari bilan taqqoslash orqali bajariladi.
Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanish standartlari bola-
larning jinsi, yoshi, millati va yashash joyiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning
uchun jismoniy rivojlanish holati haqida xulosa chiqarish, masalan agar
shahar sharoitidagi bola uchun qishloq joylarida yashaydigan bolalar-
ning standartlari bilan taqqoslansa, olingan natija noto‘g‘ri hisoblanadi.
Jismoniy rivojlanish standartlarini tayyorlash uchun tekshirishlar
o‘tkaziladi, olingan natijalarni matematik ishlovdan o‘tkaziladi. Buning
uchun tekshirishdan kam deganda har bir jins va yosh, bir xil millat va
bir joyda yashaydigan 100 nafar bola o‘tishi kerak bo‘ladi. Jismoniy
rivojlanish standartlarini ishlab chiqish uchun olingan ma’lumotlar
statistik ishlovdan o‘tkazish usuli va olingan standartlarning qiymatlari
yoki regressiya shkalasi, yoki sentil shkalasi, yoki biologik rivojlanish
standartlari ko‘rinishida rasmiylashtirilishi mumkin.
Jismoniy rivojlanishni shaxsiy tarzda baholash uchta usulda baja-
rilishi mumkin, ammo ilgari bunday baholashlar 4 usulda amalga oshi-
rilar edi: regressiya shkalasi bo‘yicha, kompleks sxema bo‘yicha, sentil
shkalasi bo‘yicha (sigmali og‘ish usuli - 4- usul).
Regressiya shkalasi bo‘yicha baholash. Regressiya shkalasi vazn va
KQA qiymatlarining o‘zgarishini bo‘y ko‘rsatkichi 1 sm ga o‘zgarishini
hisobga olgan holda baholaydi, ya’ni bu usulda rivojlanishni belgilovchi
ko‘rsatkich bolaning bo‘yi hisoblanadi. Jismoniy rivojlanishni shaxsiy
tarzda baholash tartibi:
- bolaning aniq tug‘ilgan vaqti va tekshirishdan o‘tkazilgan vaqtini
hisobga olib, shunga muvofiq regressiya shkalasi topiladi;
- jins, yosh, millati va yashash joyiga muvofiq bo‘lgan regressiya
shkalasi topiladi;
- bo‘yni hisobga olish bilan bolanng rivojlanishi qaysi qiymatlarga
to‘g‘ri kelishi aniqlanadi (o‘rtacha, o‘rtachadan yuqori, o‘rtachadan past
va h.k.);
- shkala bo‘yicha shu bo‘yda vazn va KQA qanday bo‘lishi kerak-
ligi topiladi (M ± d);
- vazn va KQA uchun Dd (sigmali og‘ish) qiymatini aniqlash.
Masalan, bolaning amaldagi vazni 30 kg, jadval bo‘yicha vazn 32,1
±3,1, demak, vazning sigmali og‘ishi = (32,1-30) : 3,1 = 0,7. Agar sig-
234
mali og‘ishning qiymati ±1 sigma atrofida bo‘lsa, u holda jismoniy
rivojlanish garmonik hisoblanadi; sigmali og‘ish ±1,1 dan ±2 sigma-
gacha bo‘lsa disgarmonik, ±2 sigmadan ortiq bo‘lsa keskin disgarmonik
deb baholanadi.
Bolaning shaxsiy kartasiga rivojlanish darajasi va garmonikligi haq-
idagi xulosa yozib qo‘yiladi. Masalan, “rivojlanish o‘rtacha garmonik”
yoki “rivojlanish o‘rtachadan past disgarmonik bo‘lib, KQA kichikligi
hisobiga”, yoki “ortiqcha vazn hisobiga rivojlanish o‘rtachadan yuqori
disgarmonik” kabi.
Jismoniy rivojlanishni kompleks sxema bo‘yicha baholash. Jismoniy
rivojlanishni regressiya usulida baholaganda faqat uchta rivojlanish
ko‘rsatkichidan foydalanildi (bo‘y, vazn, KQA), bunday baho bolaning
yoshga oid biologik rivojlanishiga muvofiq darajada ekanligini baho-
lashga imkon bermaydi. Shuning uchun bolaning jismoniy rivojlanishiga
chuqqurroq baho berish kerak bo‘lganda kompleks sxemadan foydalani-
ladi. Bu usulda bolaning morfo-funksional rivojlanishi regressiya shka-
lasi bo‘yicha, biologik rivojlanish darajasi esa - amaldagi fiziometrik va
somatoskopik ko‘rsatkichlarni, shu yosh, jins, millat, yashash joyi uchun
ishlab chiqilgan rivojlanish standartlari bilan taqqoslash orqali
baholanadi.
Ko‘proq quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholash qabul qilingan:
bo‘yning yillik qo‘shilishi, o‘ng va chap qo‘l mushaklarining kuchi,
o‘pkaning tiriklik sig‘imi, doimiy tishlar soni, jinsiy rivojlanish for-
mulasi.
Bolaning shaxsiy kartasiga ham morfo-funksional rivojlanish, ham
biologik rivojlanishning yoshga muvofiqlik darajasi yozib qo‘yiladi.
Mas., morfofunksional rivojlanish ortiqcha vazn hisobiga disgarmonik,
biologik rivojlanish mushaklar kuchi va o‘pkaning tiriklik sig‘imi
hisobiga orqada qolgan.
Sentil shkalasi. Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini baholashdagi
zamonaviy usullardan biri sentil shkalasi bo‘yicha baholash hisoblanadi.
Sentil shkalasi bu jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarining qayta-
rilish sonini hisobga olgan holda taqsimlanishidir (foizlarda, sentil so‘zi
ham shundan kelib chiqqan ya’ni procentum). Bu ko‘rsatkichlar bolalar-
ning jinsi, yoshi, millati va yashash joylariga bog‘liq holda qaytariladi-
gan qiymatlar hisoblanadi. Kuzatiladigan hamma qiymatlar birnechta
zonaga bo‘lingan (6 ta yoki 8). Amaldagi ma’lumotlarni baholashdan
o‘tkazishda o‘rganilayotgan belgilarning qiymatlari qaysi zonaga
235
yaqinroq joylashganligini aniqlash kerak bo‘ladi. Ana shu zonalarning
raqamlariga bog‘liq holda jismoniy rivojlanishni baholash amalga
oshiriladi. Agar tekshirilayotgan ko‘rsatkichlar:
- 1- zonaga joylashsa - jismoniy rivojlanish juda past deb baholanib,
tor soha mutaxassislari tomonidan chuqur tekshirishdan o‘tkazish
kerakligi haqida xulosa chiqariladi (endokrinologning tekshirishigacha
borishi mumkin);
- 2 - zona - jismoniy rivojlanish past, bunda bola organizmida su-
runkali kasallik borligini aniqlash uchun chuqurlashtirilgan ko‘rikdan
o‘tkazish tavsiya etiladi;
- 3 - zona - jismoniy rivojlanish o‘rtachadan past - bunda bolaning
tez-tez kasallanishi mumkinligiga e’tibor qaratish talab etilib, bola
organizmini sog‘lomlashtirish tadbirlarini belgilash lozim;
- 4 - 5-zona - bolaning rivojlanishi o‘rtacha - maxsus kuzatish talab
etilmaydi;
- 6 - zona - bolaning rivojlanishi o‘rtachadan yuqori - maxsus nazo-
rat qilish talab etilmaydi;
- 7 - zona - rivojlanish yuqori, e’tibor qaratish kerak;
- 8 - zona - rivojlanish juda yuqori, endokrinolog maslahat talab eti-
ladi.
Sentil shkalalari bo‘yicha baholashda uchta ko‘rsatkich (belgi) -
bo‘y, vazn, KQA asosida bolaning rivojlanish somatotipi aniqlanadi,
buning uchun tekshirilayotgan uchta ko‘rsatkichning qiymatlari qaysi
zonaga to‘g‘ri kelishiga muvofiq, shu zonalarning raqamlari qo‘shiladi.
Agar olingan qiymat yig‘indisi 10 dan kam bo‘lsa - mikrosomatotip, 11-
16 – mezasomatotip, 16 dan ko‘p bo‘lsa - makrosomatotip deb baho-
lanadi.
Uchala ko‘rsatkichlarning zona raqamlari o‘rtasidagi farq “1” dan
ortiq bo‘lsa bolaning rivojlanishi disgarmonik deb baholanadi.
Shunday qilib, sentil shkalasi bo‘yicha baholash bir qator ustun-
liklarga ega:
-hisob-kitob qilishga hojat yo‘q;
-rivojlanish darajasi va garmonikliknigina emas, balki har bir bolaga
nisbatan vrachning taktikasini ham belgilash mumkin;
Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanish darajasi va garmo-
nikligi ularni maktablarda tashkil qilinadigan jismoniy tarbiya darslarini
tashkil qilishda guruhlarni aniqlash uchun zarurdir. O‘quvchilarning
236
salomatlik holatlari va jismoniy rivojlanish darajalariga bog‘liq holda
ular uch guruhga bo‘linishi mumkin:
1 guruh - asosiy guruh - jismoniy rivojlanishida hechqanday og‘ish
bo‘lmagan amaliy sog‘lom bolalar;
2 guruh - tayyorlov - o‘tkir kasallikni o‘tkazgan bolalar bo‘lib, jis-
moniy rivojlanishdagi siljishlarni yo‘qotish mumkin; ana shu siljishlarni
izga soluvchi mashqlar bilan shaxsiy mashg‘ulot o‘tkazish (engillash-
tirilgan yoki kuchaytirilgan mashqlar). Bunday bolalarni turli musobaqa-
larda qatnashishi faqat vrach ruxsati orqali amalga oshiriladi. Guruhda
mashg‘ulotlarni o‘tkazishning asosiy maqsadi - bu bolalarni asosiy
gruhga o‘tkazish hisoblanadi;
3 guruh - maxsus - surunkali kasalligi bor yoki jismoniy rivojlanish-
dagi og‘ishlarni orqaga qaytarish mumkin bo‘lmagan holatdagi bolalar,
Bunday bolalar bilan shaxsiy dastur bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish
rejalashtiriladi. Bunday bolalar imkoniyati cheklangan tengdoshlari
qatori huddi shunday bolalar bilan musobaqalashishi mumkin.
Bolalar va o‘smirlarning salomatligi haqidagi ma’lumotlar birlam-
chi hujjatlar va 26-hisob shakli – bolaning individual kartasi, 25-hisob
shakli – o‘smirning tibbiy kartasiga davolash profilaktik muassasaning
hisobot hujjatlarida keltirilgan bo‘ladi.
Hozirgi kunda bolalar va o‘smirlar salomatlik holatini baholash
S.M. Grombax tomonidan tavsiya etilgan 4 ta mezon asosida olib bori-
ladi:
1. Tekshiruv davrida surunkall kasalliklarning borligi yoki yo‘qligi;
2. Organizm asosiy tizimlarining funksional holati erishgan darajasi;
3. Organizmning noxush ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatish darajasi;
4. Erishilgan jismoniy rivojlanish darajasi va uning uyg‘unligi.
Taklif etilgan sxemaga muvofiq, bolalar va o‘smirlar salomatlik
holati hisobga olinib, beshta salomatlik guruhiga bo‘linadi:
Birinchi guruh – amaliy sog‘lom bolalar, bular surunkali kasallik-
larga chalinmagan, o‘z yoshiga mos ravishda uyg‘un jismoniy rivojla-
nishga va me’yoriy funksional ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan bolalar.
Ikkinchi guruh – amaliy sog‘lom bolalar, lekin morfologik yoki
funksional siljishlarga ega, tez-tez kasal bo‘ladigan bolalar. Bu guruhga
yengil miopiyasi bo‘lgan, qomatning tuzilishida nuqsonlari, yassi
tovonlik bilan og‘rigan va h.k. bolalar kiritiladi.
Uchinchi guruh – kompensatsiya davridagi surunkali kasalliklarga
chalingan bolalar (surunkali tonzilit, revmatizmning noaktiv davri va
237
h.k.), organizm ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tug‘ma yoki
orttirilgan jismoniy nuqsonlari bor bo‘lgan bolalar.
To‘rtinchi guruh – subkompensatsiya davridagi surunkali kasallik-
larga chalingan bolalar. Bu guruhga kiritilgan bolalar tashkillashtirilgan
bolalar muassasalariga borishadi.
Beshinchi guruh – dekompensatsiya davridagi og‘ir surunkali kasal-
liklarga chalingan kam harakat nogiron bolalar. Bu guruhga kiritilgan
bolalar o‘quv-tarbiya muassasalariga qatnash imkoniyatiga ega emaslar.
U.A. Karimov (1994) O‘zbekiston miqyosida, kichik yoshdagi bola-
larni salomatlik guruhlariga taqsimlashda II guruhni alohida uchta
guruhchalarga bo‘lishni amaliyotga tavsiya qiladi:
II - A guruh – ayrim a’zo va tizimlarni hamda butun organizm ish
faoliyatini me’yorda kechishiga xalaqit bermaydigan ayrim morfologik
nuqsonlarga ega bo‘lgan bolalar.
II - B guruh kasalliklarni rivojlanishiga imkon beradigan turli xil
ijtimoiy gigiyenik va boshqa tavsifdagi salbiy omillarga ega bo‘lgan
bolalar.
II - D guruh tez-tez kasal bo‘ladigan bolalar.
Atrof - muhitning turli xil omillari bolalar salomatligiga ta’sir ko‘r-
satadi, shulardan ko‘pchiligi xavf tug‘diruvchi omillar hisoblanib, ular
bolalar organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar aholisi salomatlik
holatiga ta’sir etuvchi muhim omillar uch guruhga bo‘linadi:
- turmush tarzi;
- atrof - muhit holati;
- biologik.
Ijtimoiy va atrof-muhit omillari biologik (shu jumladan, nasliy)
omillar bilan birgalikda ta’sir ko‘rsatadi. Bu odam kasallanishining
atrof-muhit omillariga, shuningdek, o‘sish va rivojlanishning biologik
qonunlari va genotipiga uzviy bog‘liq.
Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BJSST, 2005) ma’lumot-
lariga ko‘ra inson salomatligining shakllanishida ijtimoiy omillarning
ta’siri 50% ni, biologik omillar – taxminan 20%, antropogen omillar –
taxminan 20%, tibbiy ta’minlanganlik – 10% ni tashkil etadi. Biroq bu
ko‘rsatkichlar shartli, o‘rtacha hisoblanib, o‘sish va rivojlanishning yosh
xususiyatlarini alohida davrda patologiyalarning tarqalganligini va xavf
tug‘diruvchi omillar ta’sirini hisobga olmaydi. Atrof-muhitning xavf
tug‘diruvchi omillarining ta’sir kuchi turli yosh va jinsda turlicha
bo‘ladi.
238
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning salomatlik holatiga ta’sir etuvchi
ijtimoiy omillar orasida oila tarkibi va ota-onaning bilimdonligi katta
ahamiyatga ega bo‘lsa, 1-4 yoshda bu omillarning ta’siri kamayadi, bi-
roq hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Lekin bu yoshda yashash
sharoiti va oila daromadi, uyda parranda va uy hayvonlarining boqilishi,
shuningdek, oila a’zolarining chekishi katta o‘rin tutadi. Bolaning
maktabgacha bolalar muassasalariga (MBM) qatnashi 1-4 yoshda mu-
him ahamiyat kasb etadi. 7-10 yoshda yashash sharoiti, hayvonlarning
boqilishi va chekish bolalar salomatligi shakllanishida katta ta’sir
ko‘rsatadi.
Shunday qilib, o‘suvchi organizm salomatlik holatiga va rivoj-
lanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-gigiyenik omillarni shartli ravishda mu-
qobil (ijobiy) va nomuqobil (salbiy) guruhlariga ajratish mumkin. (7.4.3-
jadval).
7.4.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |