Test savollari 1. Suv orqali yuqishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni ko‘rsating:
A. qorin tifi
B. toshmali tif
D. tulyaremiya
E. gepatit A
F. gepatit B
2. Suv bilan bog‘liq epidemiyalar uchun nima xarakterli? A. kasallanishlar sonini tezda o‘sishi
B. infeksiya o‘chog‘ini izolyatsiya qilgandan so‘ng kasallik sonini se-
kin-asta kamayishi
D. kasallanganlar sonining kamligi
E. epidemik o‘choqlar yo‘qotilgandan so‘ng yakka hollarda kasal-
lanish holatining kuzatilishi
F. kasallikning ma’lum (chegaralangan) hududlarda tarqalishi.
3. Suv tanqisligining yer yuzida kamayishini oldini olish yo‘llari: A. suv omborlarini tashkil qilish
B. yer osti suv gorizontlarini tashqi suvlar (yer usti) bilan to‘ldirish
174
D. korxonalar chiqindi suvlarini yer osti chuqur qatlamlariga nasos or-
qali yuborish.
E. ishlab chiqarish korxonalarida suvdan qayta foydalanishni yo‘lga
qo‘yish
F. dengiz va okean suvlaridan foydalanish.