CHinligi: YUSSX usuli
Miqdori: YUSSX usuli
Dori shakli: Tabletka
YUqorida nomi keltirilgan preparatlarning kimyoviy tuzilishlari bir-birga yaqin bo‗lganliklari
sababli, ularning chinligini aniqlashda qo‗llaniladigan reaksiyalarning ko‗pchiligi umumiydir. Masalan,
nikotin kislota va nikotinamidni natriy karbonat bilan aralashtirib qizdirilganda, ularning
dekorboksillanib ketishi hisobiga yoqimsiz piridin hidi keladi. Bu reaksiyadan nikodinni aniqlashda
ham foydalanish mumkin.
Nikotinamid va nikodinlarni natriy gidroksid eritmasi bilan qaynaguncha qizdirilganda, ular
parchalanib, ammiak ajratib chiqaradi. Uni hididan yoki suv bilan ho‗llangan qizil lakmus qog‗ozini
ko‗k rangga bo‗yashi bo‗yicha bilinadi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
242
Dietilamid nikotin kislotani bu reaksiya bo‗yicha aniqlashda o‗ziga xos hidli dietilamin
ajratib chiqaradi.
Nikotin kislota eritmasi mis (II) sulfat eritmasi ta‘sirida ko‗k rangli cho‗kma hosil qiladi.
Ushbu reaksiyani ammoniy rodanid ishtirokida olib borilsa, u yashil rangli uchlamchi
kompleks birikmaga o‗tadi.
Dietilamid nikotin kislota mis (II) sulfat eritmasi ta‘sirida ko‗k rangli eruvchan kompleks
birikma hosil qiladi. U ammoniy rodanid eritmasi ta‘sirida yashil rangli uchlamchi kompleks birikma
holida cho‗kadi:
Dietilamid nikotin kislota va nikodinning chinligini yana, ulardagi piridin halkasiga xos, 2,4-
dinitroxlorbenzol bilan spirt va natriy gidroksid eritmasi ishtirokida qizil yoki qo‗ng‗ir-qizil rangli
glutakon aldegid unumini (polimetin birikmasini) hosil qilish reaksiyasi orqali aniqlanady.
Ma‘lumki, piridin halqasi ishkor va kislotalarning gidrolitik ta‘siriga nisbatan barqarordir, ammo
undagi uchlamchi azotni biror modda, jumladan 2,4- di-nitroxlorbenzol ta‘sirida birmuncha beqaror
xossali to‗rtlamchi azotli birikmasi piridiniy tuziga o‗tkazilsa, u ishqor ta‘sirida engil
parchalanib, qizil yoki qo‗ng‗ir qizil rangli glutakon aldegid hosilasiga aylanadi. Ushbu reaksiyani
amalga oshirishda dietilamid nikotin kislota yoki nikodinga 2,4- dinitroxlorbenzol va spirt qo‗shib 2—3
minut davomkda kaynatiladi. Bunda avval u sariq rangli dinitrofenilpiridiniy xlorid tuziga ( I ) , so‗ngra
esa kaliy gidroksid eritmasi ta‘sirida qizil yoki ko‗ng‗ir-qizil rangli glutakonaldegidinning hosilasiga
o‗tadi ( II) . U beqaror modda bo‗lib, sekin-asta 2,4-dinitroanilin ( I I I) va glutakon aldegidigacha (IV)
(sariq rangli) parchalanishi natijasida rangsizlanadi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
243
Bu reaksiyadan 2,6- holatdagi vodorod atomlarini biror radikalga almashilmagan piridii halqa
saqlagai preparatlarning chinligini aniqlashda foydalaniladi.
Nikodinning chinligini undagi oksimetilen guruhi asosida aniqlash, preparatni nikotin
kislotasining boshqa hosilalaridan farqlantiradi. Bunda xromatrop kislotaning dinatriy tuzi bilan
konsentrlangan sulfat kislota aralashmasiga nikodin qo‗shilsa, aralashma qizil-binafsha rangga
bo‗yaladi.
Reaksiya natijasida ajralib chiqqan formaldegid keyinchalik xromatrop kislotasi ( I ) bilan
kondensirlanib, avval metilendixromatrop kislotasiga ( I I ) , so‗ngra esa u sulfat kislota va harorat
ta‘sirida oksidlanib, qizil-binafsha rangli xromatrop kislotaning paraxinoid ( I I I ) hosilasiga o‗tadi:
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
244
Koamidning chinligini aniqlashda uning tarkibini tashkil qilgan nikotinamid, kobalt va xlor
elementlarining har qaysisi ayrim holda isbotlanadi. Masalan, kobaltni preparatning suvdagi
eritmasiga ammoniy fosfat eritmasi ta‘sir ettirib, plastinka shaklida binafsha rangli, yaltiroq cho‗kma
holida cho‗ktirib aniqlanadi.
Preparatdagi kobaltni yana ammoniy rodanidning izoamil spirtidagi to‗yingan eritmasi ta‘sirida
ko‗k rangli rodanid kompleks tuziga o‗tkazib ham aniqlanadi.
Preparat asosini tashkil qilgan nikotinamidni, uning chinligini aniqlashda keltirilgan
reaksiyalardan foydalaniladi. Masalan, koamid eritmasiga natriy gidroksid qo‗shib qizdirilganda,
ammiak ajralib chiqadi. Uni odatdagicha hididan yoki qizil lakmus qog‗ozini ko‗k rangga bo‗yashi
orqali bilinadi.
Feramidning chinligini aniqlashda undagi ikki valentli temirni kaliy geksatsianoferrat ( I I I )
bilan ko‗k rangli cho‗kma holida cho‗ktirib isbotlanadi.
Feramid tarkibidagi nikotinamidni ham koamidga uxshash natriy gidroksid bilan
qizdirilganda ajralib chiqqan ammiak bo‗yicha aniqlanadi. YAna preparatiing quruq o‗zini natriy
karbonat bilan birgalikda qizdirilganda, yokimsiz piridin hidi kelishi bilan bilinadi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
245
Koamid va feramid preparatlaridagi xlorni odatdagicha nitrat kislota sharoitida k^mush xlorid
holida cho‗ktirib aniqlanadi.
Piridin-3-karbon kislota qator preparatlarning mikdori turli kimyoviy va fizik-kimyoviy usullar
yordamida aniqlanadi. Masalan, Davlat farmakopeyasi nikotin kislotaning miqdorini neytrallash usuli
bo‗yicha aniqlashni tavsiya qiladi. Bunda ma‘lum miqdordagi preparatning suvdagi eritmasini
fenolftalein indikatori ishtirokida natriy gidroksidning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.
Nikotin kislotaning miqdorini yana yodometrik usul bo‗yicha ham aniqlash mumkin. Bunda
ma‘lum miqdordagi preparatning suvdagi eritmasi avval fenolftalein indikatori ishtirokida" natriy
gidroksidning 0,1 mol/l eritmasi bilan neytrallanadi. So‗ngra unga tegishli hajmda ortiqcha 5% li
mis (II) sulfat eritmasi qo‗shiladi. Keyinchalik aralashmani filtrlab, reaksiyaga kirishmay
qolgan mis ( I I) sulfatning ortiqchasini xlorid kislota ishtirokida yodometrik usul bilan aniqlanadi.
Nikotinamidning miqdorini Davlat farmakopeyasi talabi bo‗yicha suvsiz muhitda kislota-asos
usuli bo‗yicha titrlab aniqlanadi. Buning uchun ma‘lum miqdordagi preparatni suvsiz atsetat
kislotadagi eritmasini kristall binafsha indikatori ishtirokida perxlorat kislotasining suvsiz sirka
kislotadagi 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
246
Nikotinamidning miqdori undagi amid guruhi asosida neytrallash usuli bo‗yicha ham
aniqlanadi. Buning uchun preparatning ma‘lum miqdordagi eritmasi solingan Keldal kolbasiga 30% li
natriy gidroksid eritmasi qo‗shib, uni sovutgich orkali bor kislota eritmasi solingan kolbaga ulanadi.
Reaksiya natijasida ajralib chiqkan ammiakni suv bug‗lari yordamida bor kislota eritmasi solingan
kolbaga haydaladi. «So‗ngra uni metiloranj indikatori ishtirokida xlorid kislotasining 0,1 mol/l
eritmasi bilan titrlanadi.
Nikodinning miqdori uning kimyoviy tuzilishidagi oksimetilen guruhi asosida yodometrik
usul bo‗yicha aniqlanadi. Bu usul natriy gidroksid eritmasi ta‘sirida preparatning gidrolizlanishi va
natijada ajralib chiqqan formaldegidning ishqoriy muhitda yod bilan oksidlanishiga asoslangan.
Reaksiyani amalga oshirishda preparatning ma‘lum miqdoriga ortik hajmda 0,1 mol/l yod eritmasi va
natriy gidroksid eritmasi qo‗shib, ma‘lum vaqtgacha qorong‗i joyga ko‗yiladi. So‗ngra eritmadagi
yodning ortiqchasi xlorid kislota muhitida natriy tiosulfatning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.
Dietilamid nikotin kislotaning miqdorini Davlat farmakopeyasida keltirilgan neytrallash usuli
bo‗yicha aniqlanadi. Bunda avval ma‘lum miqdordagi preparatni bir xil hajmda olingan
konsentrlangan sulfat kislota va suv aralashmasi bilan qaynatish yordamida parchalanadi.
So‗ngra gidroliz natijasida hosil bo‗lgan dietilaminsulfatni Keldal kolbasiga o‗tkazib, unga
natriy gidroksid eritmasi qo‗shiladi va sovutgichga ulangan holda ajralib chiqsan dietilaminni suv
bug‗lari yordamida bor kislota eritmasi solingan kolbaga haydaladi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
247
Reaksiya oxirida eritmadagi dietilaminometaboratni xlorid kislotasining 0,1 mol/l eritmasi
titrlanadi.
Koamidning miqdorini uning kimyoviy tuzilishidagi xlor va kobalt elementlari bo‗yicha
aniqlanadi. Masalan, xlor bo‗yicha argentometrik usulda aniqlashda ma‘lum miqdordagi preparatning
suvdagi eritmasini sirka kislota muhitida va bromfenol ko‗ki indikatori ishtirokida reaksiya natijasida
hosil bo‗lgan cho‗kma binafsha rangga bo‗yalgunga qadar kumush nitratning 0,1 mol/l eritmasi bilan
titrlanadi.
Preparatning miqdori kobalt bo‗yicha tortma va hajmiy usullar bo‗yicha ham aniqlanadi.
Tortma usulda koamiddagi kobaltni SoNN
4
RO
4
· N
2
O holida cho‗ktirib, so‗ngra uni avval spirt,
keyin esa efir bilan yuvilgandan so‗ng, quritib tortiladi. Hajmiy usulda esa ma‘lum miqdordagi
preparatning suvdagi eritmasini rN qiymati 5 ga teng atsetat buferi hamda ksilenol to‗q-sariq
indikatori ishtirokida undagi kobaltni suyuqlik binafsha rangdan to‗q-sariq rangga o‗tgunga qadar,
trilon B ning 0,05 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.
Feramid tarkibidagi ikki valentli temir asosida uning miqdorini dixromatometrik usul
bo‗yicha aniqlanadi. Buning uchun preparatning ma‘lum miqdorini sulfat va fosfat kislota hamda
difenilamin indikatori ishtirokida suyuqlik ko‗k rangga bo‗yalguncha, kaliy dixromatning 0,1 mol/l
eritmasi bilan titrlanadi. Bunda eritmaga qo‗shilgan fosfat kislota reaksiya natijasida hosil
bo‗lgan uch valentli temirni biriktirib, dissotsiyalanmaydigan G‗eRO
4
tuziga o‗tkazadi.
Reaksiyaning ekvalent nuqtasida bir tomchi ortiqcha qo‗shilgan kaliy dixromat suyuqlikdagi
difenilaminni oksidlab, ko‗k rangga bo‗yaydi:
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
248
Nikotin kislota va nikotinamid pellagra kasalligiga qarshi o‗ziga xos modda bo‗lishi bilan
birga, ular yana organizmda qand, oksil va holesterin almashinuvida ishtirok etadi. Preparatlarni
jigar, yurak, tyori kasalliklarida, qon tomir spazmasida kukun, tabletka holida 0,02—0,05 g dan
0,1 g gacha kuniga 2—3 marta ichiriladi yoki 1—2,5—5,0% li eritma holida venaga, mushak orasi va
teri ostiga 1—2 ml dan kuniga 1—2 marta yuboriladi.
Dietilamid nikotin kislotaning 25% li suvdagi eritmasi tibbiyotda ko‗llash uchun kordiamin
nomi bilan chiqariladi. Uni nerv sistemasini, nafas yo‗li va yurak ish faoliyatini yaxshilovchi modda
sifatida ishlatiladi. Kordiaminni 10—15 tomchidan ichiriladi yoki uning sterillangan eritmasi teri
ostiga, mushak orasiga va venaga yuboriladi.
Nikodin farmakologik ta‘sir jihatdan o‗t haydovchi, bakteristatik va bakteriotsid xossaga
egadir. Uni holetsistit, holingit, siydik yo‗llari infeksiyasida va ba‘zi boshqa kasalliklarni davolashda
0,5—1 g dan kuniga 3—4 marta ichiriladi.
Koamid gipoxromat va gipoplastik anemiya, qon ketishi natijasida kelib chiqadigan anemiyada
ishlatiladi. Uning 1% li eritmasi 1 ml dan teri ostiga yuboriladi.
Feramidning 2% li sterillangan eritmasi yoki 0,1 va 0,2 g dan tabletkasi organizmda qizil
qon tanachalari kamayib ketgan hollarda qo‗llanadi.
Nikotin kislota, nikotinamid, nikodin va dietilamid nikotin kislotalar og‗zi mahkam
berkitilgan idishlarda, yorug‗lik tushmaydigan joylarda «B» ro‗yxat bo‗yicha saqlanadi.
Koamid va feramid ham kuruk va qorong‗i joyda saqlanadi.
Amlodipin besilatning chinligi va miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulida
standart namuna eritmasi bilan taqqoslab aniqlanadi.
Tibbiyotda kalsiy kanalining blokatori sifatida qo‗llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |