Microsoft Word maq boburshoh ziyouz com doc



Download 212,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/30
Sana26.09.2021
Hajmi212,74 Kb.
#186543
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Bog'liq
BOBURIYLAR

www.ziyouz.com кутубхонаси 

9

Bobur ota sifatida bu asardagi ota tilidan farzandga aytilgan diniy-tasavvufiy o‘gitlarni o‘z 



farzandlariga yetkazish uchun ushbu kitobni nazmda ona tiliga o‘girgan. 

Nega nasrda emas? Chunki nazmni xotirada saqlash imkoni kattadir. Qolaversa, nazmning 

hurmat va e’tibori nasrga nisbatan juda yuqori hisoblangan. 

Tarjimon tarjimani boshlash va oxiriga yetkazish sababini «Vaqoe’»da shunday bayon etadi(matn 

tabdili): «Juma kuni, oyning yigirma uchinchisida badanimda isitma zohir bo‘ldi. Shunday bo‘ldiki, 

juma namozini masjidda qiynalib o‘qidim. Ertasiga peshin namozini ehtiyot yuzasidan kitobxonada 

biroz muddatdan so‘ng o‘qidim. Indini, yakshanba kuni yana isitmam chiqdi, ozroq titradim. 

Seshanba kechasi, safar oyining yigirma yettinchisida hazrat Xoja Ubaydullohning «Volidiya» 

risolasini nazm qilmoq fikri ko‘nglimga keldi. Hazratning ruhiga iltijo qilib, ko‘nglimdan kechirdimki: 

agar bu manzuma hazratga ma’qul bo‘lsa, xuddi «Qasidai Burda»ning qasidasi ma’qul bo‘lib, sohibi 

falaj kasalidan xalos bo‘lgani singari, men ham bu xastalikdan forig‘ bo‘lsam, nazmim qabul 

qilinganiga shu dalil bo‘lardi. Ushbu niyat bilan... risolani nazm etishga kirishdim. O‘sha kechaning 

o‘zida o‘n uch bayt yozdim. Xuddi atayin kelishilgandek, har kuni o‘n baytdan kam bitilmas edi. 

Darvoqe’, bir kungina bu ish qilinmadi. O‘tgan yili va balki har gal bu xastalikka chalinganimda, aqalli 

bir oy, qirq kun og‘rirdim. Tangri inoyati bilan, hazratning himmatidan, payshanba kuni, oyning 

yigirma to‘qqizinchisida birozgina isitmaladim, keyin mutlaqo tuzalib ketdim. Shanba kuni, rabi ul-

avval oyining sakkizinchisida risola so‘zlarini she’rga solish nihoyasiga yetdi...». 

«Volidiya» risolasi inson ixtiyori va faoliyatini Olloh bilan bog‘lash, unigina zikr etish

so‘zi(«Qur’on»)ni yodlash va aytishni tavsiya etuvchi, insonning hayotiy faoliyati, yeb-ichish, 

maishatda o‘rtachalikka chorlovchi pandnoma, nasihatnomadir. Shuning uchun ham garchand asar 

she’rga solingan bo‘lsa-da, matnda asosiy diqqat shoirona sehrsozlik emas, balki Xoja nasihatlarini 

kitobxonga aniq yetkazishga qaratiladi. 

Shunday bo‘lsa-da, she’r sehriga qiziquvchilar, badiiy unsurlarga ahamiyat beruvchilar uchun asar 

boshidagi bir baytdagi lafziy va ma’naviy tasvir vositalarini kuzatamiz. Olloh hamdidan: 

 

Til aning hamdida qosirdur, bil, 



Bil, aning hamdida qosirdur til.

 

 



Ijodkor lafziy san’atlardan takrorning besh-olti xilidan foydalangan. Chunki takror san’atlari ta’kid 

va ta’sirchanlik unsurlaridan hisoblanadi. Avvalo bayt boshidagi va oxiridagi ostin va ustin ikki so‘zga 

ahamiyat beraylik. 

Birinchi misrada qatnashgan «til» va «bil» so‘zlari ikkinchi misrada o‘rin almashib takrorlangani 

tufayli tardu aks san’ati qo‘llanilgan. 

Baytni boshlagan so‘z(«til») bayt oxirida takror kelsa(«til») tasdir san’ati bo‘ladi. 

Birinchi misra oxiridagi so‘z(«bil») takrori bilan ikkinchi misra boshlansa tasbe san’atidan 

darakdir. 

Baytning boshi va oxiridagi so‘zlar o‘rtaga olgan so‘zlarga ahamiyat beramiz: «aning hamdida 

qosirdur» so‘zlari har ikki misrada qofiya oldidan takrorlanmoqda. Bu usul hojib san’ati namunasidir. 

«Til» va «bil» so‘zlarining bayt boshidagi ohangdoshligi muzoraa san’ati ishtiroki tufaylidir. 

Baytdagi fikrni «bil» deb buyurish esa amr san’atidan darakdir. 

Tilning Olloh maqtovida(hamdida) vosita ekanligi va ayni paytda qosirligi — tegishlicha maqtovga 

yaroqsizligiga ahamiyat berilsa: 

til, hamd va qosir

 so‘zlarining o‘zaro daxldorligi tufayli tanosib san’ati 

qo‘llanganiga amin bo‘lamiz. 

Nihoyat, birinchi va ikkinchi misralardagi barcha so‘zlarning ostin va ustin holatini nazarda tutsak: 

ular ohangdoshlik vaziyatidadirlar. Demak, baytdagi ostin va ustin turgan so‘zlarning o‘zaro ohang-

doshligi(muzoraa, takror va qofiya) tarse’ san’ati ishtirokini ko‘rsatmoqda. 

Demak, Bobur bu baytda tardu aks, tasbe, tasdir, tarse’, muzoraa lafziy san’atlarini, amr va 

tanosib ma’naviy san’atlarini qo‘llagan ekan... 




Boburshoh: shoir va adib 

 

 




Download 212,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish