Tuzuvchi: Qo’qon DPI, 4-kurs talabasi
Qodirov Muhsinjon. Tel: +99891 131 09 21
11-mavzu. 1918-1939-yillarda Yaponiya (38 ta)
1. XX asr boshlarida qaysi davlat jahonning
yetakchi davlatlariga qaram bo’lib qolmagan,
nisbatan yuqori darajadagi iqtisodiy va harbiy
rivojlanishga erishgan Osiyo mintaqasidagi yagona
davlat edi?
A)Xitoy
*B)Yaponiya
C)Hindiston
D)Saudiya Arabistoni
2.Birinchi jahon urushining yakunlanishi
Yaponiyada qator iqtisodiy muammolarni keltirib
chiqardi. Bu muammolardan, ayniqsa, qaysi biri
oddiy kishilarning hayotiga katta ta’sir ko’rsatdi?
A)soliqlarning haddan tashqari oshirilishi
B)uy-joylarning yetishmovchiligi
*C)oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashuvi
D)ishsizlik
3.Yaponiyada qachon sanoat to’ntarishi yuz berdi?
*A)1920-yillar o’rtalarida
B)1930-yillar
o’rtalarida
C)1920-yillar oxirida
D)1930-yillar oxirida
4.Qachonga kelib Yaponiyada sanoat mahsulotlari
ishlab chiqarish darajasi 1919-yilgi darajasidan
oshib ketdi?
A)1920-yil
B)1923-yil
*C)1925-yil D)1930-yil
5.Yaponiyada 1920-yillar oralig’ida “Mitsubisi” va
“Sumitomo” konsernlari o’z pozitsiyasini qaysi
sohalarda mustahkamlab oldi?
A)Transport sohasida *B)Og’ir sanoatda
C)Yengil sanoatda
D)Xizmat ko’rsatishda
6.Jahon iqtisodiy inqirozi qaysi yillarda bo’lib
o’tgan?
A)1923-1929-yillarda
*B)1929-1933-yillarda
C)1928-1932-yillarda
D)1924-1929-yillarda
7.Yaponiya hukumati jahon iqtisodiy inqirozidan
chiqishning yo’li sifatida qaysi yo’lni tanladi?
A)og’ir sanoatni rivojlantirishni
*B)iqtisodni militarizatsiyalash va tajovuzkorlikni
C)SSSR bilan yaqinlashishni
D)yengil sanoatni rivojlantirishni
8. 1920-1930-yillarda qaysi davlat Xitoyni, Uzoq
Sharqni, keyin esa butun Osiyoni bosib olishni,
Tinch okeani havzasida o’z hukmronligini
o’rnatishni rejalashtirayotgan edi?
*A)Yaponiya
B)AQSH
C)SSSR
D)Germaniya
9.Ichki siyosiy munosabatlar nechanchi yillarda
yangi siyosiy partiyalarning paydo bo’lishi hamda
saylovchilar sonini asta-sekin oshirib borgan qator
islohotlar bilan xarakterlanadi?
*A)1920-yillarda
B)1930-yillarda
C)1940-yillarda
D)1950-
yillarda
10.Nechanchi yildan sovet-yapon munosabatlari
yo’lga qo’yildi?
A)1920-yildan
B)1923-yildan
*C)1925-yildan
D)1930-yildan
11. 1925-yildan sovet-yapon munosabatlarining
yo’lga qo’yilishi nimalarda aks etdi?
1)iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishida
2)yapon qo’shinlarining Shimoliy Saxalindan olib
chiqib ketilishida
3)sovet qo’shinlarining Ryukyu orollaridan olib
chiqib ketilishida
A)1,3
*B)1,2
C)2,3
D)1,2,3
12.Yaponiya hukumatida qachonga kelib
harbiylarning roli kuchaydi va so’l kuchlar quvg’in
ostiga olindi?
A)1920-yillar o’rtalarida
B)1930-yillar o’rtalarida
*C)1920-yillar oxirida
D)1930-yillar oxirida
13. 1920-yillar oxirida Yaponiyada qanday nom
ostida radikal kayfiyatdagi guruhlar ta’siri keskin
kuchaydi?
*A)”Yosh ofitserlar”
B)”Yosh yaponlar”
C)”Yangi siyosiy tizim”
D)”Yanicharlar”
14.Yaponiyada radikal kayfiyatdagi guruhlarning
berilgan talablarini aniqlang.
1)ko’ppartiyali parlament tizimidan voz kechish
2)boshqa mamlakatlar bilan aloqalar bog’lash
3)mamlakatda diktatura o’rnatish
4)parlamentga “veto” huquqini berish
5)tashqi siyosiy ekspansiyani kuchaytirish
*A)1,3,5
B)2,4,5
C)1,2,3
D)1,2,3,4,5
15.Yaponiyada “Yosh ofitserlar” tomonidan bir
qator talablar ilgari surilgan vaqtda, qaysi hukumat
boshlig’i ular tomonida bo’ldi?
A)general Fumimaro Konoe
B)general Sumitomo Mitsubisi
*C)general Giiti Tanaka
D)general Yamomoto
16. 1920-yillar oxiri va 1930-yillar boshlarida
“Yosh ofitserlar” tomonidan ………..
A)bir qator islohotlar amalga oshirildi
B)diniy va dunyoviy fanlar tashkil qilindi
*C)bir qator siyosiy terrorlar amalga oshirildi
D)prezidentlik respublikasi tuzildi
17.Yaponiyada “Yosh ofitserlar” tomonidan
qachon isyon ko’tarildi?
A)1930-yil mayda
B)1931-yil mayda
*C)1932-yil mayda D)1934-yil mayda
18.Yaponiyada shakllangan totalitar tizim qanday
shaklga ega edi?
*A)avtoritar-monarxistik
B)monarxistik
C)demokratik
D)respublika
19.”Yangi siyosiy tizim” deganda …………
A)bir davlatning o’zga mamlakatlar hududi va
bozorini egallab olish maqsadida o’z siyosiy va
iqtisodiy ta’sirini yoyishga qaratilgan siyosati
tushuniladi
B)maxsus qishloq xo’jalik ekinlari yetishtiriladigan
katta xo’jalik tushuniladi
C)bir yoki bir necha davlatning boshqa davlat ichki
ishlariga zo’ravonlik bilan aralashuvi tushuniladi
*D)jamiyat ustidan harbiy-davlat
byurokratiyasining qattiq siyosiy nazorati
tushuniladi
20.Yaponiyada qaysi g’oya totalitar rejimning
mafkuraviy tayanchi bo’lib xizmat qildi?
A)yevropacha yashash
*B)yapon millatining buyukligi
C)davlat manfaati
D)buyuk tarixi
21.Yaponiya qachon Xitoyning Manchjuriya
provinsiyasini bosib oldi va bu yerda Manchjou-Go
qo’g’irchoq davlatini tuzdi?
A)1929-yil
B)1930-yil
*C)1931-yil
D)1932-yil
22.Qaysi tashkilot Manchjou-Go davlatining
tuzilishiga qarshi chiqdi?
A)BMT
*B)Millatlar Ligasi
C)UNESCO
D)NATO
23.Yaponiya qachon Millatlar Ligasi tashkilotidan
chiqdi?
A)1932-yil
*B)1933-yil
C)1934-yil
D)1936-yil
24.”Antikomintern pakti” deb ataluvchi hujjat
qachon imzolangan?
A)1932-yil mayda
B)1933-yil sentabrda
*C)1936-yil noyabrda
D)1937-yil aprelda
25. 1936-yil noyabrda “Antikomintern pakti” deb
ataluvchi hujjat qaysi davlatlar o’rtasida
imzolangan?
*A)Yaponiya va Germaniya
B)Yaponiya va SSSR
C)Yaponiya va Italiya
D)SSSR va Germaniya
26.”Antikomintern pakti”ga qachon Italiya ham
qo’shildi?
A)1936-yil
*B)1937-yil
C)1938-yil
D)1939-yil
27.”Berlin – Rim – Tokio” uchburchagi qachon
vujudga keldi?
A)1936-yil
*B)1937-yil
C)1938-yil
D)1939-yil
28.Qachon yaponlar Xitoyga qarshi keng
miqyosdagi urush harakatlarini boshlab yubordi?
A)1931-yil kuzida
B)1933-yil qishida
*C)1937-yil yozida D)1939-yil bahorida
29.Mamlakatning vazifasi Sharqiy Osiyoda yangi
tartib o’rnatish ekanligini e’lon qilgan Yaponiya
hukumat rahbarini aniqlang.
*A)general Fumimaro Konoe
B)general Sumitomo Mitsubisi
C)general Giiti Tanaka
D)general Yamomoto
30.Qachon Yaponiya hukumati mamlakatning
vazifasi Sharqiy Osiyoda yangi tartib o’rnatish
ekanligini e’lon qildi?
A)1935-yil
B)1936-yil
C)1937-yil
*D)1938-yil
31.SSSR va Yaponiya o’rtasida Hasan ko’li
atrofidagi jang qachon bo’lib o’tdi?
*A)1938-yil iyul-avgust oylarida
B)1939-yil may-sentabr oylarida
C)1936-yil noyabr-dekabr oylarida
D)1941-yil 5-aprelda
32.Yaponiya qachon Xalxin-Gol daryosi yonida
Mo’g’uliston hududiga bostirib kirdi?
A)1938-yil iyulda
B)1932-yil mayda
C)1939-yil mayda
*D)1939-yil sentabrda
33.Xalxin-Gol daryosi yonidagi jangda
mo’g’ullarga qaysi davlat yordamga keldi?
A)Xitoy
*B)SSSR
C)Germaniya
D)AQSH
34.Xalxin-Gol daryosi yonidagi jang qachon bo’lib
o’tdi?
A)1938-yil iyul-avgust oylarida
*B)1939-yil may-sentabr oylarida
C)1936-yil noyabr-dekabr oylarida
D)1941-yil 5-aprelda
35.Hasan ko’li atrofida va Xalxin-Gol daryosi
yonidagi janglarda qaysi davlat mag’lubiyatga
uchragan?
A)SSSR
*B)Yaponiya
C)Xitoy
D)Germaniya
36.Yaponiya qachon SSSR bilan neytralitet haqida
paktni imzoladi?
A)1938-yil iyul-avgust oylarida
B)1939-yil may-sentabr oylarida
C)1936-yil noyabr-dekabr oylarida
*D)1941-yil 5-aprelda
37.Militarizatsiya …………
*A)jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy
hayotini harbiy maqsadlarga bo’ysundirish
B)xalqdan ajralib qolgan, hukmron guruh
manfaatlarini himoya qiluvchi ma’muriyatchilik
boshqaruv tizimi
C)bir davlatning o’zga mamlakatlar hududi va
bozorini egallab olish maqsadida o’z siyosiy va
iqtisodiy ta’sirini yoyishga qaratilgan siyosati
D)xususiy mulkning, yirik korxonalar, yer, xalq
xo’jaligi sohalarining davlat mulkiga aylantirilishi
38.Byurokratiya ………….
A)jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy
hayotini harbiy maqsadlarga bo’ysundirish
*B)xalqdan ajralib qolgan, hukmron guruh
manfaatlarini himoya qiluvchi ma’muriyatchilik
boshqaruv tizimi
C)bir davlatning o’zga mamlakatlar hududi va
bozorini egallab olish maqsadida o’z siyosiy va
iqtisodiy ta’sirini yoyishga qaratilgan siyosati
D)xususiy mulkning, yirik korxonalar, yer, xalq
xo’jaligi sohalarining davlat mulkiga aylantirilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |