69
28-dekabrdagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy
malakali ilmiy va ilmiy-pe-
dagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 365-sonli qarorida oliy ta’limdan keyingi ta’lim unga qo‘yiladigan davlat
talablarini va uni amalga oshirish tartib qoidalarini belgilab berdi. Oliy o‘quv yurtidan
keyingi uch yilgacha davom etadigan o‘qish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
● katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti;
● mustaqil izlanuvchilik.
Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti – ishlab chiqarishdan bo‘shagan holda
mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash
va himoya qi-
lish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha fan doktori darajasi
izlanuvchilari uchun oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil
etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklar bo‘yicha oliy o‘quv
yurtidan keyingi ta’lim shakli.
Mustaqil izlanuvchilik – ishlab chiqarishdan bo‘shamagan holda doktorlik disser-
tatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganish va
ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun
oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot muassasalarida tashkil
etiladigan oliy ma-
lakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli.
О‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy
о‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risi-
da”gi 304-sonli
qaroriga asosan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy о‘quv
yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish tо‘g‘risida” 2017-yil 16-fevralda-
gi PF-4958-sonli
Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi:
Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’limga qо‘yiladigan davlat talablarni, Oliy о‘quv yur-
tidan keyingi ta’lim tо‘g‘risidagi Nizomni, Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim tо‘g‘risida-
gi hujjatlarning-falsafa doktori (Doctor of Philosophy), fan doktori (Doctor of Science)
diplomlari, shuningdek dotsent, katta ilmiy xodim va professor attestatlarining davlat
namunalarini tasdiqlagan.
Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’limga qо‘yiladigan davlat talablari Oliy о‘quv yur-
tidan keyingi ta’limga qо‘yiladigan davlat talablari (keyingi о‘rinlarda Davlat talablari
deb ataladi) oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimiga majburiy talablarni, shuningdek,
umumiy qabul qilingan xalqaro standartlarni hisobga olgan holda falsafa doktori (Doc-
tor of Philosophy (keyingi о‘rinlarda PhD deb ataladi) va fan doktori (Doctor of Science
(keyingi о‘rinlarda DSC deb ataladi) ilmiy darajalari izlanuvchilarining dissertatsiya ishi
mazmuniga va sifatiga qо‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
● tayanch
doktorantura;
● doktorantura;
● mustaqil izlanuvchilik.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash:
−
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonida asosiy e’tibor
mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga
qaratiladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ana shu yo‘nalishda
faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Bu muassasa tinglovchilari
o‘qish natijalariga ko‘ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki
sertifikatga ega bo‘ladilar.
−
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 28-maydagi “Malakali pe-