Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/137
Sana28.09.2021
Hajmi5,33 Mb.
#187827
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137
Bog'liq
ONA TILI 11-2-qism

14.2- mashq. 

Matnlardagi maqollarni aniqlab, oddiy gaplar bilan almashtiring.

 

I. – O‘rtoq direktor menga tuhmat qilyaptilar. Sakkiz yildan beri shu idorada 

ishlayman. Shu sakkiz yil ichida uch direktor o‘zgardi. Hammasi bilan juda totuv 

ishladik,  birortasi  menga  na  ogohlantirish,  na  vigovor  bergan!  Odamning  olasi 

ichida  bo‘ladi,  deb  shuni  aytishgan-da.  Direktorga  qilgan  yordamlarimning  bi-

rortasini boshqa odamga qilganimda, itining tuvagi oltindan bo‘lib ketar edi. Bu 

kishi  yaxshiligimni  bilmayaptilar.  Uyalish  kerak,  o‘rtoq  direktor,  menday,  musi-

chaday beozor kishini ranjitgani qanday ko‘nglingiz bo‘ldi? (S. Ahmad)

II. Ha, endi aqlim kirgan, endi hamma narsaga tushungan edim. Muhabbat – 

muqaddas  tuyg‘u.  U  soflikni  talab  etadi.  Muqaddas  mening  o‘zimni  ham, 

sevgimni ham tark etib, ko‘zimni ochgan edi. Xalqning „Insofli odam oshini yer, 

insofsiz  –  boshini“  degan  maqolida  mujassamlangan  hayotning  eng  ulug‘  qo-

nunlaridan  biri  menga  o‘zining  shafqatsiz,  lekin  adolatli  kuchini  ko‘rsatgan  edi.  

(O. Yoqubov)



52

III.  Egachisining  beg‘am,  beparvo  o‘g‘liga  qilgan  bunday  beozor  muoma-

lasini hazm qilolmagan Lazokatxon:

–  Kasalni  yashirsang,  isitmasi  oshkor  qiladi.  To‘g‘risini  aytavermaysizmi, 

egachi! – deb zarda qildi. Keyin O‘ktamga yuzlandi: 

– Salgina tobi qochganmas. Oldindan silqovlanib yurardi onang. Endi rosma-

na kasal bo‘pti. Bod. Xafaqon. Ha, bu kasallari oldindan bezovta qilib yurganini 

bilmasmiding? Ona rozi – xudo rozi. Shu yarimjon onani yolg‘iz tashlab ketish-

ga  qanday  vijdonlaring  qabul  qildi-a?!  Borib  turgan    oqibatsizlik  emasmi  bu?!  



(H. Nazir)

IV.  „Kimga aza, kimga to‘y? Bularning gapiga o‘laymi, qolaymi, tavba. 

Shanbada  bichma,  jumada  ko‘chma,  derdi  onam.    Sichqonning  ini  ming  tanga 

bo‘lmaydimi  menga  desa“.  Shu  xayolda  jahli  chiqib  o‘tirgan  edi,  eshik  ochildi. 

Ichkari kirgan Latifjon  ko‘zlarini uqalab, ancha jim turdi. Keyin:

– Shu, shu... volidamiz... haligiday … bandalikni qildilar yangitda, – dedi sekin. –  

Omonatini topshirdi.

Xursanali ko‘z va og‘zini katta ochib, taxta bo‘lib qotib qoldi. Latifjon qalqib 

chiqqan ko‘zyoshlarini yashirish uchun yuzini chetga burdi. (A.Muqimov)



Nazariy matn

Maqol – xalq og‘zaki ijodi janri, shu bilan birga,  til birligi ham. U – ixcham, 

mazmuniy va ta’sirchanlik ko‘lami baland ifoda. Maqollar biror nutq vaziyatiga 

xos bo‘ladi, shuning uchun, ko‘pincha, bir-birini inkor etadi. Yaxshilik qil, umid-



vor bo‘l. –  Yaxshilik qil – unut. 

Maqollar evfemizm vazifasini ham bajaradi.




Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish