Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. So‘zni anglash, tanlash va qo‘llashda nutq egasidan qanday xislatlar ta-
lab qilinadi?
2. O‘rinli va noo‘rin (o‘rinsiz) so‘zlarni aniqlashda nutqiy uslub xususiyat-
lari qay darajada muhim?
3. Berilgan fikrni o‘qib, o‘z mulohazangizni yozma bildiring: „Bobokalon-
larimiz kitob topishga qiynalar edilar, hozir esa biz kitob tanlashga qiynalamiz.
Kitob yoki jurnalni Internet sahifalaridan ham o‘qisa bo‘ladi. Ammo Internet-
da kitobga xos hid yo‘q, sahifalarni varaqlashdek huzur yo‘q. Eng asosiysi, uni
yostig‘ing tagiga qo‘yib bo‘lmaydi“. („@kitoblar_dunyosi“dan)
Do'stlaringiz bilan baham: |