67.1. IMIDAZOLNING TABIIY PREPARATLARI
Pilokarpin alkaloidi janubiy Amerikada o‗sadigan Pilocarpus jaborandi va Pilocarpus ning
boshqa turlarining (R. pennatifolins, R. spicatus va boshqalar) bargida uchraydi. O‗simlikda
pilokarpindan tashqari izopilokarpin, pilokarpidin, pilozin, yaborin va ularga o‗xshash yana boshqa
alkaloidlar ham bo‗ladi. Alkaloidlar yig‗indisining umumiy miqdori o‗simlikning turiga qarab
0,6% dan 0,9% gacha bo‗ladi. Ularningtaxminan 90% ni pilokarpin alkaloidi tashkil qiladi.
Preparatning konsentrlangan eritmasi natriy gidroksid eritmasi ta‘sirida moysimon holida
pilokarpin asos ajralib chiqadi. U ishqorning ortiqchasida erib, pilokarp kislota tuziga o‗tadi:
Pilokarpin gidroxloridning chinligini aniqlashda quyidagi reaksiyalardan foydalaniladi. Uning
suvdagi eritmasiga sulfat kislota ishtirokida vodorod peroksid, benzol va bir-ikki tomchi kaliy
dixromat eritmasi qo‗shib chayqatilsa, aralashmadagi benzol qatlami ko‗k-binafsha rangga
bo‗yaladi. Bu rang pilokarpinning bksidlanishi natijasida peroksid turidagi birikma hosil bo‗lishi
hisobiga, deb tushuniladi.
Davlat farmakopeyasida keltirilgan ushbu reaksiyadan tashkari, pilokarpindagi besh a‘zoli
lakton halqasiga xos temir gidroksamat tuzi hosil qilish reaksiyasidan foydalaniladi. Bunda preparat
eritmasiga gidroksilaminning natriy gidroksiddagi eritmasi va temir (III) xlorid eritmasi qo‗shib,
so‗ngra suyultirilgan xlorid kislota ta‘sir ettirilsa, qizil-binafsha rangli temirgidroksamat tuzi hosil
bo‗ladi.
Temir-gidroksamat hosil qilish reaksiyasidan preparatning miqdorini fotokolorimetrik usul
bo‗yicha aniqlashda ham foydalaniladi.
Pilokarpin gidroxloridning chinligini yana uning ishqoriy muhitda natriy nitroprussid bilan
qizil olcha rangli birikma hosil qilishi bo‗yicha ham aniqlanadi. Bo‗ reaksiyadan preparatning
miqdorini fotokolorimetrik usul bo‗yicha aniqlashda ham foydalaniladi.
Preparatdagi xlor ionini odatdagicha kumush xlorid holida cho‗ktirib aniqlanadi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
220
Pilokarpin gidroxloridning miqdorini ko‗pchilik alkaloidlarga xos suvsiz sharoitda kislota-asos
titrlash usuli bo‗yicha aniqlanadi. Buning uchun ma‘lum miqdordagi preparatni suvsiz atsetat
kislotadagi eritmasini simob ( I I ) atsetat va kristall binafsha indikatori ishtirokida perxlorat
kislotasining 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.
Preparatning miqdorini yana uning tarkibidagi vodorod xloridga asoslanib, neytrallash usuli
bo‗yicha aniqlash mumkin. Buning uchun ma‘lum miqdordagi preparatni neytrallangan spirtda eritib,
fenolftalein indikatori ishtirokida natriy gidroksidning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.
Pilokarpin gidroxlorid asosap ko‗z kasalliklarida (glaukomada) ko‗z ichki bosimini
pasaytiruvchi va ko‗z qorachig‗ini toraytiruvchi modda sifatida 1—2% li eritma holida yoki 1—5% li
surtma dori shaklida ishlatiladi. Preparat og‗zi mahkam yopiladigan idishlarda «A» ro‗yxati bo‗yicha
saqlanadi.
Lozartan kaliy preparatining chinligi 4000 sm
1
dan 600 sm
1
gacha maydon oralig‗ida IQ
spektrofotometrik usulda aniqlanadi. Olingan natija ishchi standart namuna natijasi bilan
taqqoslanadi.
Kaliy ioniga xos reaksiya, 0,1 g namuna 2 ml suvda eritilib, muzda sovutiladi, ustiga 15% li
vino kislota eritmasi qo‗shiladi va bir necha daqiqaga qo‗yib qo‗yiladi. Natijada oq kristall cho‗kma
xosil qiladi.
Lozartan kaliy miqdori suvsiz muxitda kislota asos titrlash usulida aniqlanadi. Ekvivalent
nuqta potensiometrik usulda topiladi.
Tibbiyotda angiotenzin II retseptorlarning antogonisti sifatida qo‗llaniladi.
67.2. IMIDAZOL VA IMIDAZOLINNING SINTETIK PREPARATLARI
Imidazol va imidazolinning sintetik preparatlariga merkazolil, metronidazol, etimizol va
klofelin kirib, ular turli usullar bo‗yicha olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |