Filologiyasi fakulteti adilova fanuza shodiyor qizi bitiruv malakaviy ishi


Muammoning  o‘rganilganlik  darajasi



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/28
Sana28.09.2021
Hajmi0,56 Mb.
#188147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Adilova BMI

Muammoning  o‘rganilganlik  darajasi.  Maqolga    adabiy  til  nuqtayi  

nazardan  qiziqish, asar  badiiyligini  oshirish va  badiiy  til  ravonligini  ta’minlash  

uchun    undan    foydalanish    hamma    zamon    so‘z    san’atkorlarining    diqqat  

markazida    bo‘lgan.  Yusuf    Xos  Hojib,    Ahmad  Yassaviy,  Rabg‘uziy,  Lutfiy, 

Alisher  Navoiy,  Bobur,  Abdulg‘ozi  Bahodirxon,    Munis,    Ogahiy,    Nodira, 

Muqimiy,  Furqat,  Avaz,  Hamza,  Sadriddin  Ayniy,  Fitrat,  Cho‘lpon, Abdulla 

Qodiriy,    Oybek,    G‘.G‘ulom    va    boshqa    ko‘plab  ijodkorlarning    asarlari  

sinchiklab o‘rganilsa,  ularning  tarkibida qanchadan – qancha  maqollar  borligini  

ko‘ramiz. 

Folklorshunos va etnograf  Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘atit turk” 

asarida  turkiy  xalqlar orasida  keng  tarqalgan 275 ga yaqin  maqol va  matallar  

keltirilgan. Bu o‘rinda adabiyotimiz tarixida  maqollar asosida  yaratilgan  asarlar 

ham  mavjudligini  alohida  ta’kidlab  o‘tish  zarur.  Masalan,  Muhammad    Sharif  

Gulxaniyning    “Zarbulmasal”  asari  tarkibida  300dan  ortiq  maqol  bor,  yoki 

Sulaymonqul  Rojiy  o‘zining  “Zarbulmasal’’  asarida    400  dan    ortiq    maqolni  

she’riy  vaznga    solganligi  ham  e’tiborga  loyiq  hodisadir.  O‘zbek    xalq 




 

maqollariga  muayyan  bir  tartib  berib,  majmua  va  xrestomatiyalarga  kiritish, 



ulardan maxsus to‘plamlar  tuzish  ishlari  esa  XIX asrning  ikkinchi  yarmidan  

boshlandi.  Masalan,    H.Vamberining  1867-yilda  Leypsigda    nashr    etilgan 

“Chig‘atoy  tili  darsligi’’  xrestomatiya  –  lug‘atiga    o‘zbek    folklori    va  

adabiyotining  ayrim  namunalari  qatori  112  ta  maqol  kiritilgan  bo‘lib,  ularning  

nemis  tilidagi  tarjimasi  ham  berilgan. Shundan  keyin  birin-ketin  B.Rahmonov 

(1924),      Sh.Jo‘rayev  (1926),    H.Zarifov  (1939,  1947),  B.Karimov  (1939),   

Sh.Rizayev,    O‘.Azimov,    O‘.Xolmatov  (1941),  M.Afzalov,  S.Ibrohimov, 

S.Xudoyberganov  (1958,  1960),  1965,1978),  R.Jumaniyozov    (1964,  1967, 

1970),  E.Siddiqov  (1976,  1986),    B.Sarimsoqov,    I.Haqqulov,    A.Musoqulov, 

R.Zarifov (1978), B.Sarimsoqov, A.Musoqulov, M.Madrahimova (1981, 1984), 

Sh.Shomaqsudov,    SH.Shorahmedov  (1987,  1990,  2001),  T.Mirzayev, 

B.Sarimsoqov,  A.Musoqulov  (1989),  kabi  folklorshunoslar,  fan  va  madaniyat 

xodimlari  tomonidan  turli  xarakterdagi  va  turli  hajmdagi  maqollar  to‘plamlari 

nashr  etildi.  Bu  to‘plamdagi  faktik  materiallar,  asosan,  bir-birini    takrorlaydi. 

Shunga    qaramay,    ular    materialning    hajmi,  tanlanishi,  mavzularga  ajratilishi 

jihatidan  bir-biridan  farq  qiladi.  Masalan,  M.Afzalov  boshchiligidagi  

tayyorlangan  to‘plamning  keyingi nashriga 2500 dan ortiq  maqol 34 mavzuga 

bo‘lib berilgan bo‘lsa, R.Jumaniyozov  to‘plamining so‘nggi nashrida 1047 maqol 

22  mavzu  ostida  jamlangan. Yoki  B.Rahmonov    to‘plamiga  564,   Sh. Jo‘rayev 

to‘plamiga 711 maqol kiritilgan.  P.U.Bakirov tomonidan  “O‘zbek, rus, qozoq  

tilidagi    maqollarning    semantik    struktur  tahlili”    amalga  oshirilgan. 

Sh.Shomaqsudov  tahriri  ostida  o‘zbek  maqollari  haqida    “Hikmatnoma”  nomli  

kitob chiqarilgan va shuningdek, “O‘zbek xalq maqollari” nomli  2 asar  kitoblari  

nashr  etilgan. 2009, 2012, 2013 yillarda T. Mirzayev   tomonidan  “O‘zbek  xalq  

maqollari”  to‘planib, “Sharq” nashriyotida chop etildi. Bu to‘plamlarda maqollar 

mavzularga  ajratilgan    holda    berilgan.    oid    maqollar  2009-yil  nashrida  20  ta, 

2012-yil nashrida esa 60 ta keltirilganligini ko‘rishimiz  mumkin, ammo  o‘zbek   

tilida   yaxshilikni   ifodalovchi    maqollarning   milliy – madaniy  xususiyatlari  

lingvokulturologik  yondashuv  asosida maxsus  tadqiq etilmagan.   



 


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish