Benfotiamin - Benphothiaminum
2-Metil-4-amino-5-(1-fosfat-3-benzoiltio-4-
metilbut-3-en-4-forma-midometil)-pirimidin.
O`ziga xos kuchsiz hidli oq kristallik kukun.
Suv va spirtda deyarli erimaydi.
Chinligi:
1) benzoy kislotani sistein bilan qizdirishdan
keyin tioxromning hosil bo`lishi.
2) UB-spektr.
Miqdoriy tahlil: UB-spektrofotometriya
Dori shakli: tabletka
Barcha tiamin guruh preparatlarining chinligini yuqorida ko‗rsatib ketilgan tioxrom hosil qilish
reaksiyasi bo‗yicha aniqlanadi. Ushbu reaksiya orqali benfotiaminning chinligini aniqlashda avval
undagi oltingugurt atomiga birikkan benzoy kislota qoldig‗ini quyidagi tenglama bo‗yicha sistein
gidroxlorid bilan qizdirish yordamida ajratib olinadi:
Tioxrom reaksiyasidan tiamin hosilalarining miqdorini fluorimetrik usul bo‗yicha aniqlashda
ham foydalaniladi. Masalan, farmakopeya bu usul bo‗yicha tiamin xloridning miqdorini tabletkalarda
aniqlashni tavsiya qiladi.
Tiamin xloridningsuvdagi eritmasiga xlorid kislota va xloramin eritmasi xamda xloroform
qo‗shib chayqatilganda xloroform qatlami sariq rangga bo‗yalmasligi kerak. Ushbu reaksiya bo‗yicha
tiamin xlorid tiamin bromiddan farqlanadi.
Tiamin bromiddagi bromni, tiamin xlorid va kokarboksilazadagi xlorni odatdagicha nitrat
kislota sharoitida kumush nitrat bilan cho‗ktirib bilinadi. Tiamin bromiddagi bromni yana xlorid
kislota ishtirokida xloramin ta‘sirida erkin brom holida xloroform qatlamiga o‗tkazib aniqlanadi.
Bunda xloroform qatlami to‗q sariq rangga bo‗yaladi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
313
Kokarboksilaza va benfotiamin tarkibidagi efirsimon birikkan fosfat kislota qoldig‗ini
aniqlashda avval ularni nitrat kislota bilan qizdirish yordamida gidrolizlab, so‗ngra ajralib chikkan
fosfat ionini ammoniy molibdat eritmasi ta‘sirida sariq cho‗kma holida cho‗ktirib bilinadi.
Fosfotiamin, fosfat kislotali tuzi holida bo‗lganligi sababli, undagi fosfat ionini nitrat kislota
ishtirokida ammoniy molibdatning eritmasi ta‘sirida bevosita cho‗ktirib aniqlanadi.
Tiamin preparatlarining chinligini yuqorida Davlat farmakopeyasi va maxsus farmakopeya
maqolasida keltirilgan usullardan tashkari boshqa turli reaksiyalar bo‗yicha ham aniqlanadi. Masalan,
tiamin xlorid va tiamin bromidlarning chinligini aniqlashda ularning ishqoriy muhitda natriy
nitroprussid bilan qizil-binafsha rangli birikma hosil qilish reaksiyasidan ham foydalaniladi. Ushbu
reaksiya preparatlarning molekula tuzilishidagi oltingugurtga xos reaksiya bo‗lib, undan amin
tuzlarining miqdorini fotokolorimetrik usul bo‗yicha aniqlashda ham foydalaniladi.
Tiamin bromid va tiamin xlorid ishqoriy muhitda 6- aminotimol bilan sariq rangli birikma hosil
kiladi. Bunda ishqoriy muhitda avval 6- aminotimol havo kislorodida engil oksidlanib, xinonimin
birikma shakliga, tiamin esa odatdagicha parchalanib tiol hosilasiga o‗tadi. Keyinchalik ular o‗zaro
birikib, sariq rangli xinoid ko‗rinishidagi murakkab modda hosil qiladi.
Tiamin tuzlarining chinligini aniqlashda ularni turli diazotirlangan aromatik aminlar,
jumladan, diazotirlangan paraminobenzolsulfo kislota, p-aminoatsetofenon va boshqalar bilan rangli
azobo‗yoq hosil qilishidan ham foydalaniladi.
Azobo‗yoq hosil bo‗lish reaksiyasini taxminan kuyidagicha ifodalasa bo‗ladi:
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
314
Davlat farmakopeya ko‗rsatmasi bo‗yicha tiamin bromidning miqdori tortma (gravimetrik)
usul bo‗yicha aniqlanadi. Bunda ma‘lum mikdordagi preparatning suvdagi eritmasidan xlorid kislota
muhitida kremniyvolfram kislota (SiO
2
*12WO
3
*nN
2
O) eritmasi ta‘sirida ko‗sh molekulyar birikma
(S
12
N
17
VgN
4
OS*SiO
2
*12WO
3
) holida cho‗ktiriladi. So‗ngra cho‗kmani ajratpb olib yuviladi, 100—
105°S haroratda quritib va analitik tarozida og‗irligi o‗lchanadi.
Tiamin bromidning mikdorini yana undagi brom asosida argentometrik (Folgard) usul
bo‗yicha ham aniqlanadi. Bunda avval tiamin bromidning ma‘lum miqdordagi eritmasini bromtimol
ko‗ki indikatori ishtirokida suyuqlik och havo rangga o‗tguncha natriy gidroksidning 0,1 mol/l
eritmasi bilan titrlanadi.
So‗ngra eritmaga nitrat kislota, ammoniy rodanid va temir ammoniy achchiktosh eritmasi
qo‗shgan holda, suyuqlikdagi qizil rang rangsizlanguncha, uni kumush nitratning 0,1 mol/l eritmasi
bilan titrlanadi.
Reaksiyaning ekvivalent nuqtasida oxirgi qo‗shilgan kumush nitrat eritmasi qizil rangli
temir (SH) rodanid bilan reaksiyaga kirishadi va uni rangsizlantiradi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
315
Davlat farmakopeyasining talabiga ko‗ra, tiamin xloridni suvsiz muhitda kislota-asos titrlash
usuli bo‗yicha aniqlanadi. Bunda ma‘lum miqdordagi preparatning suvsiz sirka kislotadagi eritmasini
simob (II) atsetat va kristall binafsha indikatori ishtirokida suyuqlik yashil rangga o‗tguncha
perxlorat kislotasining suvsiz atsetat kislotadagi 6,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.
YUqorida aytib o‗tilganidek,tiamin xloridning tabletkadagi mikdorini Davlat farmakopeyasi
ko‗rsatmasiga ko‗ra, tioxrom hosil qilish reaksiyasi asosida fluorimetrik usul bo‗yicha aniqlanadi.
Kokarboksilazaning mikdorini efirsimon birikkan fosfat kislota va xlorid kislota qoldig‗i
asosida neytrallash usuli bo‗yicha aniqlanadi. Buning uchun ma‘lum mikdordagi preparatning suvdagi
eritmasini timolftalein ikdikatori ishtirokida suyuqlik havo rangga o‗tguncha, natriy gidroksidning
0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.
Fosfotiaminning miqdori rN qiymati 6,95—7, 05 ga teng bo‗lgan fosfat buferidagi eritmasini
268 nm to‗lqin uzunligida spektrofotometrik usul bo‗yicha optik zichligi o‗lchab aniqlanadi. Nazorat
eritma sifatida fosfat buferidan foydalaniladi. Tahlil natijasini toza tiamin xloriddan tayyorlangan
maxsus standart eritma bilan taqqoslab ko‗riladi.
Venfotiaminning miqdori spektrofotometrik usul bo‗yicha aniqlanadi. Uning 0,001 % li rN
qiymati 4,95—5, 0 ga teng fosfat buferidagi eritmasining optik zichligini 244 nm to‗lqin
uzunligida o‗lchab, mikdori aniqlanadi.
Tiamin va uning hosilalari yurak, nerv sistemasi va ovqat hazm qilish organlari ish
faoliyatini yaxshilaydi hamda oqsil, qand, moy almashinuvi va boshqa, organizmda mavjud
biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
316
Tiamin xlorid va bromidni yurak, jigar, nerv kasalligining turli holatlari, jumladan, me‘da-
ichak ish faoliyatining buzilishida, tireotoksikoz, turli teri kasalliklarida va boshqa kasalliklarni
davolashda qo‗llanadi. Organizmning tiaminga bo‗lgan kundalik talabi 2—3 mg ni tashkil qiladi.
Tiamin bromid 0,005—0, 01 g dan ichiriladi
(Tiamin xloridning 0,001 g) yoki 3 % va 6 % li eritmasidan 0,5—1 ml dan kuniga bir marta
mushak orasiga yuboriladi. Tiamin xloridning 2,5—5 % li eritmasi in‘eksiyalarda ishlatiladi.
Kokarboksilaza ko‗pincha atsidoz va diabet xastaligida, yurak-tomir va koronar qon aylanish
faoliyatining buzilishida, miokard-infarkti kasalliklarida ishlatiladi. Uni yurak-tomir kasalligida 0,5—
0,01 g, diabetni davolashda 0,015—0, 1 g miqdorida eritma holida mushak orasiga yoki venaga
yuboriladi.
Fosfotiamin farmakologik ta‘siri va ishlatiladigan dozasi bo‗yicha tiamin xlorid va tiamin
bromidga o‗xshashd i . U organizmda ko‗proq to‗qimalarda yig‗ilish xossasiga egaligi, tiaminoza
fermentiga birmuncha chidamliligi hamda organizmda kokarboksilaza fermentiga engil o‗tib ketishi
va kam toksikligi bilan farqlanadi.
Benfotiaminni vitamin V
1
gipovitaminoz va avitaminozida hamda vitamin V
1
bilan
davolanadigan barcha kasalliklarda, jumladan dermatoz, surunkali gepatit, turli nerv xastaliklarida
tavsiya etiladi. Preparatni 0,025—0, 05 g dan bir kunda 1—4 marta ichiriladi. Tiamin bromidni
kukun, draje holida 0,002 g, tabletkalarda 0,0129 g, ampulalarda esa 3 % va 6 % li eritmasi 1 ml dan
chiqariladi.
Kokarboksilaza 0,05 g dan 3 ml hajmidagi ampulalarda kukun holida va unga qo‗shimcha
ravishda aloxida ampulalarda erituvchi qo‗shib xam chiqariladi. Fosfotiaminni 0,01—0, 03 g dan,
benfotiaminni esa 0,025—0,005 g dan tabletkalarda chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |