kanal churrasi, churra xaltasi teri ostiga tashqi teshigi orqali chiqqan bo'lsa – to'liq churra,
deyiladi.
Ba‟zan churra xaltasi ayrim mushak va fassial qatlamlar orasida qolib ketsa Oraliq yoki interstisial
churra ko'rinishida bo‟lib, teri ostidan emas, balki mushak yoki aponevroz ostiga chiqadi.
QORIN ChURRALARINING HOSIL BO'LISHIDAGI UMUMIY FAKTORLAR VA
ETIOPATOGENEZI.
Churraning kelib chiqishidagi etiologik faktorlardan bo‟lib qorin bo‟shlig‟idagi bosimning
qorinning old devori qayta ta‟sir ko‟rsatish qobiliyatining dinamik muvozanatning buzilishi
hisoblanadi. Sog‟lom odamlarda, qorinning old devoridagi «kuchsiz xitlarning» bo‟lishiga qaramay
diafragma mushagining tonusi va qorin old devori qorin ichki bosimining tushishi, defekatsiya,
yo'tal, og'irlik ko'tarishda bo‟ladigan o'zgarishlarini ushlaybilish xususiyatiga ega. Ammo har xil
sabablarga ko‟ra mushak aponevroz qavatining funksional holati pasayadi va qorin bo‟shlig‟i
bosimi va qorin devori orasida diskoordinasiya kelib chiqadi va churra rivojlanadi.
Churraning hosil bo‟lishi mexanizmi juda og'ir va harxil bo‟ladi. Mahalliy moyillik
faktorlarida asosan topografoanatomik o'zgarishlar sababli bo'lsa, undan tashqari umumiy
faktorlarga ham bog‟liq. Mahalliy faktorlarni o‟rganish churralarni operativ davolash prinsiplarini
patogenetik asoslab berish ucho‟ngina yordam beradi.
Umumiy faktorlar ikki guruhga moyillik va churrani keltirib chiqaruvchi faktorlarga bo‟linadi.
Churralar mahalliy va umumiy xarakterdagi sabablardan hosil bo‟lishi mumkin, churraga
moyillik va keltirib chiqaradigan sabablarga bulinidi. Churralar hosil bo‟lishining moyillik qiladigan
sabablariga churra eng ko‟p hosil bo‟ladigan joylarda qorin devori tuzilishining mahalliy anatomik
xususiyatlari kiradi. Bu anatomik kuchsiz joylar yoki churra nuqtalari quyidagilar:
a) Chov kanali sohasi;
b) Sondagi oval chuqurcha sohasi;
v) Qorin oq chizig‟i aponevrozining kindik usti va uning ostidagi bo'limi;
g) Spigeli chizig‟i sohasi;
d) Peti uchburchagi sohasi;
ye) Gryunfeld – Lesgaft turtburchagi sohasi;
j) Yopkich teshik sohasi.
Qorin devori tuzilishining anatomik xususiyatlari ayollar va erkaklarda turli xil churralarning
turlicha taqsimlanishiga ham ta‟sir qiladi. Son churralarining ko‟p uchrashi ayollarda chanoq enining
kengligi bilan bog‟liq. Erkaklarda chov churralarining ko‟p uchrashi ularda chov halqasining
birmuncha kengligi bilan izohlanadi. Embrional davrda bu kanaldan tuxum yorg'oqqa tushadi va
urug‟ tizimchasi o‟tadi. Ayollarda chov oraligi yoriqsimon shaklga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |