Natriy adenozintrifosfat hidsiz, oq kristall kukun bo‗lib, suvda engil eriydi, spirt,
Preparatning chinligini aniqlashda quyidagi reaksiyalardan foydalaniladi. Masalan,
preparatning molekula tuzilishidagi riboza qoldig‗ini aniqlashda unga orsin (5-metil rezorsin),
xlorid kislota va temir ( III) -xlorid aralashmasidan iborat reaktiv qo‗shib, suv hammomida
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
334
Natriy adenozitrifosfatning suvdagi eritmasiga ammoniy xlorid, ammiak va magniy
sulfat eritmalaridan qo‗shib, qaynoq suv hammomida 15 minut davomida qizdirilganda, oq
cho‗kma holida magniy ammoniy fosfat tuzi hosil bo‗ladi. Bu reaksiya orqali preparat
tarkibidagi efirsimon birikkan fosfat kislota qoldig‗i isbotlanadi.
Preparat tarkibidagi fosfat kislota qoldig‗ini yana uni sitrat kislota bilan qizdirish
yordamida gidrolizlab, so‗ngra eritmadan fosfat ionini ammoniy molibdat eritmasi
ta‘sirida sariq rangli fosfat molibden kislota — N
3
RO
4
* 12MoOz ga o‗tkazib aniqlanadi.
Natriy adenozintrifosfatdagi natriy ioni odatdagicha alanganing rangsiz qismini sariq
rangga bo‗yashi orqali yoki sinkuranilatsetat bilan sariq cho‗kma holida cho‗ktirib aniqlanadi.
Preparatning miqdori spektrofotometrik usul bo‗yicha aniqlanadi. Bunda ma‘lum
miqdordagi preparatning suvdagi eritmasini 5 % li ammiak eritmasi yordamida rN
qiymatini 8,5—9, 5 ga keltirib, so‗ngra eritmaning ma‘lum bir qismi sorbent solingan
xromatografik naychadan o‗tkaziladi. Naychadagi preparatni avval suv bilan (adenozin
qo‗shilmalaridan tozalash maqsadida) yuviladi, keyin esa natriy xloridning 0,01 mol/l xlorid
kislotadagi 0,02 mol/l eritmasi bilan (adenozinmonofosfat, adenozindi-fosfatlardan ozod
qilish maqsadida) yuviladi. Keyinchalik xromatografik naychadagi adenozintrifosfat kislota
natriy xloridning 0,01 mol/l xlorid kislotadagi 0,2 mol/l eritmasi bilan yuviladi. Naychadan
o‗tgan suyuqlikning (elyuatni) rN qiymati 2 ga teng bo‗lguncha xlorid kislotasining 2 mol/l
eritmasidan qo‗shib, spektrofotometrda uning optik zichligi 260 nm to‗lqin uzunligida o‗lchab
miqdori aniqlanadi.
Preparatning miqdori yana uning tarkibidagi azot asosida Keldal usuli yordamida yoki
fosfat kislota qoldig‗i bo‗yicha aniqlanadi. Bunda preparatni oldindan nitrat kislota bilan
qizdirib gidrolizlanadi va hosil bo‗lgan eritmadan fosfat kislotani molibden suyuqligi bilan
fosfatmolibden kislotaga o‗tkaziladi. So‗ngra unga birorta qaytaruvchi xossali modda,
jumladan askorbin kislota ta‘sirida ko‗k yashil rangli birikma «molibden ko‗ki»ga o‗tkazib,
optik zichligini fotoelektrokolorda aniqlanadi.
Adenozintrifosfat kislotaning natriyli tuzi koronar tomirlarni kengaytiradi, yurak
mushak oziqlanishini yaxshilaydi, arterial bosimga ta‘sir ko‗rsatadi, ko‗ndalang targ‗il va
silliq mushaklarni qisqartiradi yoki birlashtiradi. Preparatni mushak distrofiyasi va
atrofiyasi, periferik tomir spazmasi va boshqa turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Natriy adenozintrifosfatning 1% li eritmasi (Solutio natrii adenosintriphosphotis 1 % pro
injectionibus) holida 1 ml dan ampulalarda chiqariladi. Preparat quruq va harorat 20°
dan yuqori bo‗lmagan xonalarda og‗zi maxkam berkitilgan idishlarda saqlanadi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
335
Riboksin
preparatiga
kelganda,
u
kimyoviy
tuzilishi
jihatidan
9-β-D-
ribofuranozilgipoksantin
(gipoksantin-ribozid)
murakkab
sistema
bo‗lib,
uni
adenozintrifosfat kislotasi hosil bo‗lishida boshlang‗ich modda deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: