Tibbiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy didaktik vositalardan foydalanish tamoyillari
Akbarova M.X. , Yusupova Z.A.
Farg`ona davlat universiteti
Annotatsia
Mazkur maqola tibbiy ta`limda zamonaviy didaktik vositalarning o`rni, vazifalari, ulardan
samarali foydalanishning ahamiyati, o`qitish jarayonida qo`llash qoidalari va tamoyillariga
bag`ishlangan.
Аннотация
Данная статья посвящается занимаемому месту в медицинском образовании
современных дидактических средств, а также правил их эффективного использования
Annotation
This article is dedicated to the usage of didactic means in modern medical studies; their
functions, importance of applying didactic means as the rules and principles of using them in
teaching process.
Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim
tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko`tarish, unga ilg`or pedagogik va
axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati
darajasiga ko`tarilgan. Ta’lim muassasasi o`qituvchisining malakasi maxsus va pedagogik fanlar
bilan yoritiladigan ikki qirraga ega bo`lishi lozim va u doimo: “Nima uchun o`qitish kerak?”,
“Qanday o`qitish kerak?” degan savollarga javob topishi va ta’lim-tarbiya xususiyatlari e’tiborga
olingan bilimlarga asoslangan bo`lishi lozim. Buning uchun fan o`qituvchilari ilg`or pedagogik
texnologiyalar va interfaol usullarni bilishi kerak.
Zamonaviy tibbiy ta’limning asosiy vazifalaridan biri ilg`or pedagogik va axborot-
kommunikatsiya
texnologiyalaridan
foydalangan
holda
ta’lim oluvchilarda kasbiy
49
kompetensiyalarni
keng
qamrovli
rivojlanishi
uchun
imkoniyatlar
yaratish
va
bemorga ziyon tegmagan holda mustahkam amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishdir. Mazkur
ko‘nikmalarni hosil qilishda simulyasion ta’lim (mulyajlar, manekenlar va boshqalar)
vositalaridan foydalanish katta yordam beradi. Tibbiyot kollejlarida ta’limning innovatsion
rivojlanishi, umumiy amaliyot hamshiralarini tayyorlash shakli va usullarini takomillashtirish
borasida katta qadamlar qo‘yildi. Bugungi kunda ta’lim sohasida fan va texnikaning so‘nggi
yutuqlari asosida ishlab chiqilgan audio, video, telekommunikatsiya va informatsion texnika va
texnologiyalarning qo‘llanilishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ularning didaktik
imkoniyatlari bilan tanishib chiqish va mashg‘ulotlarda ularni qo‘llashni o‘rganish o‘qituvchilar
uchun ularning kelajak faoliyatida katta yordam beradi. Shu bilan birga, tibbiy kadrlarni
tayyorlashda bir qator muammolar borligi, ularning yechimini topish bu boradagi
kamchiliklarni bartaraf etishga yordam berishda tibbiy ta`lim vositalaridan samarali foydalanish
alohida ahamiyatga egadir.
Hozirgi davrda Respublikamiz tibbiyot kollejlarida o‘quv-uslubiy faoliyatni amalga oshirish
bo‘yicha ma’lum ishlar amalga oshirilmoqda, ya’ni o‘quv dasturlari, uslubiy qo‘llanmalar,
darsliklar, ma’ruza matnlari ishlab chiqilmoqda. Bu amalga oshirilayotgan ishlar mutaxassislarni
tayyorlash sifatini boshqarishga majmuaviy yondoshishga asos bo‘ladi. Pedagoglarni didaktik
vositalarning turlari, imkoniyatlari va ulardan tuzilgan majmualarga doir bilimlarni berish va
didaktik vositalardan o‘quv jarayonida foydalanishga doir malakalarni shakllantirish muhim
masalalardan biridir. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
didaktik materiallarning turlari bilan tanishib chiqish, ushbu materiallarning didaktik
imkoniyatlarini aniqlash, ularni tayyorlash va ulardan mashg‘ulotlarda foydalanishni o‘rganish;
didaktik materiallardan foydalanishda qo‘llaniladigan vositalarning turlari, ishlash
tamoyili, ularning tuzilishi hamda ulardan foydalanish va ularning didaktik imkoniyatlarini
aniqlashni o‘rganish;
didaktik vositalardan tuzilgan majmualar bilan tanishish, ularning didaktik
imkoniyatlarini tahlil qilish hamda mashg‘ulot uchun majmua tuzishni o‘rganish.
Didaktik vositalar o‘quv jarayonida muhim o‘rin tutadi. Chunki ular o‘quv jarayonining
asosiy tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi. Didaktik vositalar o‘quv jarayonida
o‘qituvchilarning eng yaqin yordamchisi hisoblanadi. O‘quv jarayonida quyidagi ishlar amalga
oshiriladi:
- nazariy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga yangi bilimlarni berish uchun mavzuga doir o‘quv
materiallarini tushuntirish, namoyish qilish, tahlil qilish kabi ishlarda foydalanamiz;
- amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga tanlagan kasblariga oid vazifalarni bajarishga doir
malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun bajariladigan ishni namuna sifatida amalga oshirish,
mashq qilish kabi ishlarda foydalanamiz;
- nazorat mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning bilimlarini baholash uchun turli testlar va
dasturlardan foydalanamiz;
Bundan tashqari auditoriyadan tashqari ishlarni olib borishda va turli tadbirlarni o‘tkazishda
ham didaktik vositalarsiz ko‘zlangan maqsadga erisha olmaymiz. O‘quv jarayonida olib
boriladigan mashg‘ulotlarda biz faqat og‘zaki usul bilan, tushuntirish bilan kifoyalanmasdan,
barcha turdagi o‘quv axborotlaridan foydalanamiz. Bular sonli va yozma ko‘rinishda, ovozli va
tasviriy ko‘rinishda, hajmiy va harakatli ko‘rinishda, elektron va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi
mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, biz har bir didaktik vositaning imkoniyatlarini bilib olsak,
ularning har biridan qaysi vazifani, qanday amalga oshirishda foydalanish samaraliroq ekanini
bilib olamiz.
O`qitish vositalari mamlakatda ta’limni tubdan isloq qilish tamoyillari, fan-texnika, ishlab
chiqarish rivojlangan sari ularning turlari ham ko`payib bormoqda. Demak, ta’lim muassasalarida
o`qitish vositalarining turlari ham muayyan darajada o`zgarib, yangilanib boradi, yangi avlod
o`qitish vositalari vujudga keladi. O`qitish vositalarining yangi avlod guruhiga: kompyuter
texnologiyasining ta’lim beruvchi, modellashtirilgan va nazorat dasturlari, slaydlar,
50
multimedialarni kiritish mumkin.
O`qituvchining asosiy vazifasi o`rganiladigan mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda eng
yuqori samara beradigan o`qitish vositalarini tanlashi, buning uchun o`qitish vositalarining yangi
avlodining turlari, ular bilan ishlash metodikasini egallagan bo`lishi darkor.
Atoqli rus pedagogi K.D.Ushinskiy bolani esida biror narsaning mahkam o`rnashib qolishini
xoxlovchi pedagog bolaning sezgi a’zolarini mumkin qadar ko`prog`ini: ko`zi, qulog`i, tovush
organi, muskul sezgi va hatto iloji bo`lsa hidlash va ta’m bilishi organlarini esda tutib qolish
jarayonida qatnashtirishiga harakat qilishi kerak degan edi.
Didaktik tamoyillar nazariy dars va instruktaj mazmunlari, usuli va tashkil qilinishiga
tegishlidir. Didaktik tamoyillar o`qitish va o`qish jarayonida qoidalar sifatida qo`llanish uchun
ishlab chiqilgan. Ularni har doim ham bir - biridan aniq ajratib bo`lmaydi. Quyidagi tamoyillar
qandaydir tushunchalar emas, balki o`qitish va o`qish vaziyatlarini samarali tashkil qilish bo`yicha
qoidalar bo`lib, kasb-hunar ta’limi amaliyotining tajribasiga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |