Miqdoriy tahlil: 0,5 g prеparatni (a.t.) 100 ml li bo’luvchi voronkaga joylashtiriladi, 20 ml
suv va 5 ml natriy ishqorisi qo’shiladi. Xosil bo’lgan asosni xloroform bilan ajratilib
olinadi. Bir marta 20 ml va 2 marta 10 ml dan. Xloroformli ajratmalar boshqa bo’luvchi
kolbaga joylashtiriladi. 2 marta 10 ml dan suv bilan yuviladi. Bir ozdan so’ng xloroformli
qavatni ajratib olinadi. Xloroformni suv xammomi yordamida xaydab, quruq qoldiqni
absolyut spirtda eritib, 100-105? doimiy og’irlikgacha quritiladi. Qoldiqni massasi 1,112
xinin gidroxloridga ko’paytiriladi. 99,0% dan kam bo’lmasligi kеrak.
Saqlanishi:Yorug’lik tushmaydigan, og’zi maxkam yopiladigan idishda.
Do'stlaringiz bilan baham: |