Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
152
Acidum mephenaminum Diclofenac – natrium. Voltaren
Tasvirlanishi
Mefenamin kislota oq yoki biroz kul rangroq oq kristall kukun bo‘lib, suvda deyarli
erimaydi, 95 % li spirt, atseton va xloroformda kam eriydi.
Diklofenak natriy oq kristall kukun, suvda eriydi, 95 % li spirtda kam eriydi.
Chinligi
1.Mefenamin kislota, voltaren kimyoviy tuzilishi jixatidan difenilaminga o‘xshash bo‘lib,
ular ham nitrit va nitrat tuzlari bilan ko‘k rangli birikma hosil qiladi. Preparatlarning
eritmasiga natriy nitrat va kontsentrlangan sulfat kislota qo‘shilsa, suyuqlik ko‘k rangga
bo‘yaladi.
2.Mefenaminning xloroformdagi eritmasi UB nur oqimida och havo ranglanib tovlanadi.
3.Mefenamin kislota spektrofotometrik usulda 0,002 % li metanol bilan 0,1 mol\l xlorid
kislota aralashmasidagi eritmasining 220 dan 400 nm gacha bo‘lgan to‘lqin uzunligi
soxasidagi maksimum nur yutishi 279 va 350 nm to‘lqin uzunlikda bo‘ladi.
4.Voltarenning chinligi YuQX usuli bo‘yicha standartga taqqoslab aniqlanadi. Bunda
erituvchi sifatida 95 qism benzol, 5 qism sirka kislota va etilatsetatdan iborat aralashma
olinadi. Xromatogrammani ochiltiruvchi reaktiv sifatida kaliy dixromatning kons. sulfat
kislotasidagi eritmasi ishlatiladi.
Miqdori
Mefenaminning miqdori undagi karboksil guruh asosida neytrallash usuli bo‘yicha
aniqlanadi. Preparatning atsetonda eritilgan ma'lum miqdori timol ko‘ki indikatori
ishtirokida eritma rangsizlanguncha natriy gidroksidning 0,1 mol\l eritmasi bilan
titrlanadi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T..
153
Voltarenning miqdori spektrofotometrik usulda aniqlanadi. Uning 0,0008 % li spirt-ishqor
aralashmasidagi eritmasining optik zichligi 277 nm to'lqin uzunligida spektrofotometrda olchab
aniqlanadi.
Mefenamin kislota analgetik, haroratni tushirishda, poliartritda, artralgiyada, nevralgiyada,
mushak, bosh va tish og‘riganda qo‘llanadi.
Uni ovqat iste'mol qilgandan so‘ng 0,5 g dan kuniga 3—4 marotaba ichiriladi. Voltaren
revmatizmda, revmatoidli artritda, artroz, spondiloartroz kasalliklarini davolashda,
yallig‘lanishga qarshi va issiq qoldiruvchi modda sifatida ishlatiladi.
Preparat to‘liq sariq qobiq bilan qoplangan tabletka shaklida 0,025 g dan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: