48
XULOSA
“Yaxshilik” tushunchasini ifodalovchi maqollar semantikasi tahlili
natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
- ko‘rib o‘tganimizdek, yaxshilikni ifoda etuvchi o‘zbek xalq maqollari insonni
komillik sari yetaklashga, ezguliklar qilishga undaydi. Yaxshilik qil suvga sol, baliq
bilur, Baliq bilmasa, Xoliq bilur maqoli insonni yaxshiliklar qilishga da’vat etadi;
- maqollar – xalqning donoligini, millatning ruhini, uning madaniyatini
ko‘rsatadigan xalq og‘zaki ijodining gavharidir. Maqollarni, xususan, xalq
ijodiyotini o‘rganish, tadqiq qilish bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb
etmoqda;
- maqollar faqat folkloristik nuqtayi nazardan o‘rganilibgina qolmasdan,
balki tilshunoslikning, lingvokulturologiyaning ham obyektiga ham aylanib
ulgurgan;
- maqollar xalqimizning milliy, madaniy–ma’naviy avloddan–avlodga o‘tib
kelayotgan merosi hisoblanadi. Bu meros madaniyatimizning ham namunasi
sanaladi. Til va madaniyatning o‘zaro yaqinligi va aloqadorligi ularni yagona
metodologik asosda o‘rganish imkonini beradi;
-o‘zbek xalq maqollari aforizmlar tarkibida ham o‘rganiladi;
-maqol jumla, nutq hodisasi sifatida oddiy hodisani tashqi tomondan
aks ettiradi, aniq dalil yoki aniq vaziyatni bildiradi;
-maqollar - yagona mantiqiy mazmunga ega bo‘lib bir-biridan tamoman
farqli leksik – grammatik tarkibdan iborat bo‘lishi mumkin;
- yaxshilik tushunchasini ifoda etuvchi o‘zbek xalq maqollari o‘zbek
mentalitetiga, milliy madaniyatiga oid jihatlarni ham namoyon qiladi;
- biror xalq hayotida mavjud va kundalik hayotda faol qo’llaniluvchi
leksemalar tilda o’z qiyofasini yaratadi va xalqlarning milliy mentalitetini
ko’rsatishda maqollarda ishtirok etmay qolmaydi;
- maqollarning semantik jihatdan guruhlarga ajratilishi uning qo‘llanish
doirasi kengayishiga, o‘rganilishining osonlashishiga olib keladi;
49
- lingvokulturologiya – “til va madaniyat”ning uzviy aloqadorligini, uning
shakllanishi va rivojlanishini o‘zida aks ettirgan hodisalar – til-madaniyatni
birgalikda o‘rganadigan alohida ilmiy sohadir;
- tilning anroposentrik tadqiqi yangi yo‘nalish hisoblanib, unda asosiy
e’tibor nutqiy faoliyat bajaruvchisi, ya’ni nutq tuzuvchi va uni idrok etuvchi
til egasiga qaratiladi;
-antroposentrik paradigma lingvistik paradigmalardan biri bo‘lib, bu
paradigma nuqtayi nazaridan inson dunyoni o‘zini bilish, o‘zining nazariy va
amaliy faoliyati orqali taniydi;
- o‘zbek xalq maqollarida mazmunni ochib berishda bir qancha vositalar
muhim rol o‘ynaydi. Maqolda metaforalik, obrazlilik, ta`sirchanlik, hissiy
bo‘yoqdorlik, qisqalik, majoziylik ahamiyatga egadir. Maqollarning ma’no-
mazmuni ularni tashkil etuvchi komponentlar (so‘zlar) ma’nosidan bevosita “kelib
chiqmaydi, u ma’no bo‘lak obraz orqali bog‘liq bo‘ladi”;
- xalq so‘zlari (maqollar) ko‘chma ma’noda olingan, yoki so‘zlarning o‘z
ma’nosi bilan ko‘chma ma’nosi birikuvidan tashkil topadi. Har ikkala holatda ham
ko‘chma ma’no xalq maqollarida noodatiy, o‘ziga xos bo‘ladi. Ulardagi ma’no
kundalik nutqdagi ma’nodan farqli, faqat maqollargagina xos bo‘ladi;
- ingliz va o‘zbek xalq maqollari xalq og‘zaki ijodining paremiologiya
sohasi bo‘yicha o‘rganiladi va o‘ziga xos bir qancha xususiyatlari bilan xalq og‘zaki
ijodining boshqa janrlaridan farqlanib turadi. Ya’ni ularda fikr aniq, tugal xulosa,
lo‘nda hukm tarzida ifodalanadi, muayyan hukmni mantiqiy izchillikda, keskin
qutbiylikda ifodalash yetakchilik qiladi va o‘z va ko‘chma ma’nolarda qo‘llana olish
imkoniga ega. Bundan tashqari maqollarda ibratlilik, pand-nasihat kabi jihatlar ustun
turishi orqali o‘zining umuminsoniy jihatlarini ko‘rsatadi;
- o‘zbek va ingliz tillaridagi ko‘pchilik yaxshilik va yomonlik mavzusiga
oid maqollar ham deyarli bir xil ma’no-mazmunga maqollarining barchasida
yaxshilik eng buyuk ezgu ish sifatida baholangan bo‘lsa, yomonlik insoniyatning
eng razil va jirkanch tomoni ekanligi ko‘rsatiladi.