FENIGIDIN, KORINFAR
Phenigidinum
2,6-dimetil-4-(2- nitrofenil)-1,4-digidropiridin
—3,5-karbon
kislota metil efiri
Fenigidin sariq rangli, kristall kukun bo‗lib,
suvda deyarli erimaydi, spirtda qiyin eriydi.
CHinligi:
1.
YUQX usuli
2.
Spektrofotometrik usul
3.
Azobo‗yoq hosil qilish reaksiyasi
Miqdori: Spektrofotometrik usul
Ishlatilishi: Antianginal
va antigipertenziv modda sifatida
Dori shakli: Sariq kobik bilan qoplangan
tabletka (drajelarda) 0,01 g
PIRIDOKSIN GIDROXLORID
Pyridoxini hydrochloridum
2-Metil-3-oksi-4,5-dioksimetil-piridin gidroxlorid.
Oq mayda kristallik kukun. Suvda oson, spirtda qiyin eriydi.
PIRIDOKSALFOSFAT
Pyridoxalphosphatum
5-(2-Metil-3-oksi-4-formilpiridil)-metilfosfor kislota
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
231
Och sariq kristallik kukun. Yorug`likda beqaror. Suvda kam eruvchan; spirtda deyarli erimaydi.
Piridoksin gidroxloridning chinligini Davlat farmakopeyasida keltirilgan quyidagi usullar
yordamida aniqlanadi. Preparat eritmasiga 2,6- dixlorxinonxlorimid, ammiakli bufer eritmasi va butil
spirti qo‗shib chayqatilsa, aralashmaning butil spirti qatlamida havo rangli indofenol turidagi modda
hosil bo‗ladi.
Bu reaksiya yana bir bor geterotsiklik xalqadagi gidroksil guruhi fenol xarakterda
ekanligini tasdiqlaydi. CHunki indofenol xarakterdagi bo‗yoq moddalarni fakat fenol gidroksiliga
nisbatan, para holatdagi uglerod atomi o‗rinbosar saqlanmagan fenollargina hosil qiladi.
Indofenol hosil qilish reaksiyasidan piridoksal fosfat chinligini aniqlashda ham
foydalaniladi. Fakat bunda butil spirt qatlami avval yashil rangga bo‗yaladi, so‗ngra esa
ko‗ng‗ir rangga o‗tadi.
Piridoksin gidroxlorid molekula tuzilishidagi fenol xossaga ega bo‗lgan gidroksil guruhi
hisobiga temir (III) xlorid bilan sulfat kislota ta‘sirida o‗chib ketuvchi qizil rangli birikma hosil
qiladi.
Davlat farmakopeyasida keltirilgan yuqoridagi reaksiyalardan tashkari, piridoksin
chinlignni aniqlashda yana A. Aliev tavsiya qilgan azobo‗yoq hosil qilish reaksiyasidan
foydalaniladi. Bunda preparatning suvdagi eritmasiga, tarkibida katalizator sifatida rux xlorid
saqlagan norsulfazolni diazoniy tuzining suv-spirtdagi eritmasidan qo‗shilganda qizil binafsha rangli
azobo‗yoq shaklida kompleks birikma hosil bo‗ladi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
232
Piridoksalfosfatning chinligini spektrofotometrik usul bo‗yicha xam aniqlanadi. Uning 0,003%
li eritmasi rN qiymati 7 ga teng bo‗lgan fosfat buferi muhitida 280 nm dan 450 nm to‗lqin uzunlik
sohasidagi maksimum nur yutishi 330 va 388 nm to‗lqin uzunligida bo‗ladi.
Piridoksalfosfatni molekula tuzilishidagi aldegid guruhi asosida, uning xlorid kislota muhitida
fenilgidrazin gidroxlorid bilan sariq. rangli cho‗kma hosil qilishi bo‗yicha ham chinligi aniqlanadi.
Piridoksalfosfat tarkibidagi efirsimon birikkan fosfat kislota qoldig‗ini, uni suyultirilgan nitrat
kislota bila n qaynatish yordamida gidrolizlab, so‗ngra fosfat ionini odatdagicha ammoniy molibdat
eritmasi ta‘sirida sarik cho‗kma holida cho‗ktirib aniqlanadi.
Piridoksin gidroxloridning miqdorini aniqlashga, juda ko‗p turli usullar tavsiya qilingan
bo‗lib, ulardan farmatsevtika tahlilida suvsiz muhitda kislota-asos titrlash usulida, preparat
tarkibidagi vodorod xlorid asosida neytrallash, merkurimetriya hamda rangli reaksiyalar asosida
fotokolorimetriya, shuningdek spektrofotometriya usullaridan foydalaniladi.
Davlat farmakopeyasi bo‗yicha piridoksin gidroxloridni suvsiz muhitda kislota-asos titrlash
usulida aniqlashda preparatning suvsiz sirka kislotadagi eritmasini simob (II) atsetat va kristallik
binafsha indikatori ishtirokida perxlorat kislotasining 0,1 mol/l suvsiz sirka kislotadagi eritmasi bilan
suyuqlik yashil rangga o‗tgungacha titrlanadi:
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
233
Piridoksalfosfatning miqdorini uning 0,002% li rN kiymati 7 ga teng bo‗lgan fosfat
buferidagi eritmasini 388 nm to‗lqin uzunligida optik zichligini spektrofotometrda o‗lchab
aniqlanadi.
Piridoksin gidroxloridni homiladorlik toksikozlarida, parkinsonizmning turli hollarida, gepatit,
pellagra, radioaktiv nurlar ta‘sirida kelib chiqadigan kasalliklarni davolashda kukun, tabletka holida
ichiriladi yoki 1—5% li eritmasi in‘eksiyada ishlatiladi. Uni kuniga 2—3 marta 0,001—0,002 g va
0,003 g dan ichiriladi. Preparatni kukun va tabletkada 0,002; 0,005 va 0,01 dan va 5% li eritmasi 1 ml
dan ampulalarda chiqariladi.
Piridoksalfosfatning ham farmakologik ta‘siri piridoksin gidroxloridnikiga o‗xshashdir. Faqat
teri kasalliklariga (ekzema, psoriaz va boshqalarda) nisbatan kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. Uni
0,02—0,04 g dan kuniga 3—5 marta ichiriladi. Piridoksalfosfatni tabletkalarda 0,01—0,02 g dan
sariq qobiq bilan koplangan holda chiqariladi.
Piridoksin gidroxlorid va piridoksalfosfatni og‗zi mahkam yopilgan idishlarda salqin va
qorong‗i joylarda saqlanadi.
Hozirgi vaqtda vitamin Vb ning kimyoviy tuzilishi jixatidan unga o‗xshash ko‗p sonli
hosilalari olingan bo‗lib, ularning ba‘zilari ayni vitaminga nisbatan antagonist ta‘sir ko‗rsatadi. Ularga
quyidagi moddalar misol bo‗ladi:
Olimlarning keyingi yillarda piridoksinning turli hosilalarini olish borasida olib borgan samarali
izlanishlari natijasida uning yangidan yangi dori hosilalari yaratildi. Ulardan piridoksinning disulfid
hosilasi — piriditol tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda keng qo‗llanilmoqda.
15
Kupir chinligi IQ – spektrofotometrik usulda aniqlanadi. Preparatning IK spektri 400-4000
sm
-1
maydon oralig‗ida standart namuna spektrlari bilan mos tushishi lozim. CHinligi 1 ml eritmaga
0,5 ml kons. ammiak eritmasi qo‗shiladi, och – ko‗k rangli eritma xosil bo‗ladi. Xlor ioniga xos
kumush nitrat eritmasi bilan oq pishloqsimon cho‗kma hosil qilish reaksiyasi bilan aniqlanadi.
Kupirning miqdori rN 4-6,5 (atsetat bufer) da piridin -2-azo-1-2-naftol indikatori ishtirokida
0,05 M tiron B eritmasi bilan eritmaning rangi to‗q binafshadan ko‗k-yashil rangga o‗tguniga qadar
titrlash orqali aniqlanadi (kompleksonometrik usul).
Tibbiyotda vitiligo va sil kasalliklarida keng qo‗llaniladi.
12.
15
A.N.Yunushodjaev, Q.A.Ubaydullaev va b. Farmatsevtik kimyo. Toshkent, «Extremum
press», 2011
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
234
Xloropiramina gidroxlorid chinligini aniqlashda UB spektrofotometrik usul qo‗llaniladi.
Bunda UB spektrlar 210 nm va 350 nm oralig‗ida maksimum to‗lqin uzunligi 222±2, 239±2 va
313±2 nm ni tashkil etishi lozim.
Xloropiramina gidroxlorid miqdori spektrofotometriya usulida 2 39 nm to‗lqin uzunligida
optik zichligi aniqlanadi.
Tibbiyotda allergiyaga qarshi dori sifatida keng qo‗llaniladi.
Omeprazolning chinligi va miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulida
aniqlanadi.
Tibbiyotda N
2
-gistamino retseptor antagonisti sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |