www.ziyouz.com kutubxonasi
64
Bo‘lg‘ay davom olarg‘a baxti balandi rahbar.
Iqboli davlat o‘lg‘ay ikki nadimi
287
dargoh,
Sho’n ila shavkat o‘lg‘ay xizmatda ikki chokar.
Chun hijratning ming uch yuz yigirma to‘qqizlanchi yilikim, to‘ng‘uz yiliga mutobiq erdi, kirdi. Bu
yil xon hazratlari Peterburg‘ safari azmin jazm etib, jumodul avval oyining yigirma beshi va javzoning
sakkizlanchisi va dushanba kunida otlanib Peterburg‘ tarafig‘a ravon bo‘ldilar. Xizmati humoyunlarida
Husayn Muhammadboy devonbegi va Muhammad Vafo karvonboshi va Tolibxo‘ja va g‘ayr ham
kettilar va o‘n sakkiz kunda Peterburg‘g‘a borib imferatur a’zamni ko‘rdilar va Peterburg‘ viloyatining
sayrin etib, o‘n bir kun onda turub, ondin so‘ng murojaat inonin Xorazm tarafiga ma’tuf etib, rajabul
murajjab oyining o‘n sakkizlanchisi va panjshanba kuni keldilar. Tamomi ulamo va tamomi to‘ralar va
beklar istiqbollariga chiqib, shaharda ajab bir xushholliq paydo bo‘ldi. Xon hazratlari davlat bila kelib,
maqarri
288
saltanatlarida qaror tutdilar. Hijratning mingu uch yuz o‘ttuzlanchisida darvozaxonaning
binosi itmomg‘a yetib erdi, faqir tarixin bu tariqada aytib erdim, tarix:
Chu sultoni Asfandiyor ast javvod
289
,
Hamisha bajudash bijo‘yad bahona.
Pedar to pedar jumla shoxast az in ro‘
Atohoyi o‘ shud atoyi shahona.
Murodash na rohu na darvoza, ammo,
Ba xalq ast altofi u bekarona.
Baamrash bayakjo du darvoza shud, to
Xaloyiq shud bemashaqqat ravona.
Bayoniy badil guft torixi uro,
Bigo‘: «Bas, ajab shud du darvozaxona».
Ushbu yil tilgiromxonaning binosi ham itmomg‘a yetdi. Chun hijratning ming uch yuz o‘ttuz
birlanchi yili kirdi, bu yil sig‘ir yili bila mutobiq erdi. Bu yil ham xon hazratlari Peterburg‘g‘a azm
etmakni iltizom etdilar va rabiul avvalning o‘n uchlanchisi va seshanba kunida azm etdilar. Borib yana
imferatur a’zamni ko‘rub va Rusiya viloyatlarin sayr etib, ikki oydii ozroq muddatda qaytib keldilar.
Tamomi ulamo va tamomi to‘ralar va beklar istiqbollarig‘a chiqib xushholliqlar paydo bo‘ldi. Xon
hazratlari davlat bila kelib Xevaqg‘a kirib taxti saltanatda qaror tutdilar.
Ushbu yil zulqa’da oyida dorushshifo, ya’ni duxturxonaning binosi itmomg‘a yetdi. Xon hazratlari
onda yaxshi to‘y berib, tamomi ulamo va tamomi-to‘ralaru beklar va tamomi amaldoru oqsoqollar va
tamomi elni da’vat etdilar va Rusiya duxturlaridin ikki duxturni talab etib kelturmish erdilar. Biri
muzakkar
290
va biri muannas
291
erdi, ul ikovi viloyatning tamomi zukuru anosdin
292
bemor
bo‘lg‘onlarig‘a mudovo
293
etmakka mutakaffil
294
bo‘lub, ul duxturxonada qaror toptilar. Olarg‘a vofir
vazifalar ta’yin etdilar. Tamomi xaloyiq xushhol bo‘lub, zukur va anosdinkim, bemor bo‘lsa, kelib
shifo topib ketar erdilar.
Hijratning ming uch yuz o‘ttuz ikkilanchisidakim, muvofiqi bars yili erdi, muharramning
yettilanchi kuni xon hazratlarining o‘zlari Muhammad Amin devon bino qilib yurugan madrasaning
287
Nadim—yaqin xizmatkor, mahram; hamsuhbat, o‘rtoq.
288
Maqar—qaror topish o‘rni, manzil, makon, qarorgoh.
289
Javvod—ehsonli, saxiy, karamli, qo‘li ochiq.
290
Muzakkar—erkak.
291
Muannas—ayol.
292
Zukuru anos—erkagu ayol.
293
Mudovo— davolash
294
Mutakaffil—kafil bo‘lgan, kafilligini o‘z ustiga olgan.
Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy
Do'stlaringiz bilan baham: |