1. Tomonlarning huquq va majburiyatlari:
1.1 Universitet:
1.1.1 O’qitish uchun «Ta’lim to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq Universitet Ustavida nazarda tutilgan zarur
shart – sharoitlarni yaratish;
1.1.2 Talabalarga qonun bilan berilgan huquqlarini erkin amalga oshirilishini va universitet Ustaviga muvofiq majburiyatlarning
bajarilishini ta’minlash;
1.1.3 Mutaxassisni tasdiqlangan o’quv rejasi va dasturlarga muvofiq davlat ta’lim standarti talablari darajasida tayyorlash;
1.1.4 Mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori yoki tariflar o’zgarganda ta’limning qolgan muddati uchun to’lov miqdori
o’zgargani haqida talabani ogohlantirish;
1.1.5 To’lov shartnoma pulini o’z vaqtida to’lagan abiturientlarni talabalar safiga qabul qilish;
1.1.6 To’lov shartnoma pulini o’z vaqtida to’lamagan abiturient va talabalarni universitet binosidan va o’quv resurslaridan foydalanish
imkoniyatini cheklash hamda imtihonlarga kiritmaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |