www.ziyouz.com kutubxonasi
55
Sultonobod ismi bila mavsum etdilar. Ul masjidning qavmi yuz uyli bo‘ldi. Alhaq, ko‘p yerlarni obod
etdilar.
Ko‘p masjidlar va madrasalar va qorixonalar bino bo‘lub ko‘p yerlar obodon bo‘ldi va xaloyiq ham
«Annosu Alo dini Mulukahum»
242
muqtazosicha amali xayrg‘a rog‘ib bo‘lub, hatto, Muhammad
Panohboy degan ham masjidi kalonning orqa tarafida bir madrasa bino qildi. Va qori bazzoz Yusufbek
ibn Fozilbny mag‘furning o‘z mahallasidag‘i havlilarining o‘rnida bir minorli madrasa bino qildi.
Hijratning mingu uch yuz yigirma ikkilanchisida Muhammad mahram madrasasining binosini
itmomiga yetkurub faqirdin tarix aytmoq iltimosin etib erdi. Bu tarix aytildi:
Andar zamoni shohi Muhammadi Rahimxon,
Xorazm pur shud az asari xayri beshumor.
Andishavu tafakkuri u bud xayri xalq,
Shah boyad inchunin, zihe lutfi kirdikor.
Yak mahramashke bud Muhammad ba amri u,
Bisyor karda az amali xayr oshkor.
Imsol niz kard yake madrasa bino,
Bo masjidike, shud amali xayr poydor.
Masjid shuda zi masjidi Aqso namunae
Ham madrasae zi-nomi Ko‘kaltosh karda or.
Bar toqi osmon shuda toqi ravoqi u,
Ayvoni hujraho bahavo shud chu navbahor.
Soli binoyi u zi Bayoniy shunidani ast,
Go‘ft in binoyi bandahu shohi karamshior.
Hijratning ming uch yuz yigirma uchlanchisida muvofiqi ilon yili jaddining o‘n ikkilanchisi va
zulqa’daning yettilanchisi seshanba kuni erdikim, sarvari atibbo
243
Yaxshimurodbek ibn Bobojonbek
ibn Olloberdi to‘ra saqallohu sarohu
244
yetmish to‘rt yoshlarida jahoni foniyg‘a vido’ qildilar. Ul
hazratdin uch o‘g‘ul yodgor qoldi. Avvalg‘isi Qutlimurodbek, ikkilanchisi To‘ra Murod otaliq,
uchlanchisi Pahlavon Niyozbek erdi. Hijratnpng ming uch yuz yigirma to‘rtlanchisidakim, dalvning
yigirma beshlanchisi erdi va yilqi yilidin o‘n kun o‘tub erdi, ne uchunkim, turk hisobining o‘n
sakkizlanchisi va dushanba kunida Olloyorto‘ra ibn Sayyid Muhammadxoni jonnatmakonkim, xon
hazratlarining kichik birodarlari erdi, qirq yetti yoshda jahoni foniyg‘a vido’ qilib, ondin Bog‘bekto‘ra
otlig‘ bir o‘g‘ul yodgor qoldi. Chun hijratning mingu uch yuz yigirma beshlanchi yili kirdi, bu yil qo‘y
yili erdi. Xon hazratlari bu yil oltmish uch yoshlarig‘a kirib erdilar. Rasul akram salallahi alayhi
vassalamning yoshlarig‘a kirganlarining shukronasi uchun yosh to‘yi bermakni hazrati
Valiahdi davron va shaxzodayi jahong‘a amr etdilar. Shahzodayi jahon Islomxo‘jag‘a buyurib bir
ulug‘ to‘y boshladilar. Faqir ul to‘yning ta’rifida bir qasida aytdimkim, to‘y tarixig‘a ham kushtamil
erdi, ul qasida budur, qasida:
Sultoni xavar, chun hamal, taxti uro topti qaror,
Elga karam oyinidin lutfini kildi oshkor.
Kim elni qishning lashkari uylarda maxsur aylabon,
Tarson ham larzon etib qilmish erdi zoru nizor.
Chun g‘olib o‘ldi e’tidol adlini nurin qildi fosh,
Bo‘ldi barobar bir-biri birla hamon laylu nahor.
242
«Annosu alo dini mulukahum» — odamlar podshohlarining dinida, ta’siri ostida bo‘ladilar.
243
Sarvari atibbo — tabiblarning boshlig‘i, sarvari.
244
Saqillohu sarohu — Alloh uning saroshshi, makonini serob qilsin.
Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy
Do'stlaringiz bilan baham: |