S M.m. 270.35
Butamid hidsiz, oq kristall kukun, suvda deyarli erimaydi, 95% li spirtda eriydi, aseton va
Xlorpropamid hidsiz, oq kristall kukun, suvda erimaydi, 95% spirt, xloroform, aseton va
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
395
Butamid, xlorpropamid, siklamid glibenklamid va ukarbanning chinligi quyidagi umumiy
reaksiyalar yordamida aniqlanadi: ularni natriy yoki kaliy gidroksid eritmasibilan
qaynatilganda ammiak va turli aminlar (butilamin, propilamin, siklogeksilamin) ajralib
chiqadi. Ularni hididan yoki ammiakni suv bilan ho’llangan qizil lakmus qog’ozini ko’k
rangga bo’yashidan bilinadi.
Ushbu reaksiya bo’yicha bukarban, butamidga o’xshash butilamin va ammiak,
glibenklamid esa siklamid kabi siklogeksilamin bilan ammiak ajratib chiqaradi.
Yuqorida nomi keltirilgan diabetga qarshi barcha dori moddalari tarkibidagi organik
birikkan oltingugurtni, xlorpropamid va glibenklamidlarda esa organik birikkan xlorni
aniqlanadi. Buning uchun ularni odatdagicha kaliy va natriy karbonat hamda kaliy
nitratdan iborat aralashma bilan aralashtirgan holda chinni idishchalarda yuqori haroratda
kuydirib parchalanadi. So’ngra idishdagi qoldiqni eritib, undagi sulfat ionini xlorid kislota
muhitida bariy sulfat holida, xlor ionini esa eritmaning boshqa bir qismidan nitrat kislota
muhitida kumush xlorid holida ch’ktirib aniqlanadi. Preparatlardagi organik birikkan
oltingugurt va xlorni Davlat farmakopeyasi (XI nashr II qism) bo’yicha kislorod
atmosferasida kuydirish orqali parchalab aniqlash mumkin.
Butamid, siklamid va xlorpropamidlarni 50% li sulfat kislota eritmasi bilan ma’lum
vaqtgacha qaynatib gidrolizlantirilsa, butamid va siklaid p- toluolsulfamid, xlorpropamid
esa p- xlorbenzolsulfamid ajratib chiqaradi. So’ngra ularni muz usida sovitish
yordamidakristall holida cho’ktirib olinadi va suyuqlanish harorati tekshirib ko’riladi. p-
toluolsulfamid 135-138
o
C haroratda p- xlorbenzolsulfamid esa 143-144
o
C da suyuqlanishi
lozim.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
396
Cho’kma ajratib olingan suyuqlikka natriy giroksid eritmasi qo’shilganda butilamin,
siklogeksamin va xlorpropaminning o’ziga xos hidi keladi.
Glibenklamidning chinligini aniqlashda spektrofotometrik usuldan ham foydalanish
tavsiya qilinadi. Uninig spirtdag eritmasi 274 va 310 nm to’lqin uzunlik sohasida
maksimum nur yutish ko’rsatkichiga ega. Glibenklamidning chinligi yupqa qatlami
xromatografiya usuli bo’yicha, uni asetondagi eritmasini maxsus tayyorlangan standart
eritma bilan taqqoslab aniqlanadi. Preparatning xromatogrammasini olishda erituvchi
sifatida aseton bilan geksandan iborat aralashma ishlatiladi. Xromatogrammani ochishda
konsentrlangan perxlorat kislotasidan foydalaniladi. Uni purkab quritgandan so’ng
xromatogrammada hosil bo’lgan dog’ ultrabinafsha nur oqimida havo ranglanib tovlanadi.
Bukarbanni chinliginianiqlashda undagi aromatik aminoguruh bo’yicha qizil rangli
azobo’yoq hosil qilish reaksiyasidan foydalaniladi. Bu reaksiya bilan bukarban boshqa
alkilureidbenzolsulfokislota guruhiga kiruvchi preparatlardan farqlanadi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
397
Bukarbanni chinligini yana spektrofotometrik usul bo’yicha ham aniqlash mumkin. U 268
nm to’lqin uzunligida maksimum nur yutish ko’rsatkichiga ega.
Butanid, xlorpropamid va siklamidlarning miqdorini neytrallash usuli bo’yicha
aniqlanadi. Bunda preparatlarning spirtdagi eritmasi timolftalein ishtirokida quyidagi
umumiy kimyoviy tenglama bo’yicha havo rangga o’tgunga qadar, natriy gidroksidning 0.1
mol/l eritmasi bilan titrlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: