Miqdori: Suvsiz muhitda kislota-asos titrlash
usuli
Ishlatilishi: Mahalliy aneste-ziyalovchi
modda sifatida qo‗llaniladi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
263
Atropin, skopolamin, tropatsin va tropafenlarning chinligini ularni barchasiga xos Vitali-
Moren reaksiyasi bo‗yicha aniqlanadi. Bunda preparatning namunasiga bir necha tomchi
konventrlangan nitrat kyaslotasi qo‗shib, suv hammomida bug‗lantiriladi. Keyinchalik unga kaliy
gidroksidining spirtdagi eritmasi va atseton qo‗shilganda, biroz turish natijasida binafsha rangli, xinoid
tuzilishidagi modda hosil bo‗ladi.
Reaksiyani atropin va tropatsin misolida kuyidagi kimyoviy tenglamalar bo‗yicha
ifodalash mumkin:
Gomatropin gidrobromid Vitali-Moren reaksiyasini bermaydi va shu bilan boshqa tropan qator
preparatlaridan farqlanadi. Atropin bilan gomatropinning chinligini ularning eritmalaridan ishkoriy
muhitda asos holida cho‗ktirib olib ham aniqlanadi. Masalan, atropin sulfat eritmasidan atropinii
ammiak eritmasi ta‘sirida asos holida cho‗ktirib, so‗ngra uni ajratib quritiladi va suyuqlanish
harorati aniqlanadi. Atropin asos 115—117°S haroratda suyuqlanib ketishi lozim.
Gomatropinni asos holida uning gidrobromidli tuzining eritmasidan natriy gidroksid eritmasi
ta‘sirida cho‗ktiriladi. CHo‗kmani xloroform yordamida ekstraksiya qilib olib, so‗ngra xloroformni
bug‗lantiriladi. Keyinchalik gomatropin asosga 2 % li simob dixloridning 60 % li spirtdagi eritmasi
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
264
qo‗shilsa, u avval sariq rangga, so‗ngra esa qizilgishtsimon rangli cho‗kmaga o‗tadi. Bu reaksiya
gomatropinni atropindan farqlantiradi.
Tropatsinning chinligi uning pikrat kislota bilan 197—199°S haroratda suyuqlanib
ketadigan sariq cho‗kma hosil qilishi bo‗yicha ham aniqlanadi. Bunda tropatsin pikrat kislota bilan
ko‗sh molekulyar birikma hosil qiladi.
Tropafenning chinligi Vitali-Moren reaksiyasidan tashqari, uning kimyoviy tuzilishidagi
efirsimon birikkan sirka kislota qoldig‗i asosida o‗ziga xos hidli etilatsetat efiri hosil qilish reaksiyasi
bo‗yicha ham aniqlanadi. Buning uchun preparatni avval kaliy gidroksidning spirtdagi eritmasi bilan
gidrolizlab, so‗ngra unga 50 % li sulfat kislota qo‗shib qizdirilganda etil atsetat efiri hosil bo‗ladi.
Tropan alkaloidlari ham boshqa alkaloidlarga o‗xshash, cho‗ktiruvchi reaktivlar bilan turli
tarkibdagi cho‗kmalar hosil kiladi. Masalan, yod eritmasi bilan qo‗ng‗ir rangli poliyodid, Dragendorf
reaktivi bilan esa to‗q sariq cho‗kma beradi.
Dragendorf reaktivi bilan bo‗ladigan reaksiyani farmakopeya maqolasida tropafenning
chinligini aniqlashda asosiy reaksiya sifatida tavsiya qilinadi.
Atropin sulfatdagi sulfat ionini bariy sulfat, tropatsin va tropafendagi xlor ionini kumush xlorid
holida cho‗ktirib aniqlanadi.
Skopolamin va gomatropin gidrobromidlardagi brom ionini, ularning eritmasidan kislotali
muhitda xloramin ta‘sirida erkin brom holida ajratib chiqarib, so‗ngra uni eritmaga qo‗shilgan
xloroformni to‗q sariq rangga bo‗yashi bo‗yicha aniqlanadi.
Tropan qator alkaloidlarning miqdorini suvsiz muhitda kislota-asos titrlash usuli bo‗yicha
aniqlanadi. Bunda alkaloidlarning galogen vodorodli tuzlarining suvsiz sirka kislotadagi eritmasini
simob (II) atsetat kristallik binafsha indikatori ishtirokida perxlorat kislotasining suvsiz sirka
kislotadagi 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
265
Atropin sulfatni simob (I I) atsetat qo‗shmagan holda titrlanadi. Reaksiyani atropin sulfat va
tropatsin misolida quyidagi tenglamalar bo‗yicha ifodalash mumkin:
Preparatlarning miqdorini ulardagi kislota qoldig‗i asosida neytrallash, galogenovodorodli
tuzlarini esa yana argentometrik usullar bo‗yicha ham aniqlanadi. Masalan, atropin sulfat va
gomatropin gidrobromidning suv-spirt aralashmasidagi eritmasi xloroform va fenolftalein indikatori
ishtirokida natriy gidroksidning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. Reaksiya natijasida hosil
bo‗lgan alkaloid asosni ekstraksiya qilish maqsadida titrlash xloroform ishtirokida olib boriladi.
Skopolamin gidrobromidning miqdorini argentometrik usul bo‗yicha ham aniqlashda
preparatning eritmasini sirka kislota muhitida bromfenol ko‗ki indikatori ishtirokida kumush nitratning
0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.
Tropatsinni neytrallash usulida aniqlashda avval uni kaliy gidroksidning spirtdagi eritmasi
bilan qaynatish yordamida gidrolizlanadi. Natijada hosil bo‗lgan kaliy difenilatsetatni. xlorid kislota
bilan neytrallab, difenilatsetat kislota holida cho‗ktiriladi. So‗ngra uni efir bilan ekstraksiya qilib
olinadi. Undan efirni bug‗latgandan keyin, difenilatsetat kislotasini spirtda eritib, eritmani
fenolftalein indikatori ishtirokida natriy gidroksidning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.
Tropan qator preparatlarini tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda qo‗llanadi. Masalan,
atropin sulfatni me‘da va o‗n ikki barmoq ichak yaralarida, ichak va siydik yo‗llarining spazmasida,
shuningdek holetsistit, bronxial astma va boshqa kasalliklarni davolashda qo‗llanadi. U ko‗z
kasalliklarida diagnostika uchun ko‗z qorachig‗ini kengaytiruvchi modda sifatida ishlatiladi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
266
Atropin sulfatni 0,25—0, 5 mg dan kuniga 2—3 marta ichiriladi. Ko‗z tomchisida 0,25 % li
eritmasi ishlatiladi.
Skopolamin
gidrobromidni ba‘zida
psixoterapiyada
(tinchlantiruvchi
vosita
sifatida),
parkinsonizm va boshqa kasalliklarda ishlatiladi. Undan atropin sulfatga o‗xshash ko‗z korachig‗ini
kengaytiruvchi modda sifatida foydalaniladi. Preparatni 0,25—0, 5 mg dan ichiriladi, yoki 0,5—1 ml
dan 0,05 %li eritmasi teri ostiga yuboriladi. Uning 0,25 %li eritmasi ko‗z tomchisi sifatida ishlatiladi.
Skopolamin «Aeron» tabletkasi (0,0001 g skopolamin kamforat va 0,0004 g giassiamin
kamforat) holida dengiz va havo kasalliklarining oldini olishda va davolashda ham qo‗llaniladi.
Gomatropin gidrobromid farmakologik ta‘siri jihatidan atropin sulfatga yaqin turadi. Biroq
unga qaraganda birmuncha kuchsiz va qisqa muddat ta‘sir ko‗rsatadi. Gomatropin gidrobromidni
asosan 0,1—0,25 % li eritmasi ko‗z tomchisi holida ko‗z qorachig‗ini kengaytiruvchi sifatida
ishlatiladi. Tropatsinni parkinson, falaj va mushak tonusining kuchayib ketishi natijasida kelib
chiqadigan ba‘zi kasalliklarni davolashda 0,01—0,025 g dan kuniga 1—2 marta yoki uning 1 % li
eritmasi 10—15 tomchidan kuniga 2—3 marta ichiriladi.
Tropafenni periferik qon aylanishining buzilishidan kelib chiqadigan turli kasalliklarni,
jumladan endarteriit, akrotsianoz, Reyno xastaligi va boshqalarda ishlatiladi. U qon tomirlari
spazmasini yo‗qotadi va organizmda qon almashinuvini kuchaytiradi.
Tropafenni gipertoniya kasalligining oldini olish va davolashda ham ishlatiladi. Uni 0,5—I—
2 ml dan 1% yoki 2% li eritma holida teri ostiga yoki mushak orasiga yuboriladi.
Atropin sulfat, skopolamin gidrobromid, gomatropin gidrobromid va tropatsinlar «A»,tropafen
esa «B» ro‗yxati bo‗yicha og‗zi mahkam berkitilgan idishlarda, yorug‗lik tushmaydigan joylarda
saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |