CHOV CHURRALARI.
Chov churralari qolgan churralarga qaraganda ko‟p uchraydi. Umumiy xirurgik kasalliklar
bilan statsionarda davolanganlarning 8-18 % -ni qorin churralari tashkil qilsa, shundan 75-80%-ni
chov churralari tashkil qiladi. Yosh bolalarda chov churralari yanada ko‟proq uchrab, hamma qorin
churralarining 92-95%-ni tashkil qiladi.
Asosan erkak kishilar chov churralari bilan xastalanadi. Buning asosiy sababi, ayollarda chov
kanali yoriqsimon shaklga ega bo‟lib, mushak va pay qavatlari bilan yaxshi mahkamlangan hamda
biroz erkaklarga nisbatan uzun va tor bo‟ladi.
T.F.Lavrovaning oxirgi ma‟lumotlari va bizning kuzatuvlarimizda ham chov churrasi 73-75%
erkaklarda va 25-27% ayollarda uchraydi. Yosh bolalarda o'g'il va qiz bolalarga nisbatan 8:1 tashkil
qiladi. Chov churralari hamma yoshdagi kishilarda uchrab, ularning farqi asosan patogenetik
rivojlanish mexanizmi va xirurgik davolashdadir.
Anatomik jihatdan chov churralari qiyshiq va to'g'ri turlariga bo‟linadi.
Ana shunday klassik turlaridan tashqari, ularning har xil variantlarda uchrashi katta amaliy
ahamiyatga ega bo‟lib, ular juda kam uchraydi. Bu qiyshiq chov churrasining to‟g‟ri kanali bilan,
qorin biroz oldi, qorin devorlari orasida, osilib turuvchi, chov atrofi, siydik pufagi usti va
kombinatsiyalashgan holatlaridir.
Churraning bu turlarining alohida xususiyati shundan iboratki ular klinik og'ir kechadi, ko‟p har
xil asoratlar va retsidiv berishlari xavfi yuksakdir.
Shuning uchun ularni «to'g'ri» va «qiyshiq» churralar deb atashda nafaqat texnik jihatdan,
vaholanki og'ir klinik vaziyat chiqishi sababli davolash usulini, og'riqsizlantirish, operatsiyadan
oldingi tayyorlash hajmini va operatsiyadan keyingi davolash taktikalarini aniqlashdek og'ir
muammolar tug'ilishi ko'zda tutiladi.
Chov churralari to‟g‟ri, qiyshiq va intraperitoneal turlarga bo‟linadi. Chov kanalining ichki
teshigi hisoblangan lateral chuqurcha orqali chiqadigan churra – qiyshiq chov churrasi, medial
chuqurcha orqali chiqadigan churralar – to’g’ri chov churrasi, deyiladi. Churra medial chuqurchadan
chov kanalining tashqi teshigi orqali bevosita teri ostiga chiqadi.
Churraning paydo bo„lishi bosqichlari
Intraperitoneal churralar – qiyshiq chov churralarining bir ko'rinishi bo‟lib, ularda churra
xaltasi qorin devori qavatlari orasida joylashadi va churra bo‟rtmasi mutlaqo ko'rinmasligi mumkin.
Rivojlanish bosqichi bo'yicha boshlang‟ich, kanal va to'liq chov churralariga bo‟linadi. To'liq
qiyshik chov churralari kattalashib, yorg'oqqa tushadi (chov-yorg'oq churralari).
Do'stlaringiz bilan baham: |